Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti sport fanlari uslubiy



Download 454 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2017
Hajmi454 Kb.
#3589
1   2   3

1.5. Nogiron o’quvchilarining uy sharoitidagi sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlari.

Barcha o’quvchi yoshlarni salomatligi jixatidan qo’yidagi guruxlarga ajratiladi:

1. Jismonan sog’lom bolalar.

2. Jismonan chiniqqan va rivojlangan bolalar.

3. Jismonan zaif bolalar.

4. Xastalikka chalingan bolalar.

5. Nogiron bolalar.

Bunday guruxdardagi bolalarni jismoniy tarbiyalash va ular­ni salomatligini tobora yaxshilash yullari turli-tumandir.

Ma’lumki barcha o’quv yurtlarida o’quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarlik xolatlariga qarab tibbiy guruxlarga bo’linadi va ularga tegishli mashg’ulotlar o’tkaziladi.

Aksariyat ko’pchilik bolalar «davlat jismoniy tarbiya» dasturi talablari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari majmuidagi talablarni talab darajasida bajarishga qodirlar. Shuningdek ular orasida sportning u yoki bu turi bilan doimiy ravishda sport tugaraklari yoki maxsus sport maktablarida shug’ullanuvchilar xam oz emas. Qolaversa mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish yullarini jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylari o’rgatib borishadi.

Yuqorida ta’kidlangan holatlardan kelib chiqqan holda o’quvchilarning uy sharoitida bajarishi lozim bo’lgan ba’zi faoliyatlar xaqida muloxazalar bildirilmoqda.

Jismoniy jixatdan zaif, xasatalangan va nogiron o’quvchilarga tibbiy yordam kursatish jarayonlari davom etayotgan davrda ularning ruxiy xolatlari, mashqlarni bajarishga bulgan ishtiyoklari xamda imkoniyatlarini xisobga olish zarurdir.

Jismoniy jixatdan zaif (kam harakatchan, ishtaxasi yuk, xafsalasi past va x.k.) tushunchasi asosan biron kasallik, xastalik yoki tug’ma tufayli injiklik xolatlarni tushunish mumkin. Bunday bolalar xar bir oilada uchrashi tabiiydir. Ularning ko’pchiligi o’yin, mexnat, turli harakatlarga unchalik qiziqishmaydi, erinadi yoki biron joyi og’rishi mumkin. Ba’zi oilalarda bolaning biron soxaga (fan, texnika, kitob ukish va x.k) ortiqcha qiziqishi, berilib ketishi oqibatida ham nozik bolalar paydo bo’ladi. Ular ham turli harakatlar, o’yin mashg’ulotlariga e’tirozsiz bo’lishadi. Bunday sharoitlarda uncha murakkab bo’lmagan yoki maxsus mashqlar, o’yinlar, turli harakatlarni bajarishga bolalarni odatlantirish lozim. Bu xakda qo’yidagi namunaviy mashqlarni tavsiya etishga to’g’ri keladi:

1. Xar kuni ertalab va bush vaqtlarda qo’llar, oyoqlar va gavdaga doir gimnastika mashqlarini bajarish. Bunda bug’in harakatlari, mushaklarning cho’zilish va tortilish xolatlariga ko’proq e’tibor berish kerak buladi. Ba’zi paytlarda to charchagancha yoki bir oz toliqguncha yurish, yugurish, o’tirib-turish, nafasni chuqur olish va chiqarish mashqlarini ko’proq bajarish lozim.

2. O’z tenqurlari bilan xovli yoki ko’chalarda turli xil sakrash, quvlashish, sakrash, osilish, tirmashib chiqish kabi mashqlarni takrorlab turish.

3. O’g’il bolalar ko’proq futbol o’ynashi, kurash mashqlarini bajarishi, to’siqlardan sakrab o’tish, tosh yoki boshqa narsalarni uzokroqqa otish, irg’itish kabi mashqlarni kim o’zarga bajarishlari lozim. Qiz bolalar esa arqonda sakrash, quvlashish, to’p o’yinlari va turli xil harakatli o’yinlarni bajarishlari lozim buladi.

Sog’liq jixatdan xasta bolalarni shifokorlar maslaxatiga binoan mashq qildirish yoki maxsus davolash markazlarida shug’ullantirish kerak bo’ladi.

Nogironlikning turlari juda ko’p. Ular tug’ma yoki biron sabab bilan yuzaga kelgan bulishi mumkin. Yurak, o’pka, jigar, umurtqa pog’onalari bilan kasallangan bolalarga fakat shifokorlar tavsiyasi bilangina mashqlar bajarish lozim. Ko’z, qo’lok, oshqozon-ichak (gastrit) kasalliklari bo’yicha esa yengil gimnastika mashqlarini ertalab, bush vaqtlarda bajarishlari, turli xil harakatli o’yin­lar bilan shug’ullanishlari mumkin. Qo’l, oyoqlarida nuqsoni bor (chuloq, qo’li kalta va x.k.) bolalar o’z xolatlarini xisobga olib, to’p o’yinlari, gimnastika mashqlari, sayr-sayoxat, osilish, irg’itish mashqlari bilan shug’ullanishlari tavsiya etiladi.

Tabiat va jamiyatda nuqsonsiz narsa va xolat kam uchraydi. Lekin, salomatlik uchun tabiatning exson etgan ne’matlari (suv, xavo, quyosh issiqligi nurlari va x.k.) mexnat jarayoni, turli o’yinlar bilan yaxshilash, jismonan rivojlanish mumkin. Bu urinda ochik xavoda (issik va sovuk sharoitlarda) yashash, mexnat bilan shug’ullanish natijalarini ba’zi bir kinolar, videofilmlarda namoyish etilayotgan lavxalardan kurish mumkin.



O’quvchi va talaba yoshlarning bush vaktlarida jismoniy mashqlarni bajarish yullari.

O’quvchi yoshlar deganda kollej, lisey va boshka kasb-xunar o’quv yurtlarida ta’lim oluvchilarni tushuniladi. Oliy o’quv yurtlarida saboq oluvchi yoshlarni talaba deb atash odatlangan. Bu ikki pog’onadagi ta’lim maskanlarida ta’lim-tarbiya va saboq olayotgan yoshlarning jismoniy rivojlanishi va ijtimoiy xayotdagi voqyeliklarga qiziqishlari, munosabatlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’lanib ketgan. Shu sababdan o’quvchi yoshlar va talabalarning bo’sh vaqtlarida shug’ullanishi mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini umumiy bir yunalishda bayon etilmokda.

Avvalom bor ta’kidlash kerakki, barcha turdagi o’rta maxsus, kasb-xunar xamda oliy o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya davlat dasturi asosida dars sifatida olib boriladi. Shuningdek, darslardan tashqari sport tugaraklari (seksiyalar) mashg’ulotlari, ommaviy sport musobaqalari xam tashkil etiladi.

Ilmiy tadkikotlarning natijalari, pedagogik kuzatishlar, yoshlar bilan bevosita olib borilgan suxbatlar, muloqotlarga qaraganda xaftada 1-2 marotaba o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslari o’quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy rivojlanishi xamda chiniqishini to’la ta’minlay olmaydi va ularda jismoniy tarbiya darslari o’quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy rivojlanishi xamda chiniqishini to’la ta’minlay olmaydi va ularda jismoniy tarbiyaga qiziqish yetarli darajada emas. Shuningdek aksariyat ko’pchilik yoshlar sport tugaraklari mashg’ulotlarida shug’ullanishga sharoitlari, qolaversa extiyojlari yo’k desa bo’ladi. O’quv yurtlarida yil davomida ko’pi bilan musobaqalar 10-15 martadan oshmaydi. Bu uz navbatida xar oyda 1-2 marotaba musobaqa tashkil qilinadi, degan xulosadir. Aniq ma’lumotlarga qaraganda sport musobaqalarida ishtirok etuvchi yoshlar 25-30 foyizdan oshmaydi.

Tibbiy kuriklar, maxsus jismoniy tarbiya sinovlari, ayniqsa xarbiy chaqiriq jarayonlaridagi sinov-tajribalarning ko’rsatishicha 50-60 foiz yoshlar umumiy jismoniy tarbiya talablarini to’la bajarisha olmaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o’quvchi yoshlar va talabalarning ko’pchiligi jismoniy jixatdan rivojlanish va chiniqishni o’z oldilariga asosiy vazifa qilib qo’yishmaydi. Shu sababdan ular eng avvalo jismoniy rivojlanish chiniqishning nazariy mazmunlari va moxiyatlarini chuqur o’rganishlari va turli mashqlarni mustaqil ravishda amaliy bajarishlari shart bo’ladi.

Bo’sh vakt deganda asosan o’quv jarayonlaridan keyingi vaqtlarni tushiniladi. Umuman olganda bir kecha-kunduz uch qismga bo’linishi lozim. Ya’ni uyqu- 7-8 soat, o’qish va uy vazifalarshsh bajarish 8-10 soat va o’z ixtiyoridagi (bo’sh) vaqt esa -5-6 soatni tashkil etishi mumkin. Bo’sh vaqtdagi soatlardan har kuni yoki kunaro kamida 1 soatni jismoniy tarbiyaga ajratish maqsadga muvofiqdir. Ana shu tartib (rejim) asosida jismoniy tarbiya bi­lan shug’ullanish, unga bir umr odatlanish xar bir insonni jismonan tetik, bardam va toliqishni bilmaydigan darajaga yetkazishi muqarrardir. Bu xayotda sinov tajribalarida o’z ifodasini topganligini tushunish kerak buladi. Bu esa mexnat qobiliyatini oshirish, kayfiyatini yaxshilash va uzoq umr ko’rishning garovidir. Ana shunga qaratilgan jismoniy tarbiyaning ba’zi bir yunalishlari xamda ularning omillari bilan qo’yida tanishish mum­kin, ya’ni:

1.Ertalabki gigiyenik gimnastika (badan tarbiya):

a) Yurish, yugurish (200-300 m.), barcha buginlarga (egilish, burilish, kerilish, aylantirish va x.k,) mashqlar;

b) Utirib-turish, qo’l-oyoklarni silkitish, sakrash, kuch mashqlari (qo’llar va oyoklar uchun).

v) Yurish, yugurish, nafas olish, nafas chikarish mashqlari (chukur xolatda);

g) ob-xavoning qo’lay paytlarida sovuq suvda yuvinish, chumilish yoki badanni qizdirish uchun xul (nam) sochik bilan artinish, ishqalash.

Mashqlarning turlari va bajarilish usullari jismoniy tar­biya darslarida uzlashtirib olish, zarur paytlarda jismoniy tar­biya o’qituvchilaridan maslahatlar olish, tegishli adabiyotlar, qo’llanmalardan foydalanish maqsadga muvofikdir.

2. Ochiq xavoda sayr qilish, maxsus chiniqish mashqlarini bajarish:

a) Xiyobon, bog’lar yoki keng ochiq joylarda 20 - 30 daqiqa sayr (tomosha) qilib yurish, past - baland joylardan sakrab (xaklab) o’tish. 20 - 25 qadamlarda chuqur nafas olish va nafasni chiqarish, rostlash;

b) Moslamalar (sport maydonlarida), daraxtlar yoki maxsus sport asboblarida qo’lga tortilish, osilib tebranish, oshib tushish, qo’llarga tayanib yurish, yelka, korin va gavdaga doir mashqlar bajarish;

v) sog’lig’i zaiflar oddiy sayr qilib yurish, keng qadamlab qo’llarni harakatlantirish, chukur nafas olish mashqlarini bajarishlari lozim.

3. O’yinlar (futbol, voleybol, tennis va x.k) va atletizm bi­lan shug’ullanish:

a) Tengqurlar, qo’shnilar va xokazolar o’rtoqlari bilan fut­bol, voleybol, basketbol, tennis uynash;

b) Turli harakatli o’yinlarni takrorlash;

v) Gantel, tosh, gir, prujina, rezina lenta va x.k. bilan mashq kilish. Bunda maxsus qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar, plakatlardan foydalanish maqsadga yaqin bo’ladi.

4. O’z-o’zini nazorat qilish va tekshirish, kuzatish:

a) Xar oy bir marotaba tibbiy xodimlarga kurinish, o’sish, og’irlik vaznini xolatlarini o’lchash;

b) O’lchov asboblari bilan bajargan mashqlarning miqdorini o’lchab, belgilab borish, natijalari ijobiy bulsa, mashqlarni oshirib borish lozim (qo’lda tortilish, yugurish tezligi, tosh kutarish va x.k.).

5. Kurash va ot o’yinlari bilan shug’ullanish:

a) Shaxar yoshlari uzbek kurashi, qo’l jangi, turon va sharqona yakka kurashlarning elementlari va uzlariga maqo’l bulgan boshka murakkab mashqlarni urganish, ularni yakka tartibda yoki o’rtoqlari bilan birgalikda bajarish mumkin;

b) Kishlok yoshlari kurash turlarini bajarishlari mumkin.


Shuningdek dala va yaylovlarda ot, eshaklarga minish, choptirish,
o’rtoqlari bilan poyga, tortishish (kupkari) uynashlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yuqorida zikir etilgan mashqlar va turli harakatlarni bajarishda magnitofon, radio orqali o’zlari yoqtirgan kuy va qushiqlarni eshitish, musiqa sadolari ostida zavk bilan mashqlarni bajarishlari lozim. Ayniqsa qizlar milliy raqslar, ritmik gim­nastika va boshka o’yin-harakatlarni bajarishda bunga ko’proq rioya qilishlari zarurdir.

Xulosa qilib aytganda o’quvchi yoshlar va talabalar o’z muxit-sharoitlaridan kelib chiqqan xolda bo’sh vaqtlarida jismoniy tarbiya, sport, sayoxat va xalk milliy o’yinlaridan unumli foydalanishlari zarur. Bu bilan ular uz tanalarini (organizm) xar tomonlama chiniqtirishga sababchi bo’ladi. Bunda zarur va maxsus adabiyotlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalardan samarali foydalanishlari muxim axamiyat kasb etada.

sog’lom avlod deganda fakat jismonan sog’lom yoki o’quvchi-talaba yoshlarnigina tushinilmaydi, balki axolining barcha katlamlari xamda toifalarida xizmat qilayotgan mexnatkashlar, ziyolilar, keksa avlodlarimizni xam tushunish lozim buladi. Chunki ular ijtimoiy-madaniy va turmush sharoitlarimizda xar tomonlama faol ishtirok etishadilar.

Odatda kishilarni voyaga yetgan yigitlik (24-35 yosh), navqironlik (36-45 yosh), kamolotga yetishgan (45-55 yosh) va keksalik (56-65 yosh) xamda qarilik (66 yoshdan yukori) davrlarga ajratiladi. Mexnat qobiliyatiga ega bo’lgan barcha kishilarni (60 yoshgacha) asosan ikki guruxga, ya’ni akliy va jismoniy mexnat bilan shug’ullanuvchilarga bo’lishadi. Uz navbatida ular xam bir necha guruxlarga bulinishadi, ya’ni:

1.Akliy mexnat bilan shug’ullanuvchilar:

a). Rassomlar, loyixachilar, ilmiy xodimlar, bastakorlar, ukituvchilar;

b) Idora, muassasa xodimlari, tarbiyachilar, shifokorlar va x.k;

2. Jismoniy mexnat bilan shug’ullanuvchilar:

a) O’tirib va tik turib mexnat qiluvchilar (tikuvchilar, to’quvchilar);

b) Ulovlarni xaydovchilar;

v) Qo’l mexnati bilan shug’ullanuvchilar;

g) Dala mexnatkashlari, chorvadorlar va x.k.

E’tirof etish kerakki, yukorida qayd etilgan guruxlardagi kishilarning kasb-xunar mexnatlari turlicha bulishi tufayli ular­ni harakatlantiruvchi yoki susaytiruvchi xolatlarga keltirish lo­zim buladi. Shu tufayli ularga doir umumiy ravishda ikki yunalishda jismoniy mashqlarni tavsiya etish lozim buladi.

Harakatsiz va kam harakat qiluvchi o’quvchilar uchun jismoniy mashqlar:

Eng avvalo ta’kidlash joizki, bu toifadagi o’quvchilar harakat va uning salomatlikni yaxshilash borasidagi nazariy bilimlar bilan ma’lum darajada qurollanishi va xar kungi ijtimoiy turmush sharoitida tegishli vakt ajratishlari lozim buladi. Bunda maxsus adabiyotlarni o’qish, mutaxassislar bilan uchrashib turish, telera­dio, gazeta va jurnallardan maqsadli foydalanishlar zarur.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida sinovdan o’tgan va xayotda tajribalarda qo’llanilib kelayotgan ba’zi bir faol harakatlar xaqida fikr-muloxazalar yuritish mumkin, ya’ni:

1. Ish sharoitiga qarab har tongda gimnastika mashqlari, jis­moniy mexnat va sayr kilish.

2. Belgilangan vaqtda (bush payt) yoki mexnat jarayonida (tanaffus) 10-15 daqiqa sayr qilish, yugurish, gavda harakati, nafas olish va boshqa mashqlarni takrorlash.

3. Dam olish kunlarida tengqur va safdoshlar bilan birgalikda futbol, voleybol, tennis va boshqa o’yinlarda qatnashish.

4.Yashash yoki mexnat jarayonida mavjud bulgan sog’lomlashtirish guruxlarida shug’ullanish.

5. Qishloq sharoitlarida dam olish kuni sayoxatlarini uyushtirish (oila a’zolari yoki safdoshlar bilan).

6. Salomatlik darajasi va qiziqishga qarab biron sport jamoasida (komanda) ishtirok etish, kungil ochish va chinikish o’yinlarida shug’ullanib borish.

7. Mustaqil ravishda atletizm, tennis bilan mashg’ul bulish.

Ta’kidlash zarurki, jismoniy mashqlarni tanlash va ularni bajarishda anatomiya, fiziologiya va psixologiya belgilangan tartib-qoidalarga e’tibor berish shartdir. Aks xolda tanada notug’ri harakatlar oqibatida og’riqlar, kungilsiz xodisalar yuz berishi mumkin. Ayniqsa egilish, chuzilish, tortilish, tebranish, o’tirib-turib, buginlarini aylantirish, burish mashqlarini ularning bajarilishi tezligi, me’yor xamda miqdor talab darajasida bo’lmog’i zarur (ortiqcha zo’rlash, chiranish va x.k. zarar keltiradi).

Yana bir tomoni shundaki, ovqatlanish, uyqu, dam olash kun tartibini buzmaslik, ayniqsa spirt ichimliklarini ortikcha istemol kilmaslik, tamaki, nos va boshka zararli giyoxlarni chakmaslik zarur. Yukorida qayd etilgan ko’rsatmalar, shartlarga tula rioya qilinganda xar bir kishi o’z salomatligini yaxshilashi, kasalliklarga tez chalinmasligi, eng muxim jismonan bakuvvat bulishi, mexnat kobiliyatini oshirishi va uzoq umr ko’rishga kafolat bo’lishi mumkin. Ota-ona sog’lig’i yurt boyliga, farzandlar uchun esa buyuk baxtdir. Farzandlar sog’lig’i ota-onalar uchun, buyuk kelajak uchun eng qimmatli ne’matdir. Bu faoliyatlar el-yurt tinchligi, boyligi uchun tugamas xazinadir, desa mubolag’a bo’lmaydi.



II-BOB. SOG’LOMLAShTIRUVChI GIMNASTIKA MAShG’ULOTLARINI TAShKIL QILISh
Gigiyenik gimnastika, yuqorida aytilganidek, kishilarni sog’lomlashtirish va jismoniy tarbiyalashning vositasi, shuningdek, ularning kuchi, tetikligi va harakat farliyatining bitmas-tuganmas manbaidir. Hozirgi davrda gimnastikaning sog’ayishni tezlashtirishi, kasallanishning dldini olishi, tetiklik va kuch-g’ayratga to’ldirishi, kishi sog’lig’ini saqlab, uning umrini uzaytirishi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo’lib qoldi.

Vrachlar nazorati ma’lumotlari orqali aniqlanganki, gigiyenik gimnastikaning kishi organizmi uchun ahamiyati juda katta ekan. Gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari muntazam o’tkazilsa, uning ta’sirida to’qimalarda qon aylanishi yaxshilanadi, arterial bosim pasayadi, yurak-qon tomir sistemasining faoliyati yaxshilanadi, o’pkaning nafas olish sirimi oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy nerv sistemasi va nerv-muskul apparatining faoliyati kuchayadi. Gigiyenik gimnastika kishining psixik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning tetikligini, o’z kuchiga bo’lgan ishonchini oshiradi va ruhlantiradi. A. N. Krestovnikov, V. N. Mashqov, I. M. Sarkizov-Serazini va boshqa professorlarning ma’lumotlariga qaraganda gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari natijasida tomir urushi 50—60% ga tezlashadi, qonning maksimal bosimi 5—20 mm. ko’tariladi, yutilayotgan kislorod miqdori 10—30% oshadi. Hozirgi zamon fiziologik nuqtai nazaridan olganda, gigiyenik gimnastika butun organizmni tetiklantiradi va charchoqni yo’qotadi.

Gigiyenik gimnastikani yakka holda va shuningdek, gruppa bo’lib o’tkazish mumkin. Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas, balki kunduzi ham (ovqatlangandan keyin 1,5—2 soat o’tgach) yoki kechqurun (uxlashdan 1,5—2 soat ilgari) shug’ullanish mumkin. Bolalar, o’smirlar va o’rta yoshdagi kishilar radio orqali eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajarishlari mumkin. Har xil sport turlari bilan muntazam shug’ullanadigan kishilar uchun bu komplekslar nagruzka bo’yicha kamlik qilishi mumkin.

Har kim ham ba’zi bir qoidalarni bilgani holda, o’z shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib turib, umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini tuzib olsa bo’ladi. Komplekslarni tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim.

1. Mashqlar shug’ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga mos bo’lishi kerak. Agar mashqlar juda murakkab bo’lsa, ko’ngildagidek bajarilmaydi va ularning samarasi ham yuqori bo’lmaydi.

Gigiyenik gimnastika quyidagi: xonani shamollatish, gigiyenik qoidalarga va kun tartibiga rioya qilish, badan tarbiya (suv prosedurasi) singari hayotiy odatlarni tatbiq qilishga yordamlashadi.

Ertalabki gigiyenik gimnastika juda katta ahamiyatga ega, u organizmning passiv holatidan (uyqudan) odamning ish faoliyati uchun zarur bo’lgan aktiv holatga o’tishiga yordamlashadi.

Uyqu paytida bosh miya qobig’ining nerv hujayralari dam oladi va ularning ish qobiliyati tiklanadi. Uyg’ongandan keyin esa hali o’chmagan uyqu ta’sirida bo’lgan organizm ishga tez kirishib keta olmaydi, chunki asosiy sistema va organlarning funksiyasi sust holatda bo’ladi. Ertalabki gimnastika odamning butun organ va sistemalarining ishga faol kirishishiga yordamlashadi. Faqat to’g’ri bajariladigan mashqlar (bunda belgilangan me’yorga, ko’lamga va muskullarning zo’r berish xarakteriga rioya qilish) shug’ullanuvchilar organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Katta yoshdagi kishilar nafas to’xtab turadigan, zo’r keladigan, cho’ziladigan, sakrash va tez-tez egilib turishni talab qiladigan mashqlarni bajarmasliklari lozim. Ular mashqlarning ta’sir qilish darajasi va har bir mashg’ulotda mashqlar nagruzkasi me’yori to’g’risida vrachdan sistematik suratda maslahat, jismoniy tarbiya mutaxassislaridan esa mashqlarning xarakteri, ularning xususiyatlari va qo’llanish metodikasi to’g’risida qonsultasiya olishlari darkoo.


  1. Tanlab olingan mashqlar shug’ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir ko’rsatishi kerak. Ularni tananing turli qismlari bilan har xil yo’nalishda, tezligi va musko’l zo’r berishini o’zgartirib bajarish lozim.

  2. Kompleksga to’g’ri qomat holatini his qilish, shuningdek, Har xil nafas olish turlari (ko’krak, diafragma va aralash nafas olish) ga oid maxsus mashqlar kiritilishi zarur.

  3. Kompleksga shug’ullanuvchilarning tayyorgarligi va uni bajarish vaqtiga qarab 8 tadan 15 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigiyenik gimnastika 8—10 ta mashqdan iborat bo’ladi; kunduz kuni bajariladigan gigiyenik gimnastika esa 10—15 ta mashqdan iborat bo’ladi. Gigiyenik gimnastika bilan shug’ullanishni endigina boshlaganlar uchun mashqlar miqdori oz bo’lgani ma’qul.

Tanlab olingan mashqlarni kompleksga qo’shganda quyidagi qoidalarga binoan joylashtirgan ma’qul:

a) kompleksda birinchi va oxirgi mashqlar to’g’ri qomatni his kilishga qaratilgan bo’lish maqsadga muvofiqdir (to’g’ri qomatni asrash uchun buning ahamiyati muhim);

b) kompleksdagi ikkinchi muhim jihat shuki, bunda umumiy ta’sir ko’rsatadigan va odamning barcha organ va sistemalarining faoliyatini yaxshilaydigan mashqlar (yoki ikkita mashq) bo’lishi kerak. Bular, odatda, butun tananing katta gruppa muskullarini ishga soladigan oddiy, sust sur’atda bajariladigan mashqlardir. Bular organizmni bo’lajak ishga tayyorlash uchun juda zarurdir;

v) kompleksning navbatdagi mashqlari turli muskul gruppalari (qo’l, yelka, bo’g’in, bel, qorin pressi, oyoq) uchun zarur bo’lgan seriyali bajariladigan mashqlardir. Bunda gavdaning turli qismlari birin-ketin ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning ikkinchi va uchinchi seriyalari jadalroq bajariladi. Mashqlarni shu tarzda bajarib borilar ekan, nagruzkani ham asta-sekin oshirib boriladig natijada turli muskul gruppalari ishga kirishadi, bu esa muskul kuchi samaradorligini oshiradi va faol dam olish uchun sharoit yaratadi;

g) keyingi 2—3 mashq gavdaning barcha qismlari uchun tanlanadi, ular murakkab mashqlar bo’lib jadal bajariladi. Odatda, kuch talab qiladigan mashqlar qayishqoqlik mashqlaridan oldin kelishi kerak, ya’ni qayishqoqlik mashqlarini bajarishdan oldin muoqo’llarning chigilini yozib olish zarur. Muskullarning faol harakatidan keyin muskullarni bo’shashtiradigan 1—2 ta mashqni bajarish maqsadga muvofiqdir;

d) kompleksning oxirida quyidagi: nafas olishga oid 1—2 ta maxsus mashq bajariladiki, bular vositasida shug’ullanuvchilar qorin, ko’krak va aralash nafas olishlarni o’zlashtirib, to’g’ri nafas olishga o’rganadilar;

ye) kompleksning oxirida bajariladigan mashqlar mo’tadil suratli mashqlar bo’lishi kerak. Pirovardda kompleks to’g’ri qomat holatini his qilish mashqi bilan tugallanadi. Undan keyin artinish, yuvinish, dush qabul qilish va o’z-o’zini massaj qo’llaniladi.

Kompleksdagi har bir mashq 4—8 marta takrorlanadi; kuchni rivojlantiruvchi mashqlar yengil charchagunga qadar bajariladi, qayishqoqlik mashqlari esa bir oz og’riq xis qilgunga qadar ba-jariladi.

Mashqlar kompleksi 2,—3 haftadan keyin almashtiriladi. Jismoniy nagruzka asta-sekin 2—3 haftadan keyin oshirib boriladi. Kundalik gigiyenik gimnastika bilan hamma shug’ullanishi zarur. Zaruriy gigiyenik tadbir u har bir kishining kun tartibiga kiritilishi va hayotiy zarurat bo’lib qolishi kerak.
2.1. O’quvchilarni tarbiyalashda ritmik gimnastikaning ahamiyati
Ritmik gimnastika sog’lomlashtirish yo’nalishidagi badan tarbiya mashqlarining ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, o’yin ko’rinishlari hisoblanadi.

Bularning hammasi sog’liqni oshirishga yordam beradi. U xammaga tushunarli, yuqori ta’sirchan va jo’shqindir. Ritmik gimnastika bilan hamma shug’ullanishi mumkin - turli xil yoshdagi va imkoniyatlarga ega bo’lgan ayollar va erkaklar.

Ritmik gimnastikada harakat chegaralanmagan bo’ladi, qaysiki gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, qaysiki chaqqonlik, enchillik, egiluvchanlik, chidamlilik.

Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug’ullanuvchilarning kayfiyatini ko’taradi. His - tuyg’ularning ijobiy holati harakatlarni yanada g’ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik gimnastika atletika yo’nalishga ega bo’lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o’yin yoki aralash mashqlar ustun tursa.

Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko’pchilikni tashkil etadi. Axir ayollar ayniqsa xis-hayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badan tarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiyaviy mashg’ulotlar yig’indisi o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga ega bo’lgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashqari, bo’g’inlarning cho’zilishi, egiluvchanligi va harakatchanligi uchun kerak bo’lgan mashqlar ishtirok etadi. Raqslar uchun mo’jallangan mashqlar juda ko’p.

Ikkinchidan, musiqaviy kuzatuv sifatida ko’pgina o’zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo raqslari qo’llaniladi.

Harakatlarning go’zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o’zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko’rsatamiz va shu yerda ritmik badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatining bebaholigini ko’ramiz.

Ritmik badantarbiya - bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.


2.2. Ritmik badantarbiya tarixi
O’zining tarixiy ildizlari bilan badantarbiya uzoq tarixga borib taqaladi. Hitoyda, Hindistonda eramizgacha 4 ming yil avval ritmik mashqlar davolanish maqsadlarida qo’llanilgan. Xitoyda uyda ertalab va kechqurun shug’ullaniladigan mashqlar ma’lum. Yangi raqs va mashqlar majmuining paydo bo’lishini, tananing xususiyatlari to’g’risidagi fanning asoschisi, fransuz opera qo’shiqchisi, Fransua Delsart nomi bilan bog’lashadilar. Boshqa XIX - yuz yilikning pedagogi, fransuz Jorj Demeni o’ziga xos badan tarbiya mashqlari majmuini tuzib chiqdi. Maqsadga muskullarning ritmik kuchayishi va bo’shashishi bilan erishiladi. Sal keyinroq o’zining ritmik mashqlar majmuini Jeneva qonservatoriyasi vrachi Emil-Eak-Dalkros ham yaratadi. U tana bilan his qilingan oxang, butun tanaga bir vazndagi turtki berishini tushundi. 20 yillarning boshlarida Moskvada Asysedora Dunkan raqs studiyasini tashkil etildi. Dunkanning raqslari erkin plastikada qo’rilgan edi, uning yordamida raqosalar o’zlarining his-xayajonlari va kechinmalarini berishga harakat qilar edilar. Plastik raqs studiyasining paydo bo’lishi, har-xil yo’llar bilan insonning o’ziga xos, uyg’un rivojlanishiga, uning jismoniy go’zalligiga, ma’naviy bo’lishiga erishishiga intildilar. Shunday studiyalardan birini N.L.Alekseyeva tuzdi va “Raqs va badantarbiyalar uyg’unligi studiyasi” deb nomlandi. Alekseyevaning mashqlarida asosiy o’rin - uyg’unlik bilan rivojlanib kelayotgan gavda uchun mashqlar tanlashga berilgan. Aleksseva: “Harakatlar va musiqa orasida ritmik uyg’unlik bo’lishi kerak” - deb aygan edi.

Ritmik badantarbiya ayniqsa 80-chi yillarning boshlarida gurkirab rivojlandi. 1984 yildan boshlanib har doim ritmik mashqlar darslari televideniye orqali ko’rsatilib bordi.

Farbda aerobikaning, yulduzlari quyidagilar hisoblanadilar: Djeyn Fonda, uni zamonaviy ritmik mashqlarning asosiy boshlovchisi deb hisoblashadilar (AQSh); Sidni Rom, Marlen Sharel (Germaniya).

Ularning tartib-usullarining o’ziga xosligi nimada? Djeyn Fondning ritmik mashqlarining usuli asosan atletik yo’nalishga yo’naltirilgan va asosan yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlar shug’ ullanadilar. Jismoniy jihatlarni rivojlantirishdagi mashqlar harakatlarning keng tebranishi va katta hisobdagi qaytarilishlar bilan bajariladi va yurak-qontomirlari sistemasiga va nerv-muskul apparatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Sidne Romning mashg’ulotlar dasturi badantarbiya mashqlariga asoslanadi, Marlen Sharelniki esa - raqsiy belgilarga.

Ikkala dastur ham davomiyligi 12 15 daqika bo’lgan katta xisobdagi yugurish, sakrash mashqlarini o’z ichiga olgan.

Chet ellarda ritmik badantarbiyaning terminlari xilma-xildir: aerobika, djazbadantarbiya, pop-harakatchanlik va boshqalar.
2.3. Ritmik badantarbiyaning vazifalari
Ritmik badantarbiyaning vazifalari qo’yidagilarga qaratilgan:

- sog’liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashqi muhitni noqulay bo’lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;

- ishga yaroqlilikni maksimal darajada ko’tarish va qiyosiy darajadagi yuqori nutasini ushlab turish; faol ijodiy hayotni davom ettirish;

- shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z kuchiga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;

- shug’ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo’llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo’yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo’lish;

- doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.

Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

- egiluvchanlikning rivojlanishi, bo’g’inlarning harakatchanligining rivojlanishi;

- dinamik va statistik kuchlarning rivojlanishi;

- chidamlilikni tarbiyalash;

- harakatlarning tezligini va muvofiqligini rivojlantirish;

- yurak - qon-tomirlari va nafas olish organlari sistemasini rivojlantirish;

- harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.

Tajribalar shuni tasdiqlayaptiki, bu vazifalar ritmik badantarbiya guruhlarida muvaffaqiyatli ravishda bajarilmoqda.

Ritmik badantarbiya guruhlarida shug’ullanuvchilar yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog’ ligining holati, birmuncha yuqori mehnatga yaroqlilik darajasi va jismoniy og’irliklarga moslasha olishligi bilan farq qiladi.

Bunday tajribadagi ishlarning tarqalishi amaliyot so’rovlariga javob beradi.



Mashqlarning ma’zmuni.

Ritmik badantarbiyaning yig’indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi mashqlarni o’z ichiga oladi: qo’l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo’yin uchun mashqlar. Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqkan holda xilma-xil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi.

Shuning uchun mashqlardagi oriyent, ya’ni yo’nalish olishni tezlashtirish va ularning yig’indisini tuzish, yanada to’g’riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig’ ilgan mashqlarning guruhlarining har biri ko’proq ta’sirga ega bo’lgan xususiyatlarga qarab guruhlarga bo’linadi: kuch ishlatish uchun mashlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o’z-o’zini holi qo’yish uchun mashqlar, harakatlarning koordinasiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar.

Bel uchun mo’ljallangan mashqlar aloxida guruhlarga ajratiladi, qaysini ular mashg’ulotlarning asosiy bo’lishini, eng og’ ir qismini tashkil qiladi. Bel, qorin presslari uchun maxsus mashqlar ishlab chiqilgan. Doimiylik xususiyatiga ega bo’lgan mashqlar asosiy bo’lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg’ulotlari.

Mashg’ ulotlarning uslubiy xususiyatlari.

Ritmik badantarbiya mashqlari bilan guruh holida yoki yakka tartibda shug’ullanish mumkin. Guruh shaklidagi mashg’ ulotlar mashqlarni to’liq kuch bilan bajarilishini yo’lga qo’yadi. Guruh mashg’ulotlari mashqlarning to’liq kuch bilan bajarilishini safarbar qiladi, ko’proq bor kuchini “ishlatishga” undaydi, tabiiyki, muloqotda quvonch keltiradi.

Mustaqil mashg’ulotlar ichki tartiblarda katta zo’riqishlarni, kuchlarni talab qiladi. Mashg’ulotlarning samaradorligi shuullanuvchilar mashqlarni o’z xohishlari bilan, g’ayrat bilan bajarsagina oshadi.

Olimlar tomonidan ritmik mashqlarning samarali shug’ullantirishlari, agar mashg’ulotlar haftada 15-20 daqiqadan 5-6 marotaba o’tkazilsa, yoki haftada 30-45 daqiqa mobaynida 3 marotaba o’tkazilsa, yoki haftada 45-60 daqiqadan 2 marotaba o’tkazilsa yuqori samaraga erishilishi mumkinligi aniqlangan. 3-4 oydan so’ng muhim siljishlarga erishish mumkin: mehnatga yaroqlik o’sadi, vazn kamayadi, kuchning ko’rsatkichlari yaxshilanadi, bo’g’ inlardagi harakatchanlik o’sadi.

Yoshlardagi farqlarga qarab, mashqlar 90 daqiqagacha borishi mumkin. Ritmik mashqlar bilan ishdan so’ng shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Sizga ma’qul bo’lgan barcha bo’sh vaqtingizda shug’ullanishingiz mumkin, faqat mashqlardan so’ng ozgina dam olish lozim.

Ritmik mashqlarning mashg’ ulotlarini turli xil kontingentlar orasida o’tkazish mumkin: o’quvchilar, talabalar, xizmatchilar, ishchilar, ayollar va erkaklar. Ritmik badantarbiya ertalabki mashqlar, jismoniy tanaffus sport ko’ngil ochish shaklida (10-15 daqiqa) yoki dars (25-30, 45-60 daqiqa) ko’rinishida o’tkazdirilishi mumkin. Barcha majmualar uchun, u hoh 15 yoki 60 daqiqalik mashqlar bo’lsin, aniq bir tarkib saqlanib qolinadi.

Bu - tayyorlovchi, asosiy va xulosa qismlaridir. Birinchi qism-tayyorlovchi, 5-10 daqiqa davom etadi va terlagunga qadar davom etadigan yaxshigina mashqni tashkil etadi. Bu egilish va qo’l harakatlari bilan o’tirib turish, yurish, yugurish.

Ikkinchi (asosiy) qismning davomiyligi unchalik ko’p emas. U mashg’ ulotlar vaqtining bor-yo’g’i 80-85% ni tashkil qiladi va bir qancha qismlardan iborat. (odatda 2 dan 6 gacha). Qismlarning soni mashg’ ulotlarning davomiyligiga, tayyorligiga bog’ liq.

15-20 daqiqalik mashg’ulotlarda ikki qism shakli qo’llaniladi. Birinchi qism muskullar, bo’yin, qo’l, yelka, gavda, oyoq uchun mo’ljallangan. Ikkinchi qism yugurish uchun mo’ljallangan. Darsning yakuniy qismida mashg’ ulotlar o’zini bo’sh qo’yish va nafas olish uchun belgilangan. Qayta tiklanish uchun psixologik uslublarni ham qo’llash tavsiya etiladi.

Asosiy qism. Maksimumdan 80-85% hududni surat tashkil etadi. Ritmik mashqli mashg’ ulotlar kuchlanishlar diapozonining 65-90% bo’lgan maksimal kengliklarida o’tkazilishi mumkin. Tabiiyki, boshlovchilar uchun eng qulay qo’zg’ atuvchi bo’lib, maksimumdan 60% lik hududni tashkil qiladi, tayyorgarlik ko’rganlar uchun esa 75-80% ni tashkil qiladi.

Bunday ketma-ketlikda mashg’ulotlarni haftada har birini 30-45 daqiqadan 2-3 marotaba o’tkazilishi yarim yil davomida aniq ijobiy siljishlarni beradi.
2.4. Gigiyenik badantarbiya mashg’ulotlarini tashkil qilish
1855 yili nemis vrachi Daniil Gotlib Moris Shreber dunyoda birinchi marta xona mashqlari qo’llanmasini chiqardi. U shunday deb nomlanar edi: “Hyech qanday asboblarni, qo’llanmalarni talab qilmaydigan va shuning uchun hamma vaqt va hamma yerda, har qanday yoshda va jinsda qo’llash qulay bo’lgan, “xona-vrachlik mashqlari yoki mashqiy - vrachlik harakatlarining tasvirlanishi va qo’rinishi”.

Qisqa vaqt mobaynida kitob ko’pgina tillarga tarjima qilingan. Xona mashqlariga qiziqish juda katta bo’lgan, lekin u bilan shug’ullanishni tezda unutdilar. Doktor Shreberning boshqaruvida nimadir yetishmayotgan edi. U 45 ta mashqlardan iborat edi. Ulardan bir nechtasini u o’zlarining xoxishlari bilan tanlashlarini taklif etdi. Lekin odamlar tanlashni istashmadi Ularga tayyor dasturni berish lozim edi.

Shunday tezda paydo bo’ldi. Uni 1904 yili daniyalik muhandis-poruchik Iogan P.Myuller tuzdi. U o’zining kitobini “Mening usulim” deb nomladi va “Bir kunda 15 daqiqa va sen sog’ bo’lasan” deb va’da berdi. Myullerning usuli juda katta yutug’ keltirdi. U dunyoning juda ko’p tillariga tarjima qilindi.

Insof bilan shuni aytish joizki, haqiqatdan ham Myullerning usuli yomon emas edi. U 18 ta omadli tanlangan, ularning organizmga ta’sirini inobatga olgan holda tuzilgan mashqlardan iborat edi. Bundan tashqari, yana Myuller suv jarayonlarini ham mashqlarga qo’shishni taklif etdi.

Lekin Myullerning usuli yakkayu-yagona emas edi. Darhol birinchi jarangdor omaddan keyin shunga o’xshash qo’llanmalar paydo bo’ldi. Ularning ayrimlari mashqlarga 15 daqiqa emas, 10 daqiqa vaqt ajratishini, lekin o’sha oldingi samarasini berishini tavsiya qildilar. Raqobat boshlandi. Shunda Myuller yangi 5 daqiqalik dasturni ishlab chiqdi va janga g’olib chiqdi.

Bunday ko’p sonli ertalabki badantarbiya mashqlarining ko’p sonlarda yaratilishi, odamlarning o’zlarining sog’ liklari to’g’risida o’ylashga majbur qildi. Hozir millionlab odamlar o’zlarining kunlarini ertalabki badantarbiya mashqlaridan boshlaydilar.

Shunday qilib, badantarbiya mashqlari tetiklik va a’lo kayfiyat bahshida etadi.

Ertalab tananing ayrim qismlarida sustlashish holati kuzatiladi. Shuning uchun umurtqa pog’onasining egiluvchanligi uchun mashqlar majmunisini kiritish lozim (egilishlar, gavdaning burilishlari).

Eng qisqa mashqlar 3 ta bo’lishi mumkin: oldinga egilishlar, orqaga egilishlar va gavdaning burilishlari.

Gigiyenik badantarbiya mashqlari jismoniy tarbiya vositasi hisoblangan holda, inson sog’ligini saqlash va mustahkamlash, organizmning hayotiy faoliyatini oshirish vazifalarini bajaradi, tetiklikni qo’llab-quvvatlaydi, a’lo kayfiyat baxshida etadi. Fiziologik ta’sir nuqtai nazaridan gigiyenik va mashqlari shug’ ullanuvchilarning organizmiga kuch-quvvat qo’shadi va umumiy charchashni yo’qotadi. Gigiyenik mashqlar insonning kundalik hayoti sharoitlarida keng qo’llaniladi. U foydali odatlarni tarbiyalashda yordam beradi. (Gigiyenik qoidalarga rioya qilish va kun tartibiga rioya ilish, tanani parvarish qilish), doimiy jismoniy mashqlarni bajarishga undaydi.

Gigiyenik mashqlar barcha yoshdagi odamlar uchun to’g’ri keladi. U har bir odamning doimiy hayotiga kirib bormog’i lozim va yoshi va qasbidan qat’iy nazar uning ehtiyojiga aylanmog’ligi lozim. Gigiyenik badantarbiya mashqlari uchun vositachi sifatida umumiy ritmik mashqlar qo’llaniladi, amaliy va nafas olish mashqlari, yengil yugurish, yurish va yuvinish, massaj va organizmning chiniqtirilishi bilan olib boriladi.

Gigiyenik badantarbiya mashqlari matbuot radio, televideniye, jismoniy tarbiya universitetlari tomonidan tashviqot qilinadi. Gigiyenik badantarbiya mashqlari maktabga tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari texnikaviy kasb-xunar o’quv yurtlari, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari, ishlab chiqarish jamoalari va oilaviy sharoitlarda o’tkazdiriladi. Gigiyenik badantarbiya mashqlari ertalab, kunduz kuni va kechki payt o’tkazilishi mumkin, bu mashqlar majmuisining har xil gigiyenik yo’naltirilganligini aniqlab beradi.

Bolalar bog’chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo’lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg’ongach (5-7 daqiqadan so’ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to’g’ri o’sishidagi ko’nikmalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo’lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.

Maktab gigiyenik badantarbiya mashqlari darslarga qadar, darslar davomida, tanaffusda, uzaytirilgan kun tartibida o’tkaziladi. Darslarga qadar bo’lgan (kirish) mashqlar 10-15 daqiqa mobaynida unchalik murakkab bo’lmagan 6-12 ta mashqlarni bajarishni ko’zda tutadi. Jismoniy daqiqalar umumta’lim darslarida o’tkaziladi. Aqliy taranglikni, charchashni yo’qotuvchi, mehnatga yaroqlilikni qayta tiklovchi, gavdaning to’g’riligini saqlashga yordam beruvchi 2-3 ta mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.

10 yoshdan yuqori o’quvchilar ertalabki badantarbiya mashqlari majmuisani mustaqil bajarishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashg’ulotlarning boshlanish davrida gigiyenik mashqlar tarkibiga kirgan mashqlar soni va ular har birining qaytarilishi minimal bo’lishi lozim.

Asta sekinlik bilan mashqlar soni ko’paytirilib boriladi. Har bir mashq olimpiada o’n ikki marotabagacha qaytariladi. Mashqlarning soni 8 tadan 15 ta gacha bo’lishi mumkin. Misol uchun o’g’il bolalar va qizlar uchun 10-13 yosh ertalabki badantarbiya mashqlari majmua 8-10 ta mashqlardan tuziladi. Ug’il bolalar har bir mashqni 4-6 marotaba, qizlar esa 3-5 marotaba qaytaradi. 14-15 yoshli o’gil bolalar va qizlar uchun mashqlar soni 12 tagacha ko’pytiriladi. O’g’il bolalar har bir mashqni 6-10 marotaba, qizlar esa 4-8 marotaba qaytarishi lozim.

16-18 yoshli yoshlar har xil og’irlikdagi mashqlarni bajarishi tavsiya etiladi. Mashqlarni 2-3 kgdan ko’p bo’lmagan gantellardan boshlash lozim. Har bir mashq 6-8 marotaba qaytariladi, 2-3 oydan so’ng mashqlar soni asta sekin ko’paytirilib boriladi 10-12 tagacha. Mashqlar majmui gavdaning to’g’ri rivojlanishi uchun nafas olishdagi maxsus mashqlar kiritilishi lozim. Mashqlarni qo’yidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:

a) Mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o’tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to’g’ri tutish kerak, b.mashqlar majmun gavdaning to’g’ri turishini, his etish uchun zarur bo’lgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;

v) umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir. Ular yurak - qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag’batlantiradi;

g) keyin esa qo’l, muskullar, yelka, gavda, qorin pressi, oyoqlar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo’shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi jadvali keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har-xil guruhlari qo’shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustahkamlaydi, umurtqa pog’onasining harakatchanligini qo’llab - kuvvatlaydi va rivojlantiradi;

d) Keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo’lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha qismlari bilan bajariladi (qo’l, qorin muskullari va tana) Faol muskul zo’riqishlaridan so’ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;

ye) Undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustahkamlaydi. Sakragandan so’ng albatta, zaylini kamaytirgan holda yurishga o’tish lozim.

1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch holga kelishiga imqon beradi;

j) Mashqlar majmui gavdani to’g’ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.

Mashqlar majmundan so’ng vanna qabul qilish, artinish va o’z-o’zini massaj qilish lozim.

Davolovchi badantarbiya.

Davolovchi badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko’rinishidir, davolovchi uchul yanada tezroq va to’la ravishda bemor insonning sog’lig’ini tiklash uchun qo’llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda qo’llaniladi: tezlikda, kuchda, chidamlilikda va boshqa umumiy mehnat faoliyati sharoitlarida qo’llaniladi. Davolovchi badan tarbiyaning hillari: oqlovchi, vazifaviy. Maxsus tanlangan gimnastik mashqlar (vrachni tashkiliy alohida) turli xil latlardan so’ng harakatlantiruvchi vazifalarni qayta tiklashda keng qo’llanilmoqda. Davolovchi mashqlar kasalliklardan ogohlantiradi, sog’ayishni tezlashtiradi, insonning sog’ligini saqlaydi, uning hayotini uzaytiradi.

Davolovchi mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg’imchoqlar, to’plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg’ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o’rmalash, oshib o’tish).

Maxsus apparat va trenajerlar keng qo’llanila boshlandi. Ular harakatlarni yengillashtirilgan sharoitlarda bajarishga imkon beradi, ayrim muskul guruhlarning yo’qotilgan vazifalarini qayta tiklashga yordam beradi, bo’g’inlarning kam harakatliligini yo’qotishga yordam beradi.

Mashg’ulotning asosiy shakli bo’lib, davolovchi mashqning darslari hisoblanadi. Mashqlar davolovchi vrachning tavsiyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ular bemorga davolovchi - profilaktik maqsadlarda tavsiya qilinadi. Mashqlar majmui maxsus mashqlardan va umumiy yo’nalishdagi mashqlardan tashkil topgan. Bemorga yaqin bo’lgan sodda mashqlar olinadi; dars davomida og’irlik sekin olg’a oshib boradi, orqama-ketin ishga har xil muskul guruhlari qo’yiladi.
2.5. Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining tuzilishi
Mashg’ulotning kirish (tayyorlov) qismi asosiy o’quv-sog’lomlashtirish ishiga zamin tayyorlaydi. Kirish qismining umumiy vazifasi – shug’ullanuvchilar e’tiborini faollashtirish, ularni mashg’ulotlar maqsadi va mazmuni bilan tanishtirish, shunga mos ruhiy sharoitni yaratish. Tayyorlov qismda sog’lomlashtirish gimnastikasining 25-30 takrorlashdan iborat 25-30 mashqlaridan foydalaniladi. Asosiy qismda respirator kasalliklar profilaktikasi uchun sog’lomlashtiruvchi yugurish (2-5 km), sport va harakatli o’yinlar kuch-quvvatini oshiruvchi mashqlar bilan uyg’unlashib ketadi. Yakunlovchi qismda havo-quyosh vannalarida chiniqish, suv muolajalari o’tkaziladi. Talabalarga to’g’ri ovqatlanish tavsiya etiladi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot

Kirish (tayyorlov) qism. Sekin sur’atda 8-12 minut yugurish. Chayirlik, chaqqonlik e’tiborni yaxshilashga yo’naltirilgan mashqlar – qo’llarni zarb bilan silkitish, sakrash, o’tirib-yurish mashqlarni xushtak chalib, komanda berib bajarish, aylanib sakrash, egilish va h.k. Hammasi bo’lib 20 dan kam bo’lmagan (20-30 takrorlashdan iborat) turli mashqlar. Asosiy qismdla juft-juft bo’lib og’irligi 2-4 kg bo’lgan koptoklar bilan mashqlar bajariladi: koptokni ikki qo’llab boshdan oshirib, pastdan ko’krakdan itarib uloqtirish va h.k.; 3 kishi, 4 kishi bo’lib: 2 ta - 3 ta koptoknibir vaqtning o’zida uloqtirish – uzluksiz 20-30 uloqtirish seriyasi. Hammasi bo’lib 10 tadan kam bo’lmagan mashqlar. Yuqori yelka aylanasi, qo’llar uchun mashqlar. Yotgan holda yerga tiralib qo’llarni bukish va yozish (ikki qo’l panjalarini ustma-ust qo’yib, qo’llar yelkadan kengroq va mushtlarda, barmoqlarda) – 4 marta (har biri 10-12 takrorlashdan iborat). Tortilish 6-8 marta. Basketbol yoki voleybol. Chayirlikni oshiruvchi mashqlar.



Bir-biri bilan bog’liq jismoniy mashqlarni bajarish bo’yicha amaliy mashg’ulot

Kirish (tayyorlov) qism. Umumiy rivojlantiruvchi harakatdagi mashqlar – 15-20 dan kam bo’lmagan mashqlar. Asosiy qismda futbol, voleybol o’yinlari – 15 minutdan 4 taym. Tanaffus paytida kuch-quvvatni oshiruvchi (to’sinlarda bajariladigan mashqlar), chayirlikni oshiruvchi mashqlar.

Trenajer zallarida bir necha gimnastik snaryadlarni birlashtirgan “Zdorovye” universal trenajeridan foydalanildi. Bular: gimnastik devor, to’sin, yuhori va quyi ispanderlar. Bu trenajerda qo’l, oyoq, tana uchun turli mashqlarni bajarish mumkin.

Blokli qurilmalardan va shtangalar, toshlar, gantellar, qorin pressi mushaklari, oyoqlarni tukib-yozish uchun maxsus qurilmalaridan foydalaniladi.

Atletizm turli sport o’yinlari, yakka kurashlar bilan birgalikda olib borildi va bu darsning ijobiy emosionalligini oshirishga yordam berdi.

Darslar mazmuni kompleks xarakterga ega bo’lib, nafas olish, yurak-tomir tizimi, qon aylanishi va kuchning rivojlanishiga yordam berdi, salomatlikni mustahkamlash jismoniy go’zallik va uyg’unlikka erishishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Shuni qayd etish lozimki, jismoniy mashqlarning sog’lomlashtiruvchi ta’siri talaba kuchi, chidamliligi ko’rsatkichlarining o’sishi bilan chegaralanib qolmaydi, balki ular tananing barcha organlari ishini ham yaxshilaydi. Faqat mushaklar emas, balki yurak, o’pka, qon tomirlari, suyaklar va nihoyat, xarakterlarimizni boshqarib turgan miya ham mashq qiladi.

Sog’lomlashtirish qiymatiga ega ilmiy asoslangan vositalar yo’qligi sababli valeologiya tarbiya jarayonida sog’lomlashtirish jismoniy mashqlariga yetarli e’tibor berilmayapti, o’qish bosqichlari yuqorilashgan sayin talabalarning jismoniy rivojlanishi jismoniy va funksional tayyorgarligi yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda.



Salomatlikni yaxshilashning rasional usullari

O’qitish sog’lomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsadlari va mazmunini, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish vositalari ya’ni, o’qitish usullarini to’g’ri belgilab olishga bog’liq. O’qitish usullari deganda o’qitish sog’lomlashtirishning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlovchi o’qituvchi va talaba o’rtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar tizimi tushuniladi.

Eksperimental tadqiqotlar natijasida talabalar valeologik tarbiyasining samarali usullari (o’yin, musobaqa, qat’iy reglamentlashtirilgan mashqlar va so’z orqali ta’sir ko’rsatish usullari) aniqlangan.

O’yin usuli

Harakat faoliyatini harakatli, sport milliy o’yinlar shaklida tashkil etish usuli jismoniy tarbiya jarayonida keng qo’llanilgan bo’lib boshqa usullar oldida qator afzalliklarga ega. Bu usulning mohiyati shundaki, harakat faoliyati o’yinning mazmunini, shartlari va qoidalari asosida tashkil etiladi. O’yin usulining xarakterli xususiyatlari:

A. shug’ullanuvchilarning harakat faoliyati yuqori ruhiy ko’tarinkilik fonida olib boriladi;

B. o’yin jarayonida shug’ullanuvchilar o’rtasida murakkab munosabatlar vujudga keladi.

Bu xususiyatlar talabalarning harakat faoliyatiga qiziqishini orttiradi, ular bir xil xarakterdagi mashqlarni ajarish vaqtida vujudga keladigan ruhiy toliqishdan xalom etadi; o’zlashtirilgan harakatlarni takomillashtirishga va ulardan foydalanish mahoratini egallashga yordam beradi.

Musobaqa usuli

Mashqlarni musobaqa shaklida tashkillashtirish usuli. Musobaqaning tarbiya usuli sifatidagi mohiyati shundaki, u talabalarda do’stona, sog’lom raqobat, kuchlilarga tenglashishga intilish ruhini tarbiyalaydi. Ayniqsa reyting tizimi bunga yordam beradi. Musobaqa usuli jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantiradi.



Olingan natijalar tahlili

Tajribada berilgan rejalarni amalga oshirish uchun o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslariga bo’lgan qiziqishi, darsni o’tkazish sifatiga qarab aniqlandi.

Olingan natijalar 1-jadvalda berilgan.


O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarining o’tkazish sifatiga qarab qiziqishini umumiy ko’rsatkichlari (foiz hisobida)

Jismoniy tarbiyaga qiziqish darajasi

jinsi

Jismoniy tarbiya o’quv jarayonini sifati (ball)

O’

K

“5”

“4”

“3”

past

5,5

4,0

13,4

18,5

21,0

o’rtacha

56,2

52,2

43,6

50,2

55,2

yaxshi

14,8

17,8

36,2

26,8

23,8

yuqori

28,5

26,4

6,8

4,5



Jadvalda ko’rinib turibdiki, darslarni sifatliligiga qarab qiziqishi bo’yicha pastlar 9,5%ni; yuqori qiziquvchilar 49,5%ni tashkil qiladi.


O’quvchilarni jismoniy madaniyatga qiziqishi sabablari

(foiz hisobida)





Jismoniy madaniyatga qiziqish sabablari

Qiziqish darajasi

past

qoniqarli

yaxshi

yuqori

1.

J.m.umumiy qiziqishi

8,5

22,4

32,5

36,6

2.

Material-texnik bezagi holatii

16,2

23,5

29,6

30,7

3.

Salomatlik holati

33,4

32,1

22,3

15,2

4.

Ommaviy sport tadbirlarini past saviyada o’tkazilishi

20,1

22,4

27,9

29,6

5.

Sport va metodik adabiyotlarni yetishmasligi

7,5

25,5

30,2

36,8

6.

Jismoniy madaniyat sohasidan nazariy bilimlarni kamligi

42,6

25,7

22,2

9,5

6-10 yoshli bolalarning dastlabki va mokisimon yuklamalarni funksional ko’rsatkichlari









6-7 yosh

7-8 yosh

8-9 yosh

9-10 yosh

dastlabki

mokisimon

dastlabki

mokisimon

dastlabki

mokisimon

dastlabki

mokisimon

YuQTUQ

o’

q


97,6

95,4


192,4

192,3


91,3

87,2


184,1

187,3


83,4

84,2


187,4

185,7


79,6

82,1


179,3

183,4


Nafas olish chastotasi sikl/min

o’

q


24,1

24,2


65,1

65,4


21,4

23,3


55,1

51,4


19,6

22,1


47,2

49,6


18,6

20,7


46,4

49,0


Kislorod qabul qilish ml/m.kg

o’

q


6,6

6,2


37,4

36,4


6,8

6,4


33,7

27,8


6,7

6,2


34/5

32,5


6,4

6,3


38,4

33,6


XULOSA
Kuzatish va tajribalarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar uchun sog’lomlashtiruvchi gimnastika darslari yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a’zolarining mo’tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya – sog’liqni saqlashda ulug’vor usuldir», - deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi : «Kimki qilsa harakat – sog’ligida bo’lar barakat» degan naqlni eslatadi.

Jismoniy tarbiyaga e’tiborni kuchayganligini umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida «Umid nihollari», bundan tashqari barcha maktablarda, mahallalarda turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o’tkazish yo’lga qo’yilib borilmoqda. Bu esa maktab o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllanishiga yordam beradi.


Sog’iligi zaif, nogiron o’quvchilarga jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtiruvchi gimnatsika darslaridan foydalanishning maqsadi har tomonlama yetuk, chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, kelajakda Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.

Shu nuqtai nazardan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtiruvchi gimnastika mashg’ulotlarining didaktik asoslarini yaratish ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va boyitish mavzui doirasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, xususan, jismoniy tarbiya darslarida keng talqin qilingan sog’lomlashtiruvchi gimnastika mashg’ulotlaridan foydalanish masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”, 2010-176 b.

  2. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” “O’zbekiston”, T.: 2011-440 b.

  3. Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” O’quv qo’llanma T.: 2012-272 b.

  4. O’zRVMning “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 27 may 1999 yil.

  5. O’zRning “Turizm to’g’risida”gi qonuni,1999 yil.

  6. O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni,1997 yil.

  7. O’zRning sog’lom avlod Davlat dasturi, 1997 yil.

  8. Karimov I.A.O’zbekiston kelajagi buyuk davlat,1992 yil.

  9. Karimov I.A. Inson baxt uchun tug’iladi, 2000 yil.

  10. Amosov N.M. Razdumya o zdorovye. M., 1987.

  11. Bregg P. Programma po ozdorovleniyu pozvonochnika. M., Mp «Ritm», 1992.

  12. Berezin N.P. Zdorovomu o zdorovye. «Tvoye zdorovye». 1990. №7.

  13. Brexman I.I. Valeologiya – nauka o zdorovye. M., Fizkultura i sport. 1990. 208 s.

  14. Bronskiy Ye.V. Povыsheniye ozdorovitelnoy effektivnosti fizkulturnogo vospitaniya shkolnikov 10-11 let: Avtoref.diss.kand.ped.nauk. Almatы. 1999. s.24

  15. Vasilyev A.N. Fizkulturno-sportivnaya aktivnost studencheskoy molodeji v svobodnoye vremya i faktorы, yeye opredelyayuhiye. //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. 1992. №5. s.43-45.

  16. Vasilkov A.A. Sistemnыy podxod v reshenii problemы «teoriya zdrovya» //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. 1997. №9. s.18-21.

  17. Vilenskiy M.Ya. Sosialno-pedagogicheskiye determinantы formirovaniya zdorovogo obraza jizni// TiPFK. 1994. №10. s.9-15.

  18. Vilenskiy M.Ya., Litvinov Ye.N. Fizicheskoye vospitaniye shkolnikov: voprosы perestroyki //Fizicheskaya kultura v shkole. 1991. №2. s.2-7.

  19. Vilenskiy M.Ya., Safin R.O. Professionalnaya napravlennost fizicheskogo vospitaniya studentov pedagogicheskoy spesialnosti: Uchebnoye posobiye. M., Vыsshaya shkola. 1989. s.158.

  20. Vinogradov P.A. Teoriya i metodologiya ispolzovaniya sredstv massovoy informasii v razvitii fizicheskoy kulturы: Avtoref.diss.dokt.ped.nauk. L., 1992. 66 s.

  21. Vinogradov P.A., Dushanin A.P., Joldak V.I. Osnovы fizicheskoy kulturы i zdorovogo obraza jizni. M., 1996. s.

  22. Vnukov A.P. Formirovaniye potrebnosti v fizicheskom sovershenstvovanii studentov pedagogicheskix institutov. Avtoref.diss.kand.ped.nauk. M., 1992. s.22.

  23. Voznesenskiy Ye.R. Formirovaniye adekvatnoy motivasii k zanyatiyam fizicheskoy kulturoy i sportom u studentov. Tezisi dokladov XI Vsesoyuznoy nauchno-prakticheskoy konferensii psixologorv sporta. Minsk. 1990. ch.2. s.62-63.

  24. Zmonovskiy Yu.F. K zdorovyu bez lekarstv. M., FiS. 1990.

  25. Kitayskaya sigun-terapiya (perev.s ang. S.K.Breshina.) M., 1991.

  26. Kulikov Yu.A., Xudoyberdiyev R.I. Jizn v dvijenii. T., 1987.

  27. Tartakovskiy M. Uroki fizicheskoy garmonii. M., 1986.

  28. Maslov A.A., Podshyekoldin A.M. Uroki kitayskoy gimnastiki. M., 1990.







Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish