Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Hasanali, — ammo men ham uning dardiga bir necha kunlab 
tushunmay yurgan edim. 
— Xo‘sh, dardi? 
— Muhabbat. 
— Muhabbat? 
— Muhabbat! — deb takrorladi Hasanali. — Shu yigirma besh kunlik bir muddatning 
ichida ul butunlay odamgarchilikdan chiqayozdi. Bu o‘rtada qanday tashvishlarga 
tushmadim, so‘rasangiz. 
— Kimga muhabbat qo‘yg‘an, xabaringiz bo‘ldimi? 
— Bo‘ldi. Qutidorning qizig‘a. 
— Ha, ha-a! — deb yubordi Ziyo aka va bir oz o‘ylang‘adan keyin so‘radi, — buni siz 
aniq bilasizmi? 
— Aniq bilaman. 
— O‘zi aytdimi? 
— O‘zi aytmasa ham shunga yaqinlashtirdi. 
— Otabek qizni qayerda ko‘rgan? 
— Afsuski, buni bila olmadim. 
Hasanalining kelish majburiyati va nima uchun kelganligi Ziyo akaga yaxshi 
onglashildi ersa-da, yana shunday bo‘lsa ham so‘radi: 
— Endi nima qilmoqchisiz? 
— Huzuringizga kelishimning bosh sababi ham shundandir, — dedi Hasanali. — Bu 
to‘g‘rig‘a siz qanday yo‘llar ko‘rsatasiz va nima kengashlar berasiz, albatta shunga qarab 
bir ish qilamiz, deb xizmatingizga keldim. 
Ziyo aka o‘ylab qoldi. Qiziq gap, deb bir-ikki qayta nos otib oldi. Bu orada Hasanali 
boshdan-oyoq hikoyani so‘zlab chiqdi. 
Nozik gap, — dedi oxirda Ziyo aka, — agar biz Otabekni bu yerdan uylandirib 
qo‘ysak, hoji bizdan xafa bo‘lmasmikin? 
— Ko‘b yashang, boy aka. Qulingiz ham bu to‘g‘rida ko‘b o‘yladim. Xafa bo‘lsa nima 
chorakim, biz shu ishka majbur bo‘lg‘an bo‘lsaq. Shuning bilan birga Yusufbek hoji ham 
unchalik aqlsiz kishilardan emaski, bu gapka xafa bo‘lsa. Ammo men qutidor ko‘nadimi, 
yo‘qmi, deb bu tomonni o‘ylab turibman? 
Ziyo aka yana o‘ylanib bosh qashindi: 
— Aytkaningizdek masalaning bu tarafi ham nozik,— dedi, — ammo qutidorning 
Otabekka qarashini yaxshi bilsam ham o‘rtada yirog‘liq masalasi bor... Qizimni 
musofirga bermayman, deb qo‘yarmikin, bilmadim... 
— Menimcha qutidorning oldidan bir yo‘li o‘tilsin,— dedi Hasanali, — agarda ko‘nib 
xo‘b desaku xayr, ko‘nmagan taqdirda bu xabarni Otabekka yetkuzsak, zora, shuning 
bilan ko‘ngli sovib tushsa. 
Hasanalining bu so‘zi Ziyo akaga ham ma’qul bo‘lib tushdi: 
— Bo‘lmasa, qutidornikiga qachon borilsin, deysiz? 
— Bundagi ixtiyor sizdadir. 
Ziyo aka o‘ylab turdi-da, yuziga kulgi chiqardi: 
— Hozir boramiz, — dedi, — biz ham umrda bir sovchiliq qilayliq. 
Ziyo aka kiyinish uchun qo‘zg‘algan edi. Hasanali undan so‘radi: 
— Manim ham birga borg‘anim ma’qulmi yoki yolg‘iz o‘zingiz? 
Ziyo aka qo‘l silkib: 
— Sizning borishingizdan zarar yo‘q, — dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish