Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani atrofida munozaralar Reja: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi


Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” romani atrofida munozaralar



Download 30,75 Kb.
bet3/5
Sana13.08.2021
Hajmi30,75 Kb.
#146829
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” romani atrofida munozaralar.

Sujet

1920-yillar boshida Abdulla Qodiriy birinchi oʻzbek romani boʻlmish „Oʻtkan kunlar“ni yozadi. 1922-yili ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilib,[3] 1926-yilda esa alohida kitob holida chiqadi.

Roman 19-asr voqealarini oʻz ichiga qamrab olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqelar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi.

Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi syujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan toʻqnashamiz.

Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U ochiqcha savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qilardi. Otabek va eskilikka yopishib olib, yurt rivojini ortga suruvchi kuchlar oʻrtasida mojaro sodir boʻladi. Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy-fikrlarini soʻzlaydi.

Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham kuzatib boradi. Rahm-shavqatsiz anʼanalar, jumladan koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi oʻzgacha muhabbat va samimiyat bilan goʻzal, Otabekka boʻlgan sof va butun vujudini qamrab oluvchi sevgi ila hayot sinovlarini yengib oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq fojia roʻy berishi muqarrar. U kundoshi tomonidan zaharlanib, Otabek esa Vatanini himoya qilib, hayotdan koʻz yumishadi.



Tanqid

“Oʻtkan kunlar“ romani xalq tomonidan qanchalik sevib oʻqilsa, shoʻro hukumati ideologlari, kommunistik partiyaga moyil kishilar, adabiy tanqidchilar tomonidan shunchalik qoralangan. Tanqidlarning asosini asarning markscha-lenincha gʻoyalarga zid ekanligi, asarda burjua sinfiy kurashi, boylar tomonidan kambagʻallarni ezish sahnalari koʻrsatilmaganligi, oʻzbekning oʻtmishi bezab koʻrsatilganligi va bu bezaklar sovetlar qoralayotgan inqilobgacha boʻlgan davrni odamlar koʻziga juda chiroyli qilib koʻrsatishi kabi iddaolar tashkil etadi.

1928-yilda rus tanqidchisi Mixail Sheverdin „Oʻtkan kunlar“ asari haqidagi tanqidiy maqolasiga xulosa oʻrnida shunday yozadi: „Romanni rus tilida chop etish kerakmi? – Bizningcha, kerak. Masala – qanday chop etishda. Uni ekzotik tipdagi qiziqarli asar sifatida chop etishga qarshi kurashmoq kerak. U bizga oʻzbeklarning turmushi, qiziqishlari va oʻsib kelayotgan oʻzbek adabiyoti bilan tanishish vositasi sifatida kerak. Lekin bu nashrni oʻzbek tilidagi qayta nashr kabi biroz boshqacharoq tarzda – eng avvalo davrning asl holatini yorituvchi, savdo kapitalining rolini ochib beruvchi, muallifning oʻtmishni ideallashtirishga urinishlari qanchalar xato ekanini koʻrsatuvchi tanqidiy maqola kerak.

Romanning alohida oʻrinlariga e'tirozlar bildirmoq lozim. Muallifning ideologik ogʻishlarini zararsizlantirgandan soʻnggina, ushbu asarni rus kitobxoniga tavsiya etish mumkin“.

“Oʻtkan kunlar“ romani haqida eng katta adabiy-tanqidiy materialni 1929–1930-yillarda Sotti Husayn yozadi. U asarni oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, badiiy ijodni mavjud shoʻrolar hokimiyati manfaatlariga xizmat qildirish nuqtai-nazaridan tahlil qiladi. Shu bois adibning mahorati, soʻz ustasi ekanligi, asarning sevib oʻqilishini inkor qilmagan holda asarni markscha-lenincha mafkura targʻibotchisi boʻlmagani uchun keskin tanqid qiladi.

Xususan, tanqidiy maqolalaridan birida u shunday yozadi: „Yozuvchilarimizning birmunchalari „Oʻtkan kunlar“ni oʻqib, tilidan ancha foydalanib ish koʻrayotqanlari ochiq ma'lum. Bundan koʻz yumish boʻlmas. „Oʻtkan kunlar“ mafkuraviy, axloqiy tomondan bizga zararli boʻlishi bilan baravar, adabiy tilimizning takomili yoʻlida ancha foydalidir...



E’tirof

“Oʻtkan kunlar“ oʻziga xos va iqtidorli oʻzbek adabiyotining oltin fondiga kirib, yangi realistik nasrga asos soldi. Keyinchalik mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy Bertels: „Qodiriy romanlari butun tarkibi bilan oʻziga xos uslubda yozilgan oʻzbek romanlaridir. Dunyoda beshta, yaʼni: fransuz, rus, ingliz, nemis va hind romanchiligi maktablari bor edi. Endi oltinchisini, yaʼni oʻzbek romanchilik maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi“, deb yozgan.

Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi: „Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“ romani menda bir umrga unutilmas taassurot qoldirgan va ilhom bagʻishlagan. Shundan keyin menda turkman xalqining oʻtmishi haqida roman yozish ishtiyoqi tugʻildi. Katta niyat bilan „Qismat“ romanim ustida ish boshladim”


Download 30,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish