1 LA. Karimov. D onishm and xalqim izning mustahkam irodasiga ishonaman.
«Fidokor» gazetasi, 2000, 8-iyun.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka,
hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. M a’lumki, qadim da kosib
yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi b o ‘lgan. U lar
orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning m uhabbatini qozongani usta
tom onidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o'zining bir qancha
v ak olatlarini, ju m lad an , b iro r yoqqa safarga ketsa, shu m uddat
m obaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni
topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga q adar xalifa uning
aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan m ashg‘ul bo‘ladi.
Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga
qadar, ya’ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami
ustidan rahbarlik qilib turadi.
Rahbarlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin
harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda,
ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan.
Farishtalar bunday m a’naviy n e’matdan mahrum — ular faqat Allohning
buyrug'ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham
cheklangan — u Alloh tom onidan Q ur’oni karim da umum iy tarzda
belgilab berilgan doiradagina mavjud bo'lishi kerak. Shu bois mutlaq
erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
Shunday qilib, axloq — oliy mavjudotga ato etilgan oliy n e’mat.
Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni
asrab-avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi.
Shu bois o ‘z-o ‘zini va, iloji b o ‘Isa, o'zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha
muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o ‘rinda shuni alohida ta ’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi
paytdagi ko'rinishida yaratilgan degan gap h aq iq a td a n yiroq. U
mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi,
taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning
jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti c ‘zaro bog'liqlikda rivojlanadi:
vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy
xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning
xun u k likd an chiro y lilikk a, n o d o n lik d an o q illik k a , q o ‘p o llik d an
noziklikka yo'nalganligi tabiiy hoi. D em ak, un ing axloqiy x atti-
harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv
shaklan qo'polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy q o ‘pollikni
zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada
insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o ‘z ichiga olsa, axloqning xilma-
www.ziyouz.com kutubxonasi
xil ko'rinishlari shuncha ko'payib borgan. Lekin ularning hammasi,
zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo ladi,
ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo linadi.
Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik
— (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan
tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, — deb yozadi Erix From m , — bir
odam — obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o ‘zni
tutish qonun-qoidalari va m e’yorlarini ham o‘ylab topadi, о rnatadi.
Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me yorlami о zi yaratishi,
o ‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»1
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ко rsatib о tadi.
birinchisi — ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro egasi
o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani
yuklaganlar tom onidan hurm atga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional
o b ro ‘parvarlik vaq tin ch alik h o d isa, u o b ro ‘ egasi faoliyatining
samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi — noratsional obro parvarlik, u
bir tom ondan hukmronlikka, ikkinchi tom ondan, qo‘rquvga asoslanadi
va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni о z ichiga oladi.
Noratsional obro‘parvarlik tanqidni nafaqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi.
Ratsional obro‘parvarlik obro* egasi tom onidan subyektga nisbatan
axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik
asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish»
— fazilat, «quloq solmaslik» - illat hisoblanadi. Odatda, obro parvarlik
axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o ‘rnatgan qonun-
qoidalar, m e’yorlar nazarda tutiladi.
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subyektning o ‘z insoniylik
tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq-oydin namoyon etishini ta’minlaydi.
Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, subyektga, obro1 egasiga bo‘ysunish,
quloq qoqmaslik, o ‘z individualligini yo‘qotish hodisalari го у beradi.
Lekin, fojia shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof-muhitdagi
obro‘ egasining ulug'ligi, bilimdonligi, qahramonligi, muruvvatliligi, xalqqa
otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo'lligi haqida to ‘qilgan miflai,
uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyat da
asosan ko'pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib
yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o ‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolgan shaxslar esa juda каш bo‘ladi. Natijada jamiyatda ko‘pchilik ezgulik
deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq omm asi
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga
sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. Chunonchi, Hitlerga
ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular
о zlarining yo‘li t o ‘g ‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «F yurer
adashmaydi!». Hozir esa, H itler kim-u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini
ham m a yaxshi biladi, Olmoniya aholisining ko‘pchiligi fashizmga, uning
obro'parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq Sho‘rolar
Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va kom m unistik partiya o ‘rnatgan
obro parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz
insonparvarlik axloqi m e’yorlari bilan hayot kechirish yo'liga kirdi. Jahon
afkor emmasi, erkin, demokratikjamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy
yo ldan borm oqda. A ynan shunday axloq ja m iy a t va shaxsning
erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. Shu sababli
ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi
sifatida alohida e’tiborga molik, unga to ‘xtalib o ‘tmaslikning iloji yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |