Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175
— Qaysi uyni bo‘shatdirsaq ekan? — deb so‘radi va javob kutmasdan, — qudalaringni 
nima bilan kutishni bo‘lsa o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlag‘aningda ham kelmaydirgan 
kishilar, — dedi. 
O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki o‘zi aytgan sihirchi hindining duosi asar qildimi, 
har nuchuk uch yillik adovatlar va kina-kuduratlar barchasi ham allaqa-yoqg‘a qarab 
uchib ketdilar va ularning o‘rnini «ikki kelinlik bo‘lish» masalasi kelib oldi. Uzoq-yaqin 
xotinlarning «Hoy, O‘zbek oyimning marg‘ilonliq kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining 
bolasi emish. Yuringlar, bir ko‘raylik», degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu 
chog‘qacha Zaynabka yalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng bir 
qo‘sha kelinni o‘zining oyog‘lari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi. 
— Har nima bo‘lganda ham tegi nozik,— dedi oyim,— izzati uchun shu uyimizni 
bo‘shatib beramizmi? 
— O‘zing bilasan. 
— Biz to‘rdagi uyga ko‘chib o‘tsak ham bo‘ladir. Axir tegi nozik.. 
Uch yillik kina va adovat o‘rnida nihoyatda oliy marhamat va mehribonchilik kelib 
o‘lturgan edi. Uch yillik emas, uch daqiqalik o‘zgarishdan O‘zbek oyimning yuzi qizarmas 
va qizarishni ham bilmas, hatto o‘g‘ul-qiz o‘sdirishni bilmaguchi Yusufbek hojidan 
allaqancha yuqorilarda yurar edi. Yusufbek hoji esa xotinidagi bu kulgulik o‘zgarish 
uchun ajablanmadi va kulmadi, chunki bu kulki tabi’atka molik bo‘lgan xotin bilan endi 
o‘ttuz besh yillab birga yashar edi. 
O‘zbek oyimni shu holga keltirgandan keyin undan so‘rab qo‘ydi: 
— Zaynabka ham bu xabarni yotig‘i bilan aytib qo‘yamizmi? 
— Siz bilan men bir ishni muvofiq ko‘rganimizdan keyin Zaynabka chikora, — dedi 
O‘zbek oyim. Mundan uch daqiqa ilgari saodati uchun tirishilgan orzuliq Zaynabning 
oqibati ham shu bo‘lib qolg‘an edi. 
— Gap unda emas, — dedi hoji, — umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlik 
ishi qiyin, kosa kosaga tekkanda g‘idi-g‘idi gaplar ko‘paysa, bizga emas, o‘g‘lingga ham 
tatimay qoladir. 
— Chaqir deysizmi? 
— Chaqir. 
O‘zbek oyim Zaynab bilan Otabekning kutilmagan ravishda ochilib so‘zlashib 
o‘lturganlari ustidan chiqdi. 
— O‘g‘ul-qizning kengashimi? 
Otabek kulimsirab Zaynabka qaradi, Zaynab esa tuzatinib o‘rnidan turdi va qayin 
onasiga joy ko‘rsatib: 
— Shunaqag‘a o‘xshaydir, oyi. O‘g‘ul-qizning kengashi xudda shu kunga yig‘ilib 
qolg‘an ekan, — dedi va kulimsirab eriga qaradi. 
O‘zbek oyim o‘lturmadi va uni-buni surishtirib, o‘ylab turmadi: 
— Ikkalasiga bir pardan ko‘ylaklik ol! Birini past, birini baland qilma, bu xotining 
bo‘lg‘anda ul ham ko‘z ochib ko‘rganing... Zaynab, sen men bilan jurchi, hoji otang 
chaqiryaptilar, — dedi. 
Tomdan tarasha tushkandek qilib so‘zlangan yuqo-ridag‘i gaplarga boshda ularning 
ikkavi ham tushunmadi. Ammo bir ozdan so‘ng Otabek aytilgan telva-teskari so‘zlarning 
ma’nosini onglab oldi, onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafka og‘ishqanini va 
o‘zining kuchlik bir dushmandan qutilayozganini bilib Zaynabni nima uchun 
chaqirilg‘anini ham payqadi. Zaynab esa bir nar-sa tushunmagan holda qayin onasi bilan 
chiqdi. 
Qayin ona, kelin qarshisig‘a kelib o‘lturishkandan keyin, hoji Zaynabka qarab oldi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish