Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
178
Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘an xon atlaslarga ko‘ngli to‘lmay «har nuchukda tegi 
nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasning yonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz», deb 
marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an, bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, 
yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini va ikkita ro‘ymolga ham qoniqmay, 
o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasini qo‘shqan edi. 
Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajarib 
yurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish 
uchun dasturxon yasatar edi. 
O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi-da, o‘zi 
Zaynabning oldig‘a keldi: 
— Dasturxoning bitdimi, bolam? — deb so‘radi. 
— Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir. 
— Kam bo‘lsa, darrav ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zing 
qara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi, — dedi va darichadan ko‘tarilib 
dasturxonlarni kuzatdi, — dasturxoning tuzik, varaqini esingdan chiqarma, — dedi va 
o‘rta yo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. — Beri keling. 
Yusufbek hoji boshida oq to‘ppisi va egnida oq olacha to‘ni bilan ustidan belini 
bog‘lag‘an edi. O‘zbek oyim yonig‘a sekin-sekin yurib keldi: 
— Nima gap? 
— Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi? 
Hoji parvosizg‘ina qilib qarag‘an bo‘ldi: 
— O‘zingga yoqsa bo‘pti, — dedi. 
— Qassob aytkanmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmayliq. 
— Qassob tayyor, hozir bo‘g‘izlatsaq bo‘lmaydimi? 
— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin. Ha, aytkandek, qudangiznikiga 
yuborg‘an kishingiz keldimi? 
Asal uchun shoshib borg‘an Zaynab to‘xtab qayin otasining og‘zig‘a qaradi. 
— Borib keldi, — dedi hoji, — Alimbek dalasiga ketkan ekan, xotin qudalar 
kelishmakchi bo‘lishibdir. 
Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yonig‘a yurib keldi va sekin so‘radi: 
— Zaynab xafa emasmi? 
— Nimaga xafa bo‘lar edi. 
— Axir, so‘rayman-da. 
— Tuppa-tuzik, — dedi O‘zbek oyim, — tashqarin-gizdan Oybodoq qutilayozdimi? 
— Qutilib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rtta kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak. 
— Xo‘b. 
Hoji uyon-buyong‘a alang‘lab olg‘andan keyin so‘radi: 
— O‘g‘ling qayog‘da, ko‘rinmaydimi? 
— Tashqarida edi-ku. 
— Boya shuyoqqa kirgandek bo‘lg‘an edi. 
— Guzar-puzarga chiqg‘andir, — dedi O‘zbek oyim. 
Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji meh-monxonaga chiqib ketdi. O‘zbek 
oyimning amricha Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashg‘a o‘lturdilar. 
Kun tushdan og‘qanda hamma saranjom oling‘an edi. O‘zbek oyim to‘yga boradirg‘an 
xotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ynak, boshida oq shohi dakana, ko‘zida 
surma edi. O‘zbek oyimning: «Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni 
tuzat», deb aytkani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasang‘an, kecha erga 
tekkan yangi kelinlar suratiga kirgan edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish