Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
— Ko‘ray-chi, qadamim muborak bo‘larmikin, — deb qo‘ydi. 
Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a 
kirdi. Otabek «Boburnoma» mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi 
o‘zining niyatini bildirmay: 
— Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? — deb so‘radi Hasanali. — Hammomga bormoqchi 
edim... 
Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi: 
— Yumishim yo‘q, boraveringiz. 
Hasanali chiqdi. Qosh qorayib, qorong‘u tushayoz-g‘an edi. Havo bulut, achchig‘, 
sovuq yel to‘rt to-mong‘a yugurar, onda-sonda qor uchqunlarini quvlab ziriqtirar edi. 
Eruv vaqtida yarim beldan loy kechishka to‘g‘ri keladigan ko‘chalarning loyi 
qatqaloqlang‘an, shuning uchun yurguchi qiynalmas, aksincha ola-chalpoq qor 
pag‘alarini bosishdan vujudga kelgan oyoq ostidag‘i «g‘arch-g‘urch» tovushlari kishiga 
bir turlik kayf, musiqaviy yengillik berar edilar. Do‘konlar yopiq bo‘lsalar ham 
choyxonalar ochiq, kishilar o‘rtaga gulxan solib, choyxonachining bachchasini gohi 
o‘zlariga xon ko‘tarib va gohi «xon qizi» deb ham qo‘yadirlar. Xon saylag‘uchilar orasida 
yosh yigitlar bor bo‘lg‘anidek, katta sallalik mullanamolar, yetmish yoshliq keksalar ham 
ko‘rinadirlar... Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod; xalq 
lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyini ichadir, husniga tamosho qilib xudoning 
qudratiga hayron qoladilar... 
Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig‘a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasiga 
qaradi. Daricha tirqishidan ko‘rilgan yorug‘liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi. 
Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohichi namoz o‘qumoqda bo‘lib, 
mehmonxona chet kishidan xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so‘yindi va Ziyo akaning 
namozni bitirishini kutib o‘lturdi. Ziyo shohichi yonig‘a salom berib joynamozdan 
orqasiga qarab qo‘ydi. Fotihaga qo‘l ko‘tardi. Fotihadan so‘ng kelib Hasanali bilan 
so‘rashdi: 
— Keling ota, tinchlikmi? 
— Shukur, tinchlik. 
Tancha tevaragiga ulturishdilar. Bir muncha vaqt so‘zsiz edilar. Ziyo shohichi bu 
vaqtsiz tashrifka tushuna olmay «nima qilib yurasan?» degandek etib, bir necha qayta 
Hasanaliga qarab oldi. 
— Ajablanmangiz, boy aka, kelishimda bir majbu-riyat bor. 
— Sizni Otabek yubordimi? 
— Yo‘q, o‘zim keldim, boy aka. 
Ziyo shohichi yana tushuna olmadi. To‘g‘risi ham Hasanalining bu kelishi Ziyo aka 
uchun yot bir ish edi. Chunki, Hasanali Otabekning quli. Qullar bilan jiddiy muomalada 
bo‘linmoq, ayniqsa Ziyo shohichilardek odamlarg‘a favqulodda bir ish. Buning ustiga 
majburiyat ostida o‘zicha kelishi... 
Ziyo akaning boshi qotib oxirda so‘radi: 
— Majburiyatingiz? 
Hasanali kulimsirab oldi: 
— Majburiyatimni eshitsangiz, balki ishonmassiz. 
— Xo‘sh. 
— O‘zingizga ma’lumki, — dedi tuzuklanib Hasan-ali, — Marg‘ilon kelganimizga
yigirma besh kun, bir oylar chamasi fursat o‘tdi. Shundan beri Otabek dard-mand. 
Ziyo aka ajablangan edi: 
— Qanday dardmandlik, Otabek sog‘-ku? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish