Ta’lim texnologiyalari va metodlari
Talabalarga Tarixni o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish fanini o’qitish va o’zlashtirishlari uchun ta’limning “Klasster”, “BBB”, “Aqliy hujum”, “O’yinli texnologiyalar”, “Muammoli ta’lim texnologiyalari” va boshqa shu kabi pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, audio va video hamda elektron materiallar, virtual stendlar, dunyo siyosiy hamda geografik xaritalar va dars ishlanmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |