Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
— Nax kechasi bilmapsiz, nax meni qo‘rqitib enka-tenkamni chiqardi. Isitmasi aralash 
allanuchka so‘zlarni aytib chiqdi... 
Kumushbibi yalt etib buvisiga qarab qo‘ydi. 
— O‘sha harorati g‘arizaniki hammasi, — dedi qutidor. — Men bu kun birar hakimdan 
so‘rab qaraychi... Ol qizim, shu piyoladagi choyingni ich-chi, — dedi va tag‘in bir qayta 
qizini kuzatdi. 
Choyni ichib bo‘lg‘andan keyin qutidor fotiha o‘qub o‘rnidan turdi: 
— Men senga aytib qo‘yay, Kumush, — dedi turar ekan qutidor Oftob oyimg‘a, — bu 
kunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi 
qoplag‘an ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. Katta gilamni ham chiqar, 
uyingda mevalaring bor edimi? 
— Bor. 
— Bor bo‘lsa yaxshi. Bir ozdan so‘ng et olib kirguzarman, varaqi pishirib qo‘yingiz. 
Oftob oyim varaqi pishirishdan u kungi mehmon-ning uncha-muncha kishi 
bo‘lmag‘anlig‘ini bildi. 
— Qanaqa mehmon edi? 
— Sen tanimassan, toshkandlik bir yigit, tag‘i shu yerda-gi uch-to‘rtta og‘aynilar. 
Tuzikmi, aytkanlarimni uqdingmi? 
— Uqdim-uqdim. 
Kumushbibi otasining so‘ziga iltifot qilmadi. Qutidor do‘koniga jo‘nag‘andan keyin 
Oftob oyim To‘ybekani mehmonxonag‘a buyurdi va o‘zi xamir qilishg‘a o‘lturdi. 
Kumushbibi xomush edi. Bir narsa to‘g‘risida o‘ylarmidi yoki bosh og‘rig‘isi kuchlikmidi, 
har holda namozshom gul kabi yopiq edi. Qarshisida o‘lturg‘an buvisining o‘tkan-
ketkandan qilg‘an hikoyalariga erinibgina quloq berar va ko‘nglini ochish uchun aytilgan 
qiziq so‘zlarga iljayish bilan javoblanar edi. 
Kumushbibi o‘zining bir soatcha vaqtini shu ko‘yi kechirdi, so‘ngra o‘rnidan turib 
kichkina latif oyoqla-rig‘a otasining yaqindag‘ina olib bergan qala kavshini kiydi va 
oshxona yumishi bilan qorishib yotqan onasi-ning oldig‘a bordi. 
Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib o‘n sakkizga qadam bosqanliqdan bo‘yi ham 
onasig‘a yetayozg‘an, ammo jussasi onasig‘a ko‘ra to‘laroq edi. Onasining yumishig‘a bir 
oz qarab turg‘anidan keyin tashqarig‘a tomon ketdi. Ayvonning bir chetidan 
mehmonxonada gilam to‘shab uringan To‘ybekaga qarang‘an bo‘ldi-da, ayvonning o‘rta 
ustuniga kelib suyandi. Endi boyag‘ig‘a qarag‘anda bir oz yengillangansumon, jon 
olg‘uchi qora ko‘zlari harakatlana boshlag‘an, bo‘g‘riqqan qizil yuzlari ochilinqirag‘an 
edilar. Ayvon ustuniga suyang‘ach, qora qiyig‘ qoshlarini chimirib ko‘cha yo‘lak tomong‘a 
qaradi, bir oz qarab turdi-da, ayvondan yerga tushib yo‘lak tomong‘a, ariq bo‘yig‘a ketdi. 
Suv bir do‘konning ostidan chiqib, bu havlida uch-to‘rt quloch chamasi ochiq havoda 
oqar va ko‘prik-tom ostig‘a ketar edi. Kumushbibi ariq bo‘yidan bir o‘rinni ko‘zladi-da, 
sakrab narigi yuziga o‘tdi va cho‘nqaydi. Uning ko‘zlari mulo-yimg‘ina suv ustiga 
og‘dilar. Ariqning musaffo tiniq suvi yovoshg‘ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig‘a 
yetkanda go‘yoki, uning ta’zimi uchun sekingina bir charx urib qo‘yar, o‘z ustida 
o‘lturgan sohiraning sihriga musaxxar bo‘lg‘an kabi tag‘i bir kattaroq doirada aylangach, 
ohistag‘ina ko‘prik ostig‘a oqib ketar edi. Ariq suvining nihoyatsiz bu harakatini uzoq 
ko‘zdan kechirib o‘lturg‘ach, qo‘l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini o‘pib 
tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatka kelib chayqaldi, go‘yoki suv ichida bir fitna 
yuz bergan edi... Ikkinchi, uchinchi qaytalab yuz yuvishda bu fitna tag‘i ham kuchaydi... 
Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi, ariq 
bo‘yini va uning suvlarini tashlab ketdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish