Abdulla sher axloqshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1. Axloq tuzilmasi
Axloq haqida gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga 
asos bo'lgan omillar, unsurlar to ‘g ‘risida to ‘xtalmaslik m um kin emas. 
Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan iborat deb hisoblaydilar. 
Bular - axloqiy anglash, axloqiy hissiyot va axloqiy xatti-harakatlar. 
B a ’zi m u ta x a s s is la r ( c h u n o n c h i, m a s h h u r ru s a x lo q s h u n o s i 
A.I.Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini (kategoriya- 
larini), axloqiy tamoyillar va m e’yorlarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim 
etadilar. Bizning nuqtayi nazarimizda bu fikr unchalik to ‘g ‘ri emas. 
Chunki mazkur tushunchalar, tamoyillar va m e’yorlar ko‘proq axloqdan 
ko‘ra, balki uni o ‘rganadigan fanga — axloqshunoslikka taalluqlidir. 
Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-m uncha 
chalkashliklar mavjudki, ularning sababini m azkur fanning boshqa 
fanlarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligidan, ya’ni unda ko‘p 
hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning amaliy tom onlar bilan omuxtalashib 
ketganidan qidirmoq lozim.
Ayni paytda ana shu uch omilning tuzilmadagi o ‘rni, to ‘g ‘rirog‘i, 
mavqeyi masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi axloqshunoslar 
axloqiy anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o ‘zini asosiy 
unsur deb talqin etadilar. Y ana b a ’zi birovlar axloqiy anglashga 
yetakchilik mavqeyini beradilar. X o‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga 
yaqinroq?
A w a lo , shun i t a ’kidlash k erak k i, ju d a k o ‘p h o lla rd a axlo q
www.ziyouz.com kutubxonasi


tu z ilm a sid a g i m a zk u r uch o m il-u n s u rn in g b iro rta sisiz a x lo q
tushunchasini tasaw ur qilib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni 
inson ko‘zi oldida gavdalantiruvchi axloqiy munosabatlarning his etish 
va axloqiy anglash ishtirokisiz yuzaga chiqishi, ya’ni mavjud b o ‘lishi 
mumkin emas. Bunday holat axloqiy hissiyotga ham, axloqiy anglashga 
ham taalluqli. Zero, tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan 
kam mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Shu o'rinda «anglash» atamasiga to ‘xtalib o ‘tishga to ‘g‘ri keladi. 
Odatda, falsafiy fanlarga doir adabiyotlarimizda «anglash» o‘rniga «ong» 
istilohi qo'llab kelinadi: ilmiy ong, diniy ong, ijtimoiy ong, siyosiy ong, 
estetik ong va h.k. Bizningcha, bu unchalik to ‘g‘ri emas, ruschadagi 
«soznaniye» so‘zining yuzaki (kalka) taijimasi. M a’lumki, «soznaniye» 
so‘zi ruschada ikki xil m a’noni: ong va anglash m a’nolarini bildiradi. 
Gap shundaki, miya muayyan fiziologik yaxlitlik boMgani kabi, uning 
asosiy faoliyati bo'lm ish ong aw alam bor insondagi hissiy-intellektual 
y ax litlik , un i m ay d alab , y u q o rid ag id ek , o ‘nlab, h a tto y u zlab
«ongcha»larga b o ‘lish m an tiq an o ‘rinsiz, ikkinchidan, u narsa- 
hodisalardan muxtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga 
kirishgandagina narsa-hodisaga m unosabatini, voqelikka aralashish 
xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o ‘ziga xos bilish bilan bog‘liq 
tahliliy faoliyatni biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga 
qarab, kishilar ongining yuksakligi yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. 
Zero, ong insonning o‘ziga o ‘xshash yakka yaxlitlik, uning faoliyati — 
anglash esa har xil va ko‘pqirralidir. Muayyan narsa-hodisani bilish 
jarayonida ongning aynan ana shu narsa-hodisaga mos qirrasigina ishga 
tushadi, ongdan uzilib chiqib, alohida «ong shaklini» vujudga keltirmaydi. 
Ongning anglashga m unosabati xuddi olmos bilan uning qirralari 
o ‘rtasidagi munosabatga o'xshaydi; yaxlit olmos bo‘lagining h ar bir 
qirrasini alohida olmos deb atashim iz qanchalik m antiqqa to ‘g ‘ri 
kelm asa, anglashni uzil-kesil ong tarzida taqdim etishim iz ham , 
bizningcha, shunchalik noo‘rin. Shunday qilib, inson o ‘ziga ato etilgan 
yagona ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil 
jihatlarini nurlantiradi, o ‘zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. 
Natijada bir inson ongi bitta hodisani o ‘nlab, balki yuzlab rakursda 
mushohada qilishi va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat 
turlaridan biri axloqiy anglashdir.
Endi axloqiy anglashning tuzilm adagi yetakchilik m avqeyiga, 
to ‘g‘rirog‘i, asosiy unsur sifatidagi o'rniga kelsak, uni bu tarzda talqin
www.ziyouz.com kutubxonasi


etish, bizningcha, to ‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi 
rus olim lari orasida, b a ’zi G ‘arbdagi zam onaviy axloqshunosiik 
yo'nalishlarida ana shunday qarash hukm ron ekanini ko‘ramiz. Aslida 
esa tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axloqiy his 
etish namoyon bo'ladi. To‘g‘ri, juda ko‘p hollarda biror-bir axloqiy 
qarorning amalga oshuvi uzoq yoki qisqa vaqt mobaynida o ‘sha qaror 
oqibatlari to ‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ulam i aw aldan 
anglab yetishga urinish bilan bog‘liq b o ia d i, ya’ni biz o ‘z xatti- 
harakatlarimizni axloqiy anglash elagidan o ‘tkazib, faoliyat ko ‘rsatamiz. 
Lekin o ‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida, so‘zsiz, 
axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun 
material vazifasini o'taydi.
B a’zan esa o ‘sha «material» — hissiyotning o ‘zi axloqiy anglashni 
chetlab o ‘tib, munosabat tarzida nam oyon bo‘ladi. Bunga insonning 
favqulodda holatlardagi xatti-harakati misol bo‘la oladi. Deylik, yuqori 
tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo‘l o ‘rtasiga, koptokni quvib, 
go‘dak chiqib qoldi. Haydovchi torm ozni bosish barobarida, shu zahoti 
mashinasini keskin chetga buradi. Bola om on qoladi, haydovchi 
jarohatlanadi, m ashina pachoq b o ‘ladi. Bu holatda haydovchining 
go‘dakka nisbatan mehr-shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy 
qadriyat sifatida his qilishi muhim rol o ‘ynaydi. Haydovchi o ‘z xatti- 
harakatini «oqilona qarorga» kelishi uchun «yetti o'lchab, bir kesib» 
amalga oshirmaydi — ham ma narsa bir lahzada ro‘y beradi. Bunda ong 
emas, oniy intuitsiya, o ‘z qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy-biologik 
hissiyot — instinkt (tabiiyyat) hal qiladi, ya’ni mazkur hissiyot tom
m a’nodagi anglash darajasiga ko‘tarilib ulgurmasdanoq m unosabatga 
aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy 
tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ro ‘yobga 
chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, m e’yorlarimiz va tam oyillarim iz ularga 
asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik Va totalitar zug‘um hukmronlik 
qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, 
axloqiy m u no sabatlar qabul etilgan kodekslar, m e ’y o rlar h am d a 
tamoyillarga ko‘pincha to ‘g‘ri kelmaydi. Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar 
bilan haqiqiy axloqiy intilishlar orasida m a’naviy jarlik paydo boMadi. 
Tilda bu qonun-qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich-ichdan 
ularga qarshilik hukm suradi. N atijada jam iyat uchun fojia b o ‘lgan 
axloqiy so‘z bilan axloqiy faoliyatning alohida-alohida mavjudligi ro ‘y
www.ziyouz.com kutubxonasi


beradi. Buni sho‘rolar davridagi «Kommunizm quruvchisining axloqiy 
kodeksi» bilan shu kodeksni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan 
guruhlarning, «shu kodeks asosida yashayapmiz» degan odamlarning 
poraxo‘rligida, tashmachiligida, xudbinligida, yolg'onchiligida ko‘rish 
mumkin.
Bunday nomutanosiblik, o ‘rtadagi ma’naviy jarlikning kelib chiqishini 
agar aniqlashtiradigan, ya’ni «maydalab» tahlil qiladigan bo‘lsak, u 
maqsad bilan vositalar muammosiga borib taqaladi. «Hamma baxtli 
yashaydigan» «kommunistik jannat»ni go‘zal maqsad deb bilguvchilar 
o ‘z maqsadlariga jamiyatning bir qismini qirib tashlash, ta ’qib etish, 
aldov, zo‘rlik vositasida yetishishga urindilar. Odamlarni zo‘rlab baxtli 
qilmoqchi bo'ldilar va muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Iflos, порок, 
q on li vositalar, shubhasizki, har qanday pokiza m aqsadni ham
nopoklashtiradi, undan kishilaming ko‘nglini qoldiradi. Shu bois maqsad 
va vositalar uyg‘unligi, sifat nuqtayi nazaridan mosligi jamiyat hayotida, 
inson hayotida nihoyatda muhimdir.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish