Abdulla qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani haqida reja: I. Kirish II. Asosiy qism


“Oʻtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi



Download 42,39 Kb.
bet4/6
Sana23.01.2022
Hajmi42,39 Kb.
#404760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDULLA QODIRIYNING “O‘TGAN KUNLAR”

2.1.“Oʻtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi

“Oʻtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yoʻlida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “Oʻtkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik – oshiq, maʼshuqa va agʻyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʻr mahorat bilan tasvir etiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” – ishq-muhabbat tuygʻusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi; Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Abdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan, ayni damda oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir, degan fikrni gʻoyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga singdiradi.

Adib Yusufbek hoji zimmasiga katta yuk yuklaydi. U oʻzaro mahalliy ziddiyatlarning zararini yaxshi biladi, qipchoqni qirish ishini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki qavmini ularni “chin yovgʻa beriladigan kuch” uchun ittifoqchi sanaydi.

Abdulla Qodiriy romanida oʻzbekning sokin oilaviy hayot tarzini ham, kundosh kelinlar orasidagi oʻzaro nizolar va ularning yechimini ham juda ishonarli, bagʻoyat mahorat bilan tasvirlaydi. Romandagi tasvirlarga koʻra, Yusufbek hoji agar ikki kelin oʻrtasida “soʻz chiqqanini goho eshitsa, ikkala kelinni oʻz oldiga chaqirib” nasihat qiladi. “Avvalo Kumushdan oʻpka qilib: “Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim, mundogʻ yaxshi emas!” degan gaplarni aytadi. Soʻngra Zaynabga nasihatlar berib, “keyin ikkisini duo qilib, bir-biriga salom” berdiradi. Qaynona-kelin munosabatlari ham Yusufbek hojidek dono-donishmand oila rahbari nazaridan chetda qolmaydi. Romandagi juda tabiiy obrazlardan biri boʻlgan Oʻzbek oyim bilan Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor bilan Oftob oyim munosabatlari ham butun salobati bilan oʻquvchi tasavvuriga muhrlanadi. Romandagi har bir qahramonda joziba bor; ularning koʻngli, koʻzi, maʼnaviy qiyofasi koʻzga koʻrinib turadi; yurak urishlari eshitiladi. Asosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik qahramonlarning fikrlari teran, mulohazalari hikmatlar bilan toʻyingandir. Rahmat, Akram hoji, Oysha buvi, Oybodoq, Ali va boshqa qator epizodik obrazlar oʻzining yorqin qiyofasi hamda latif soʻzlari bilan esda qoladi.Asar avvalidagi bir yigʻinda majlis ahli Turkistonning oʻsha paytdagi holatini tahlil qiladi. Ziyo shohichi: “Bizning shu holga tushishimiz oʻz feʼli-xuyimizdan”, deydi. Otabek esa ijtimoiy tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʻzaro nizolarning avj olganida, “buzgʻunchi va nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortishidan”, deb biladi. Abdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan ahvoldagi “chuvalgan ipning uchini topib bergandek” boʻladi. Darhaqiqat, xalqning obod va ozod turmushini dil-dildan istagan Abdulla Qodiriydek bir insonning maʼnaviy-estetik dunyosiga ham bunday fikr-mulohazalar begona emas, albatta.

Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy shaxs-qahramon hayoti solnomasiga koʻp jihatdan muvofiq keladi. Bu tabiiy hol. Ammo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Abdulla Qodiriy oʻzining kamtarona taʼbiri bilan aytganda, “havas”lanib roman yozishga kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz hamda mavhumdir. Adib “moziy”ga aniqlik kiritaroq “yaqin oʻtgan kunlar”, “xon zamonlari” birikmalarini ilova qiladi. Zero, birinchi oʻzbek romani “Oʻtkan kunlar”ning nomlanishida zamon-vaqt ifodasi mavjud.

Aslida inson aqli bilan chegaralangan zamon-vaqt eralar, asrlar, yillar, fasllar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar… kabi butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan turli yoʻsinda oʻz dunyoqarashi, mahorati, aql-idrokiga qarab foydalanadi. Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-falsafiy mohiyatiga koʻchadi.

Abdulla Qodiriy vaqtdagi “Oʻtkan kunlar” mavhumotini romanning birinchi satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib qoʻyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʻn yettinchi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni chogʻda, adibning asar ichidagi vaqtni ifodalash tamoyillari ham ushbu jumlada mujassam topgan.

“Oʻtkan kunlar”dagi davr qamrovini belgilash uchun roman oxiriga nazar tashlaymiz. Kumush oʻlgan, uning mozoriga “toshdan oʻyib yasalgan lavha” qoʻyilgan. Oʻqiymiz: “… Kumushbibi binti Mirzakarim Margʻiloniy tarixi tavalludi 1248, vafoti 1269 hijriy, jumad-ul avval…”. Garchand Qanoatsho Avliyo otadan Yusufbek hojiga maktub yoʻllab, Otabekning shahidligi xususida (roman “Xotima”sida berilishicha) hijriy 1277 yil kuzida xabar bergan boʻlsa-da, “Oʻtkan kunlar”dagi voqealar hijriy 1269 yili yakun topadi. Demak, roman ichkarisida taxminan besh-olti yillik zamon bor.

Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois “Oʻtkan kunlar” necha marta oʻqilsa ham, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman oʻquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari kashf etiladi. Bir oʻqilganda eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldor hodisadir. Zero, koʻrkam adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy til muhim sanaladi; soʻz vositasida manzara, ruhiyat va obraz chiziladi; “umr – otilgan oʻq ermish”, “oʻrinsiz chiransang, beling sinadi” singari hikmatlar bayon etiladi. Barchaga ayon bu haqiqat badiiy adabiyotning eng murakkab alifbosidir. Abdulla Qodiriy soʻzida insonni oʻziga bogʻlab turadigan, insonni oʻziga ohanrabodek tortib turgan quvvat bor. Buni oʻquvchi sezmasligi mumkin emas. Aynan soʻzning taʼsiri bois Kumush oʻlgan sahnada kitobxon chidolmay, yigʻlay boshlaydi. Aytmoqchi, bu epizodning oʻzi yigʻlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʻksigan yuragi shu sahifalarga koʻchgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki, mujmal tasavvurlar mujmal ifodalanadi; yigʻlab yozilgan sahifalar yigʻlab oʻqiladi. Chinakam adibning estetik dunyosi, betakror qalbi ana shunday sahifalarga muhrlanadi. Xoʻsh, xotirlaylik-chi, Abdulla Qodiriy Kumushni qanday soʻzlar bilan tasvirlagan edi? Majzub! Juda begʻubor va begidir! Agar esingizda boʻlsa, romanning avvalidayoq Kumush ruhiyatida ham gʻalati bir parishonlik sodir boʻladi. U ham Otabekka oʻxshab allatavur boʻlib yuradi. Adib Kumushning oʻsha holatini juda goʻzal, quyuq obrazli til bilan quyidagicha chizadi: “… uyning toʻriga solingʻon atlas koʻrpa, par yostiq quchogʻida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uygʻoq yotqan bir qizni koʻramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonigʻa tartibsiz suratda toʻzgʻib, quyuq jinggila kiprak ostidagʻi timqora koʻzlari bir nuqtagʻa tikilgan-da, nimadir bir narsani koʻrgan kabi… qop-qaro kamon, oʻtib ketgan nafis, qiyigʻ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi… toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq yuzi bir oz qizilliqgʻa aylangan-da, kimdandir uyalgʻan kabi…”. Bu koʻchirmadan Kumush holatini tasvirlashda yozuvchi soʻzlarni marjondek tergani koʻrinib turibdi.

Qodiriy sohir qalami ostidan chiqqan aksar toza qahramonlarning ichu toshi jozibali, suyukli, taʼsirli. Chunki adib soʻz soʻzlashda uzoq andishaga boradi; quruq bayon oʻrniga voqelikni, insonni tasvirlashni muhim deb hisoblaydi. Bevosita badiiy asarlaridan olingan misollardan tashqari adibning turli maqolalarida aks etgan adabiy-estetik qarashlarida ham oʻsha konsepsiya oʻzining teran ifodasini topgan. “Yozgʻuvchilarimizga” nomli maqolasida: ”Soʻz qolip, fikr uning ichiga qoʻyilgan gʻisht boʻlsin”, degan maslahatni beradi. Soʻngra aynan soʻz soʻylash toʻgʻrisida quyidagi eʼtiborli fikrlarni bayon qiladi: “Soʻz soʻylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining oʻzigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi boʻlgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashmovchilik solmaslikdadir. Bundan tashqari, fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan soʻz va jumlalarga yozuvda aslo oʻrin bermasligi lozim”. Badiiy ijodga tegishli bu maslahatlar eskirmaydigan haqiqatlardir.

Abdulla Qodiriy romanlarini oʻzbek adabiy tili zamonaviy koʻrinishda shakllanayotgan bir davrda yozdi. Adabiy tilning rutbasi, maqomi yuksalishida adibning xizmati katta boʻldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar fikriga eʼtibor berilsa, Abdulla Qodiriy toshkentlik boʻla turib oʻz romanlarida mahalliy sheva unsurlarini umuman qoʻllamaydi. Hatto qahramonlarining nutqini individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu zaylda bor mahorati bilan oʻzbek adabiy tilining boyligini, oʻzbek tilining keng imkoniyatlarini namoyish ham qiladi.

“Oʻtkan kunlar” tarixiy roman; u baxt va baxtsizlik, qaygʻular va tuygʻular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham, oʻquvchiga ham bab-baravar tegishlidir. Asarda ruhiy-psixologik talqinga obʼyekt boʻladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʻtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʻzlar statistik metod asosida tadqiq qilinganida, “Otabek” eng koʻp uchraydigan, sal kam ming marta takrorlanadigan ism ekani maʼlum boʻladi. Hammaning tasavvuriga sevgi dostoni, sevishganlarning ishq tarixi sifatida muhrlangan romanning birorta sahifasida “sevgi” soʻzi deyarlik qoʻllanmaydi; ayni soʻzning davr tiliga mos “suyukli”, “suyub” tarzida qoʻllanishi ham koʻpchilikni tashkil etmaydi. “Muhabbat” soʻzining jami takrori bir nechta oʻnlikdan oshmaydi; “ishq” va “oshiq” soʻzlaridan har birining takrori esa, aqalli oʻntaga ham yetmaydi. Bunday sanoqli yondashuvlar soʻz qadrini, soʻzlarni quruq takrorlagandan koʻra uni butun his va tuygʻular koʻlami bilan tasvirlash, soʻzni jonlantirish, soʻzga hayot baxsh etish muhim ekanini koʻrsatadi. Shuningdek, roman “hoshiya”sidagi bitiklardan torib, “Yozgʻuvchidan” berilgan prolog va epiloglar va hatto fasllarning nomlanishlarigacha – barcha-barchasi intertekstual analiz uchun ham manba boʻladi.

Bir necha yildan keyin roman yuz yoshga toʻladi. Sal kam bir asrlik davr oraligʻida oʻzbek adabiyotida koʻplab romanlar yozildi. “Oʻtkan kunlar”dan keyingi ikkinchi oʻringa qoʻyilgan romanlar soni koʻpayib ketdi; taassufki, ikkinchi oʻrin imtiyozi va son-sanogʻi maʼlum emas. Biroq veqelikni gʻoyaviy-badiiy tomondan mukammal tasvirlagani, psixobiografik, lingvopoetik, paralingvistik, germenevtik va boshqa barcha turdagi adabiy-nazariy talqinlarga bardoshi, shuningdek, kitobxonlar eʼtibori va eʼtirofiga sazovor boʻlgani hamda dunyo tillariga tarjima etilgani jihatidan birinchi oʻzbek romani – “Oʻtkan kunlar” hali bugunga qadar oʻsha yuksak maqomida mustahkam turibdi.

“Oʻtkan kunlar” xayoliy va hayotiy omillar uygʻunligida maydonga kelgan ulkan bir maʼnaviyat qasriki, uning ichkarisiga kirgan odam insoniyat abadiyatiga daxldor tushunchalarning badiiy talqiniga, eng nafis his-tuygʻularning betakror tasviriga, oʻzaro chambarchas bogʻlangan ijtimoiy va individual holatlar zanjiriga duch keladi; aqli hayron qoladi.

Mavlono Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga bagʻishlangan tadqiqotida adib shaxsiyati va ijodiga baho berib yozadi: “Abdulla Qodiriy isteʼdodli, qalbi butun va oʻziga xos ravishdagi shaxs edi… Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda gʻoyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”. Haq gap; isboti – “Oʻtkan kunlar” romani.


Download 42,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish