Abdulla Qodiriy Tavalludi 1894 -yil 10-aprel Toshkent Vafoti



Download 168,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.06.2022
Hajmi168,47 Kb.
#705280
1   2
Bog'liq
Abdulla Qodiriy - Vikipediya

Mashhur sovrinlari
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti,
Dini
Islom
Faoliyati
Ijodi
Hikoyalari


nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni
xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi.
Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar
oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar
1922-yil 
„Inqilob“
jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob
holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun 
millatning
erki, ozodligi,
mustaqilligi
, jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy
mintaqamiz 
taraqqiy
parvar 
ziyolilari
 safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil
qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u 
bolsheviklarning
yolgʻon vaʼdalariga ishondi,
ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-
eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik,
fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik
xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, 
Qoʻqon
muxtoriyatining
 tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini
larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi,
„tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon
zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli
haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.
„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng . Unda xilma-xil insoniy
taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular
orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-
yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari
Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini
tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining
muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti,
qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy
ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda
katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi,
Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi.
Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – 
Turkistonning
rus
bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy
„Oʻtkan kunlar“ romani
„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija
doirasi


sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va
oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs
harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir
va tahlil etsa-da, inson shaxsining muhit va sharoitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli
gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga
yetgan saviya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachi -singil Zaynab va Xushroʻybibi
obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi;
ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki
shaxs xarakteriga xos tugʻma xususiyatlarni sharhlash bilangina cheklanmaydi, bunday
xislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa, oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini
ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz
baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor
jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi hislat, biroq unga
xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti uchun kurashadi;
shaxsiy manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning koʻz yoshlari hisobiga,
oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham
nihoyatda tabiiy va goʻzal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa
kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh
sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin
qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy,
realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim
kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz
tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga toʻla yumor
bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va
tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan
ham oʻzbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek
adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning
asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida
yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi.
Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman
1929-yil 
Samarqandda
 bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari –
„xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman
yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib
tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib
munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar
„Mehrobdan chayon“ romani


bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih
mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti
sifatida eʼtirof qilingan.
Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho
tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar
haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih
maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-
yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“
xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham
ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi:
„nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, 
Qoʻqon
aksariyatining
savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir
qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga,
sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini
eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar
kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan
hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular
maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik
gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari
qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot
beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir
Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va
Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim
sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli
oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz.
Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-
kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama
va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va
kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini,
ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy
obidadir.
„Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni
Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-
yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri


Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab
gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga
xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan 
Oybek

Gʻafur
Gʻulom

Abdulla Qahhor
 Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib
yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz
adabiyotining 
Sadriddin Ayniy
, M. Avezov, X. Deryayev, 
Chingiz Aytmatov
singari yirik vakillari
ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik
tadqiqotchilar E. Olvort, 
Xristofor Murfi
, asli eronlik amerika olimi 
Eden Nabi
Abdulla Qodiriy ijodi
boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan
shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish,
hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan
xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar
harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat
namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta
mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga
anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta.
Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi
ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida
realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi:
„Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun
soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning
ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu
jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“.
Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934-yil qishloq
hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi oʻzbek adabiyotidagi noyob
hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish
mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan
ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib qishloq
xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki
muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni,
shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek
adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi
deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi
sifatida ham koʻrinadi; asar bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik
ishlarida ochiladi.
„Obid ketmon“ qissasi


Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik
olimi 
Abdulla Shunosiyning
„Fizika“ (1928), 
Gogolning
„Uylanish“ (1935), 
Anton Chexovning
„Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. 
Qozonda
bosilgan „Toʻla ruscha-
oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan.
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“
ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ 
tojik tilida
1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida
1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar 
rus

qozoq

uygʻur

tatar

arab

italyan

ingliz
,
nemis
va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.
Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu
tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib shoʻro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida
shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga
jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da
bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat
qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz
shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin
tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida
baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt
qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli
ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga
millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli
kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga
chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla
Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq,
xoʻrlikdan soʻng 
Choʻlpon

Fitrat
kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga
olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish
taʼqiqlandi.
Tarjima asarlari
Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari
Vafoti
Xotira


Abdulla Qodiriy 
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti
(1991),
„Mustaqillik“
 ordeni bilan taqdirlandi (1994). 
Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mukofoti
 taʼsis etilgan. 
Toshkent Davlat Madaniyat institutiga
, Toshkentdagi madaniyat
va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari koʻchalariga, respublikamizdagi koʻplab
madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari
asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand
tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi,
Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida
„tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.
Abdulla Qodiriy. Toʻla asarlar toʻplami, 1-jild. Sheʼrlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan,
1995.
Abdulla Qodiriy. Oʻtgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992.
Oybek, Asarlar [19 jildli], 16-jild (Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli), T., 1979; Qodiriy H., Otam
haqida, T., 1983; Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida, T., 1988; Boqiy N., Qatlnoma, T.,
1992; Qoʻshjonov M., Oʻzbekning oʻzligi, T., 1994; Normatov U., Qodiriy bogʻi, T., 1995;
Normatov U., „Oʻtgan kunlar“ hayrati, T., 1996. Umarali Normatov, Bahodir Karimov.
Qoʻshjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966.
Qoʻshjonov M. Oʻzbekning oʻzligi. T., 1994.
Mirzaev I. Abdulla Qodiriyning ijodiy evolyutsiyasi. T.: Fan, 1977.
Qodiriy H. Otam haqida. T., 1983.
Normatov U. Qodiriy bogʻi. T., 1995.
Karimov B. 20 asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida).
FFD dissertatsiyasi, T., 2002
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Nashr qilingan asarlari
Ilmiy adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 15 kunlar avval
 
Azizxon Muzaffarov
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Abdulla_Qodiriy&oldid=25142
61
" dan olindi

Download 168,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish