Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
85
so‘zlashib o‘lturgan Kumush bilan onasining tovushlari o‘chkan edi. Ul bu holdan 
shakllandi. Ayvondan ona-bolaning qayoqqadir yo‘qolg‘anlarini payqag‘ach, tusida 
o‘zgarish bo‘lg‘ani holda qaytib kelib o‘lturdi. Nima uchundir hozir unda birar foji’aga 
tushkuchining holati bor edi. Kishi iztirobka tushkan kezlarda tilab emas, ixtiyorsiz ba’zi 
bir yo‘sunsiz ishlarga urinadir. Shuningdek, ul ham jiddiy bir ravishda Fuzuliy 
mutolaasiga berildi. 
Ul o‘zining shubhasidagi gapka qoni’, oradan yarim soatlab emas, bir soatlab vaqt 
o‘tib borg‘an bo‘lsa ham bu unga zerikarlik emas, tez kelgandan kelmagani yaxshi; 
yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirg‘an ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... 
Fuzuliyni yaxshilab o‘qush kerak. Shuning uchun ham ma’nolik she’rlardan boshini 
ko‘tarmaydir-da, go‘yoki aytarsiz kitobka mixlangan... 
Kumushning uyga kelib kirgani ham unga sezilmay qoldi. Ul qushlar kabi latif tovush 
chiqarmasliq qilib gilam ustidan yurib keldi-da, sekingina sham’ yonig‘a — Otabek 
qarshisig‘a o‘lturdi. Uning ko‘ynagining chiqarg‘an yengilgina shamoli bilan yonib turg‘an 
sham’ «lop» etdi-da, ko‘rishkandek, o‘ynashqandek bo‘ldi. Bu holdan kitob ustiga 
mukkadan ketib o‘lturg‘uchi cho‘chib ko‘tarilib qaradi. Qarshisida: Fuzuliy ta’biricha sebi 
zanaxdoni negadir qizarib, novaki mijgoni ko‘z yoshlari bilan juftlangan haligi pari edi... 
Birinchi qarashdayoq kutkan ishining to‘g‘rilig‘ig‘a inondi va osiylar kabi ko‘zini yerga 
tikdi. Ul Kumushdan itobomiz so‘zlar, achchig‘ xitoblar kutar; birinchi itobdayoq ota-ona 
gunohiga tavba qilishg‘a hozirlanar edi. Ammo ish ul kutkuncha chiqmadi. Kutilmagan 
joyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan qutqarmoqchi bo‘lg‘andek: 
— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu 
kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi? 
Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi: 
— Kim yig‘latdi sizni? 
— Yig‘labmanmi? 
— Ko‘zingiz, kiprakingiz... 
— O‘zi shunaqa... 
— Yig‘latg‘an men emasmi? 
— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay. 
— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi? 
— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir 
qo‘rqg‘andek shoshib aytdi. 
— Ko‘ndingiz... nega, a? 
Otabek hayrat va taajjub ichida edi. 
— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman... 
— Shuning uchun... 
— Shuning uchun ko‘ndim... 
— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek. 
— Sizning ham ko‘nglingiz... 
Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi 
shu vaqt. 
— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz? 
Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan: 
— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i 
bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z 
topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob 
berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi: 
«Ota-ona orzusi...» 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush. 
— Manim orzumni ham bilasizmi? 
Kumush Otabek yaqinig‘a surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlab 
erkalandi... 
* * * 
Qutidor tarafidan ertaga Toshkand jo‘nash e’loni berildi. Ikkisining hamma vaqtlari 
sham’ yonida so‘zlashib kechdi... 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish