Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
— Aytkaningizdek, — dedi Hasanali. — Marg‘ilonning havosi buziq ekan, bir-ikki 
kundan beri manim ham ahvolim o‘zgarib boshladi. Marg‘ilondan tez jo‘namasaq men 
ham ishdan chiqadirg‘an o‘xshayman... 
Bu gapdan keyin Hasanalining ko‘zi bekka tikilgan edi, agar tundagi uyqusirash 
Hasanalining o‘ylag‘an ehtimoliga to‘g‘ri kelsa, o‘zining haligi so‘zi Otabekka bir 
o‘zgarish berishida shubha qilmas edi.
Otabek boshi berk ko‘chada qolg‘ondek bo‘ldi, javobg‘a qiynaldi: 
— Ketamiz, — dedi bir oz o‘ylang‘andan keyin, — mol baholari to‘g‘risida bitisha 
olmay turamiz — olg‘uchilar arzon so‘raydirlar. Shuning uchun tag‘in bir necha kun 
qolishimizg‘a to‘g‘ri kelarmikin. Bilmadim... 
Hasanalining sinashi nihoyatiga yetkandek bo‘ldi, hatto yuqoridag‘i javobni eshitkan 
vaqtida nima uchundir o‘zini bir turlik kulgidan arang to‘xtatib qolg‘an edi. Yana o‘rtada 
xomushlik hukm surib, Hasanali ishni tuzikroq ochish va yo shu ko‘yi qoldirib ketaberish 
talashida edi. Hasanali bekning har bir siriga o‘zini mahkam deb hisoblag‘anliqdan, 
darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishg‘a loyiq bir mehribonchiliqqa ega bo‘lg‘anliqdan 
xo‘jazodasi bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja 
qurib o‘lturgandan so‘ng tilga keldi: 
— O‘g‘lim, Otabek. 
— So‘zlangiz. 
— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz? 
Otabek, Hasanalining maqsadig‘a tushunolmay maj-hul unga nazar tashladi: 
— Sizmi? — deb kulimsiradi. — Otam bo‘lmasangiz ham meni otaliq muhabbati bilan 
suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz — ya’ni ma’naviy otam. 
— Barakalla, o‘g‘lim, — dedi Hasanali, — javobingiz o‘z o‘ylag‘animchadir. Endi sizdan 
shuni ham so‘rayin: xo‘jasig‘a sodiq bir qul, sizning ta’biringizcha, ma’naviy bir padar o‘z 
o‘g‘lig‘a yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringiz-chi? 
Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi: 
— So‘zingizga tushunolmadim, ota, — dedi, — shundog‘ bo‘lsa ham javob beraman: 
bu kungacha siz yolg‘iz meninggina emas, bizning oilamizga otaliq mavqi’ida turib, 
yaxshiliqdan boshqani sog‘inmay kelasiz. 
Hasanali tusini buzmadi: 
— Ilgariroq balki shundog‘ bo‘lg‘andir, ammo endi, ayniqsa siz... 
— Ayniqsa men... ochib so‘zlangiz. 
— Ayniqsa sizning menga saqlag‘an ishonchingiz tugalganga o‘xshab, o‘zimdan 
qandog‘ kamchilik o‘tkaniga hayratdaman. 
— Qiziq gaplar so‘zlaysiz, — dedi Otabek, taajjubi ortqan edi. — Menga qandog‘ 
yomonlik sog‘indingiz-ki, sizga ishonchim bitsin? Vasvasalanishning o‘rni yo‘q, mundan 
so‘ng ham sizning xayrixohona kengashlaringizga, ham vujudingizga muhtojman
amonatim, boshqam mundan keyin ham ona qornida saqlang‘andek sizda saqlanishig‘a 
ishonaman va bunga sizning ham amin bo‘lishingiz kerak, ota. 
— Lekin... til bilan ko‘ngil boshqa-boshqadir, o‘g‘-lim... 
Otabek bu ters va qo‘rs muqobaladan toqatsizlandi: 
— Yanglishasiz, ota. 
— Yanglishmayman, bil’aks bilib, qanoatlanib so‘z-layman. 
— Tilim bilan ko‘nglimning boshqalig‘ini isbot qilingiz. 
Hasanali ginalik qiyofada qoshlarini chimirdi va: 
— Mendan yashirib yurgan bir sirringiz bor, — dedi. 
— Sizdan yashirg‘on bir sirrim bor? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish