Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti sport fanlari uslubiy


Inson sog’ligini saqlashdagi muhim omillar



Download 454 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2017
Hajmi454 Kb.
#3589
1   2   3

Inson sog’ligini saqlashdagi muhim omillar



Инсон соғлигини сақлашдаги муҳим омиллар

Жисмоний машқлар


Тўғри овқатланиш
Уйқу


Баданни тоза тутиш

Кун тартибигя риоя қилиш

Tarbiya insonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi. Shuning uchun Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 2000 yil esa alohida «Sog’lom avlod yili» deb e’lon qilindi. Ma’lumki, tarbiya mazmuni kamolot, tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi (2-rasm).

2

Жисмоний тарбия мазмуни
-rasm

Жисмоний камолот



Жисмоний тарбия маданияти

Спорт ишлари

Жисмоний маълумот

Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biri bo’lganligi bois mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya tizimida jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Kamolot yosh avlod ichki a’zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Fiziologik nuqtai nazardan, yurak va o’pka, shuningdek nerv va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada kamolot deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.

Salomatlik inson hayotida, ayniqsa, yoshlik chog’larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

Ko’pchilik talabalarning ongida jismoniy tarbiya va sport kasalliklarni oldini oluvchi omil ekanligi shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda ham o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg’ulotlarida inson organizmida ta’sir etishi va ular turli kasalliklar profilaktikasida samarali vosita ekanligi hisoblanishi isbotlangan.

Shunga qaramay, yoshlarni jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish va ommaviy-sport tadbirlariga jalb qilish tizimi sifatida qaralmaydi, shuning uchun bunday jismoniy tarbiya va sport yoshlarni sog’lom turmush tarziga tayyorlamaydi, ularga salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o’rgatmaydi.

Salomatlik ahvoli inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ish kuch sifatini ham oshiradi. Sog’lom inson bir xil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og’irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog’lom inson – yuqori sifatli ishchi kuchidir.

Shuning uchun harakat faolligiga hozirgi paytda jismoniy ko’rinishning yaxshilanishida samarali vosita sifatida qaraladi.

Mutaxassislarning baho berishicha, aholi salomatligining 40-50% hayot tarziga bog’liq. Zararli odatlar, noto’g’ri ovqatlanish, alkogol va tamakini me’yoridan ortiq iste’mol qilish, ko’p o’tirish, stress, atrof muhitning iflosligi turli kasalliklarga (yurak-qon va nafas olish tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak funksiyalarining buzilishi va h.z.) olib kelishi mumkin.

Yosh o’tgan sayin va sog’lom hayot tarzini buzilishi bilan orttirilgan kasalliklar surunkali kasalliklarga aylanadi. Bundan inson qanday hayot tarzi yuritishiga qarab salomatligi darajasi haqida so’z yuritish mumkin, degan xulosaga kelish mumkin.

Shu sababli, hayot tarzi salomatlik bazasi sifatida ko’rib chiqiladi. Salomatlik darajasini tana og’irligi, o’pkaning hayot sig’imi, yurak qisqarishining chastotasi, qon bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishini tiklanshiga ketgan vaqt bilan aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy unsurlariga insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlar kiradi.

Salomatlikni asrash va mustahkamlash deganda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlikni yaxshilash tushiniladi. Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam jismoniy mashqlar orqali erishish mumkin.

Abu Ali ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham katta e’tibor bergan.

U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, sog’lom bo’lishning kuchli omili ekanligini ko’p bora qayd etgan va sog’liqni saqlash uchun yetti omilga e’tiborni qaratgan:


  • Bosiqlik;

  • Ovqatlanish tartibi;

  • Gavdani tik tutish;

  • Toza havo;

  • qulay kiyim;

  • jismoniy harakatlar;

  • ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’onlik holati) ning ravonligi.

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish salomatlikni mustahkamlashga, o’qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik – ijtimoiy – iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemosional ta’sirlarning natijasidir va uni sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligini oshiradi. Hozirgi vaqtda insonning sog’lomlashishiga bo’lgan ehtiyojni qondiruvchi yo’nalishlar tobara keng tarqalmoqda (ritmik gimnastika, badiiy gimnastika, xitoycha sigun terapeya, terapevtik va sog’lomlashtiruvchi yoga, ushu, xitoy gimnastikasi).

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitni salbiy ta’siriga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustaqkamlash va kasalliklarni oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.

Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar pedagogik jarayonning asosi bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bular:



  • o’quvchilar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish,ish qobiliyatini oshirish;

  • muntazam jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojini, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlikka va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishini tarbiyalash;

  • mustaqil davlat quruvchilarining yuqori ahloqiy sifatlarini tarbiyalash, o’z salomatligi haqida qayg’urish nafaqat shaxsiy, balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish;

  • sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini hosil qilish;

  • sog’lomlashtirishning, kasalliklarini oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni o’rganish;

  • bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, kundalik rejimini tashkil etish, ko’nikmalarni shakllantirishga o’rgatish;

  • harakat xususiyatlarini rivojlantirish.

O’quvchi yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni jismonan va ma’nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosiy hisoblanadi.

Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini oluvchi jarayon bo’lib hisoblanadi. Profilaktika ikki turga bo’linadi: ijtimoiy va shaxsiy profilaktika.

Profilaktika to’g’risidagi zamonaviy tushuncha davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek insonning jismoniy va ruhiy quvvatini har tomonlama rivojlantirish ushbu tizimning maqsadidir.

Yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagilarni hal etishni talab qiladi:



  • yoshlarni madaniyati va hayot darajasini muntazam ravishda oshirish;

  • tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;

  • o’qish, ishlab chiqarish uchun optimal sharoitlarni yaratish;

  • yoshlarni jismoniy mashqlarga, muntazam ravishda mashg’ulotlarga ongli, turg’un va pozitiv munosabatini shakllantirish;

  • jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojni faollashtirish;

  • yoshlarning jismoniy tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash maqsadida jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy holatini diagnostikadan o’tkazish;

  • kasalliklar profilaktikasi, tananing tashqi muhitning salbiy ta’siriga qarshiligini oshirish, zararli odatlarni bartaraf etish;

  • jismoniy rivojlanishini, gavda tuzilishini (qaddi-qomatini) jismoniy holatini yaxshilash;

  • jismoniy holatini boshqarish va baholash, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari, dam olishni tashkillashtirish, faol xordiq chiqarish, to’g’ri ovqatlanish, salomatligini mustahkamlash tamoyillariga ongli ravishda rioya qilish asoslari bo’yicha talabalarga bilim berish;

  • asab tizimining asosiy xususiyatlarini baholash, talaba shaxsiyatining tipologik xarakteristikasini o’quv-sog’lomlashtirish jarayonini individuallashtirish usullari bilan tanishtirish;

  • bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, harakat rejimini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatish.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tushunchasi.

Jismoniy tarbiyaning mazmuni, uning vositalari va shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi, salomatligi xamda jismoniy tayyorgarligiga qarab qo’llanish usullari aloxida ishlab chiqilganligi, ularning amalda keng qo’llanilayotganligi e’tiborga loyiqdir.

Bular orasida sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va unda foydalaniladigan vositalar, usullar va mazmuni va moxiyatiga egadir. Jismoniy tarbiya mashqlarining inson tanasiga ijobiy ta’sir etuvchi va rivojlantiruvchi hususiyatlari xaqida yukorida bir muncha kayd etildi, Shu sababdan bevosita sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tushunchasiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofikdir.

Buyuk olim Abu Ali Ibn Sino, taniqli rus olimi M.I.Sarkizov-Serazini xamda iste’dodli olim T.Usmonxujayevlarning ta’biri bilan aytganda jisman zaif kasalmand bolalar va katta yoshdagi kishilarni jismoniy mashqlar orqali davolash tarbiyalash, shuningdek. sog’lom kishilarni jismonan rivojlantirishda qo’llaniladigan turli-tuman mashqlar, ularni qo’llash usullarini sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya deb tushuniladi.

Bundan shunday mazmun va ma’no kelib chiqadiki, fakat davolash muassasalari, shifoxonalardagina emas, balki eng avvalo har bir oila, bolalar bog’chalari, o’quv yurtlari, axoli istikomat joylari, dam olish va istiroxat bog’lari, sport inshootlarida sog’lomlashtiruvchi ommaviy jismoniy tarbiya sport tadbirlarining tashkil qilinishi sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning mohiyatini ochib beradi.

E’tirof etish zarurki, sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarida xam sog’lomlashtiruvchi vositalar, tadbirlar o’z mazmuni, vazifasi va o’rniga egadir. Ya’ni sportchilarning ixtisosi (sport turi qaysi soxada bo’lmasin, ularning har tomonlama ravnaq topishi, jismonan chiniqishida jismoniy tar­biya vositalari asosiy o’rinni egallaydi. Ayniqsa sportchilarning toliqishi, charchashi, jaroxat olishi va boshqa faoliyatlarda ixtisosliklaridan tashqari (maxsus mashqlar) sog’lomlashtiruvchi mashqlar, o’yinlar, uqalash (massaj) va xokazolardan keng foydalaniladi.

Umuman olganda jismoniy va aqliy mexnat bilan shug’ullanuvchilarning harakat faoliyatlarini nazarda tutgan xolda ularning mexnat qobiliyatini ta’minlovchi jismoniy mashqlar, turli xil o’yinlar, sayr - sayoxatlar sog’lomlashtirish vazifasini o’taydi.

Davlat idoralari xodimlarining (ichki ishlar, xarbiylar, o’t o’chiruvchilar va hokazolar) jismoniy tayyorgarligini ta’minlash va ularning maxoratlarini oshirishda faqat maxsus mashqlargina qo’llanilib qolmasdan, balki umum jismoniy tayyorgarlik, salomatlikni ta’minlash, jismonan tetik va chaqqon bo’lishida ham sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyadan unumli va maqsadli foydalaniladi. Bu uz navbatida jismoniy tarbiyaning sog’lomlashti­ruvchi va rivojlantiruvchi xususiyatlarining ifodasidir.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashqlari axolining tur­li qatlamlari va toifalarida ularning salomatligi, jinsi, jis­moniy tayyorgarligi va mashqlarga bulgan qiziqishi hamda e’tiqodlariga yarasha belgilanishini yuqorida qayd etildi. Sog’lom­lashtiruvchi jismoniy tarbiyaning afzalliklari va moxiyatlarini to’la tushungan va o’zlashtirib olgan ba’zi bir ijodkorlar (matbuot xodimlari, ilmiy muassasalar, markazlarning vakillari, yurak qon tomiri bilan kasallangan kishilar va hokazolar) ertalab o’z uy sharoiti, kunduzi ish jarayonlarida 2-3 marotaba, ishdan keyin yana sport inshootlari yoki sog’lomlashtirish markazlarida mashqlar bajarishni odat qilib olishganligini ta’kidlash joiz bo’lar edi.

Ba’zi bir kishilar ertalab kamida 5-6 km va undan xam ortiq masofalarga yugurishadi, qaysi birlari esa turli vositalar bilan (gantel, prujina, rezina lenta va xokazolar) mashq bajarishadi. O’zini sog’lom sezgan ba’zi bir futbol muxlislari esa kunda 1-2 marotaba o’z o’rtoqlari va tengdoshlari bilan (ish jarayoni va maxalla sharoitida) futbol o’ynashadi. Turli soxadagi kishilarning o’zaro birlashib (ishxona yoki maxallada) jamoalarni (komandalar) tuzib futbol o’ynashlari, musobaqa tariqasida baxslashishlari (o’rtada biron narsa garovda bo’lishi mumkin) ko’p joylarda odat tusiga kirib qolgan. Ba’zida katta - kichik kishilar ulardan: «senlarga shu zarurmidi?» deb surashsa, ular: «Ishdan xorib kelganda futbol o’yini bilan charchoqni chiqaramiz, qolaversa sog’liq uchun juda foyda», deb javob qilishadi. Bunday tadbirlarni o’z boshidan o’tkazgan, amaliy ravishda ishtirok etganlargina buni shu tarzda izoxlashlari tabiiydir.

Demak, mustaqil ravishda shug’ullanishlar, futbol o’yinlari va boshqa uyii mashg’ulotlari har qanday kishini sog’lomlashtish, ularning kuchiga kuch, ruxiga-rux baxsh etishi muqarrar ekan.
1.2. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning asosiy omillari
Har bir jaryon, muxitning o’ziga xos mazmuni va uning turli omillari mavjud buladi. Bunday jarayonlardan jismoniy tarbiya xam chetda emas.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani jismoniy tar­biya va uning vositalarini (omillari) alohida belgilab beradi. O’zbekiston mustakilligining xozirgi davrida jismoniy tarbiya tizimida xalk milliy o’yinlarining xam jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalash va ularni maqsadli yullarda qo’llash jarayoni vujudga kelganligini e’tirof etmoq zarur.

Xullas fan va amaliyotda ilmiy-uslubiy jixatdan asoslangan xamda qo’llanilayotgan jismoniy tarbiya vositalarini qo’yidagi turlarga (yunalishlar) ajratish mumkin, ya’ni:

1.Umumrivojlantiruvchi jismoniy (gimnastika) mashqlari


(turli predmetlar bilan va predmetsiz bajariladigan mashqlar).

2. Harakatli o’yinlar (milliy harakatli o’yinlar).

3. Sport turlari.

4. Sayoxatlar, sayrlar, sarguzashtlar, tomoshalar.

5. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi ta’sir kuchlari (omillari).

6. Ukalash (massaj).

7. Xalk milliy o’yinlari (ot o’yinlari, dorboz, kurash va x..k.).

8. Sport buyumlari, asbob-uskunalar va inshootlar.

Ularning xar biriga aloxida kiskacha izoxlarni keyingi bulimlarda byoyon kilinadi.
1.3. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashlarning sog’lomlashtiruvchi xususiyatlari.
Ilmiy-nazariy pedagogika, falakiyot, tibbiyot va xatto diniy kitoblarda xam insoniyat majudligi xamda uning amaliy faoliyatini ta’minlovchi asosiy omil harakat ekanligi ifodalanadi va tan olinadi.

Harakatlar jarayonida inson tanasi bevosita turli shakllarga kiradi (egilish, burilish, yigilish, taranglashish va x.k.). bunda amali-tabiiy harakatlar jarayonida barcha buginlar ishga tushadi va mushaklarning taranglashishi, tortilishi (qisqarishi) oqibatida tanadagi barcha a’zolar o’ziga xos harakatga keladi xamda maqsaddagi vazifalar (funksiyalar) ni bajaradi.

Harakatlar natijasida qon aylanishining tezlashishi yuz beradi va xujayra, to’qimalardagi jonlanishni ta’minlaydi. Shuningdek mushaklarning harakatlari va qon aylanishi, nafas olish va chiqarishni chuqurlashtiradi. Bu uz navbatida qon aylanish tizimi va ovkat xazm qilish jaryonlarining ishini yuqorilashtiradi. Bu esa harakatlarni yanada yaxshilash va xar kanday jismoniy mashqlarni bajarishga imqoniyat yaratadi, gavdani oziklantiradi. Oxir okibatda inson harakatining takomillashuvi, mexnat qobiliyatining rivojlanishi, ruxiy kayfiyatning yaxshi, sog’lom bo’lishiga yetaklaydi.

Bunday tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishda tabiiy harakatlar va maxsus jismoniy mashqlar xizmat kiladi.

Jismoniy mashqlar insonlarning yoshi, jinsi va salomatligini hisobga olgan holda qo’llaniladi. Jismoniy mashqlarning eng asosiy vositalaridan biri umumrivojlantiruvchi mashqlar xisoblanadi. Ularning shakllari, mazmunlari va bajarilish me’yorlari maqsadga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishdagi turli-tuman yo’llarda ifodalanadi.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb tavsilot qilinishining boisi shundaki, gavda harakatini ishga soluvchi turli xil mashqlarningfaol ta’siri barcha a’zolar va ulardagi mushaklar, bug’inlarni harakatlantiradi. Bunday mashqlarni odatda gimnastika mashqlari xam deb yuritiladi. Gimnastikaning mazmuni va qoidalariga kura umumrivojlantiruvchi mashqlar tana tuzilishi, qon aylanish tizimi, mushaklarning suyaklarga tutashishi, bug’inlarning harakati bilan bevosita bog’liq holda qo’llanilishini da’vat etadi. Ya’ni eng avvalo yurakka yakin a’zolar (mushaklar), bo’yin, yelka, qo’l, ko’krak harakatlari, keyin esa bel, dumg’aza, oyoqlarga mashqlar berilishi ko’zda tutiladi. Bunday tartib qoidalar qon aylanishi bilan boglik ekanligini nazarga olish kerak buladi. Chunki qon aylanish, yukorida ta’kidlanganidek, xujayra, to’qima va tizimlarni ta’minlashi tabiiy qonuniyatdir. Buvday harakatlar, amaliy faoliyatlarni ta’minlash uchun gavda a’zolariga aloxida (qo’l, oyok, gavda va x.k.) va birdaniga (mashqlarni bajarganda barcha a’zolarning ishtiroki) mashqlar berish mumkinligi mavjud. Bu usullar shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismo­niy tayyorgarliklari bilan bevosita boglik buladi.




1.4. Eng kichik va maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lomlashtiruvchi mashqlari.

Maktabgacha yoshidagi bolalarning o’sishi va rivojlanish darajasiga qarab anatomiya, fiziologiya, pedagogika va psixologiya fanlari ularni qo’yidagi guruxlarga bo’lishni tavsiya etadi:

I - gurux — tug’ilgandan 1 yoshgacha bo’lgan davr.

II - gurux — eng yosh davr, ya’ni 1-3 yoshdagilar.

III-gurux— maktabgacha yoshdagi davr, ya’ni 4-6 yoshdagilar.
Bolalarning yosh davrlari jismoniy jixatdan usishi va salomatligini barqarorligi jixatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Shu sababdan ularni ovqatlantirish, uxlatish, sof xavoda sayr qildirish va turli tuman tabiiy harakatlarga o’rgatish tartib-qoidalari mavjud. Bunday tartib-qoidalarga to’la rioya qilinganda bolalar oila sharoiti va tarbiya muassasalarida kasallikka kam chalinishi va jismonan yaxshi rivojlanishi amalda sinab ko’rilgan.

Jismoniy mashqlar harakat manbaidir, deyish mumkin buladi. Shu sababdan beshikda yotgan (yoki qo’l-oyogi boglik xolda yotgan) bolaning qo’l-oyoqlari yechilganda qanday harakatlarni tabiiy ravishda bajarishini kuzatib ko’ring. U o’z harakatlarini qanday sabablar bilan bajarishini ongli ravishda tushuna olmasada, ta­biiy ravishda oyoklari bilan depsinadi, qo’llarini uynatadi, xatto u yoki bu tomonga ag’darilmoqchi xam buladi. Chunki bushagan mushaqlar beixtiyor bolani harakatga keltiradi. Bunda yurak-qon tomirlari, asablar, xujayra va to’qimalarning ishga tushganligini bilish qiyin bo’lmasa kerak. Yoki bo’lmasa endi o’tirishga o’rganayotgan, yurish harakatini boshlayotgan, emaklashni tez bajaradigan bolalar harakatiga jiddiy e’tibor berilsa, ularda katta yoshdagi kishilarning sa’y-harakatlari ko’rinishi namoyon buladi. Demak bolalar eng yoshligidanoq faol harakat qilishga jon-jaxdi bilan intilishadi. Bunday xolatlarni yosh ota-onalar, uydagi barcha kishilar yaxshi tushunishi, bilishi va bolalar harakatiga amaliy jixatdan yordam berishlari shartdir. Bunda qo’yidagi mashq­lar, o’yinlar va harakatlardan maqsadli foydalanishni tavsiya etish mumkin bo’ladi.



Bola yotgan xolida:

1. Tirsak, tizza bug’inlarini egish (bukish) va yozish - 3-4


marta.

2. Boshni qo’l bilan o’ng va chapga burish - 3-4 marta.

3. Qo’llarning bilagi (barmoklari) dan tutgan holda qo’llarni
yonga, oldinga, balandga ko’tarish, ko’krakka bukish - 3-4 marta.

4. Yelka, bel va dumbasidan ushlagan xolda gavdani o’ng, chap


tomonga burish, keyin qoringa dumalatish - 3-4 marta.

5. Bolaning 6-8 oylik va bir yoshga to’lish arafasida esa qo’yidagi mashqlarni qo’llash mumkin bo’ladi.



Utirgan xolatda:

1. Oldinga, yon tomonga va orqaga emaklatish (yordamlashish yo’li bilan) - 3-4 marta.

2. Bilaklaridan ushlab oyoqlarga turgazish va o’tkazish - 3-4 marta

3. Boshni o’ng, chap tomonga burib, bo’yin harakatini bajarish.

4. Rezina to’p va o’yinchoqlarni 2-3 metr uzoqlikka irg’itish va uning orasidan bolaning emaklab borib yetishi, uni olib kelishni o’rgatish, bunda suz va imo-ishoralarga xam aloxida e’tiborni qaratish.

5. Kichik rezina to’plarni qo’ldan-qo’lga almashtirish, uni irg’itishga (otishga) o’rgatish. Bunday harakatlar va o’yinlarni 3-4 martadan takrorlash, yoki bolaning qiziqishiga qarab yana davom ettirish mumkin.



9-12 oylik bolalarga o’rgatish zarur bo’lgan mashqlar:

1. Dumalatilgan rezina to’piga tez emaklab yetib borish.

2. Yurishni boshlaganda qo’llaridan ushlab to’g’ri va aylana shaklda yurgizish.

3. O’tirgan va yurayotgan holda to’pni oyoklar bilan tepish (tegizish) va unga yetib olish.

4. Devor va boshka buyumlarga suyangan, tayangan xolda o’tirib turish, yon tomonlarga yurish.

5. 1-2 metr masofadan turib uzatilgan va irg’itilgan kichik, o’rta va katga rezina to’plarni ilib olish va uzatish.

6. Turli xil raqs mashqlari, aylanish (o’tirgan, turgan va yurayotgan xolla), depsinish va x..k.

Xulosa kilib aytganda bir yoshgacha bo’lgan bolalarga jismoniy mashqlarni o’rgatib borish, ularning tabiiy harakatlaridagi o’zgarishlarni kuzatish, ijobiy tomonlar ko’payganda mashqlarning turlarini oshirish, bajarish me’yorlarini xam tobora kuchaytirish lozimdir.

Xavoning iliq va qo’lay paytlarida mashqlarni bajartirish va sayr qildirish maqsadga muvofikdir. Yosh ota-onalar bog’cha opalari va jismoniy tarbiya mutaxassislaridan vaqti-vaqti bilan tegishli maslaxatlar olishlari zarurdir.

Ma’lumki ko’p oilalarda (shaxar sharoitida) bolalarni asosan 1-3 yoshdan bog’chaga beriladi va ular maktab yoshiga to’lguncha bog’chalarda tarbiyalanadi. Bolalarda tabiiy harakat (to’g’ri yurish, yugurish, sakrash, to’plarni uloqtirish, tusiqlardan o’tish va x.k.) rivojlanishi bir yoshga to’lishi bilan ancha sezila boshlaydi. Bog’chalarda davlat dasturi asosida jismoniy tarbiya beriladi. Lekin ko’p vaqt bolalar uy sharoitida bo’lishadi, o’rgangan mashqlarini, o’yinlari va turli harakatlarini takrorlashadi. Bunday xollarda ota-onalar (buvilar, opa-akalar va x.k.) aloxida vaqt ajratib, ular bilan turli mashqlar, o’yinlarni birga bajarishlari, sof xavoda sayr qilishlari lozim buladi. Shunday xollarda qo’yidagi harakatlar va mashqlarni tavsiya etish mumkin.



2-3 yoshdagi bolalar uchun:

1. 20-30 m. masofaga tez yurish, to’p, g’ildiraklarni dumalatish.

2. 15-20 m. masofaga irg’itilgan to’p yoki dumalatilgan g’ildirakchalarga tez yetib olish (yugurish).

3. Kichik ariq, to’proq uyumlaridan xaklab (sakrab) utish.

4. Joyida turib yumshok tuprok ustida sakrash.

5. 30-50 sm. balandlikdagi devor (stul) yoki tuprok uyumlari ustidan pastga (tuprok, kum va boshkalar) sakrab tushish.

6.Kuvlashmachok o’yinlari, belgilangan joyga (30-40m.) kim tez yugurib boradi kabi o’yinlari.

4-6 yoshdagi bolalar uchun:

1. Bug’inlarni harakatlantiruvchi jismoniy mashqlar (yelka,tirsak, bo’yin, bel, tizza va x.k.ni aylantirish, utirib turish).

2.To’plarni qo’l va oyoklar bilan yurgizish, tuxtatish, maqsadga va uzoqqa teshish.

3.To’pni xavoga irg’itib, devor va yerga urib uni ilib olish,to’pni qo’l bilan uzokka irgitish (otish).

4. 30-50 m. masofaga kim tez yugurish mashqini 3-4 marta bajarish.

5. Narvon va pastak daraxtlarga osilib chikish.

6.Kurash o’yinini (bir-birini ushlash yoki tutish, quchoqlab yiqitish va boshqa turlar) o’ynash.

7. «Ot choptirish» (cho’p va ingichka tayoqlar) o’yinini bajarish.

8. Ko’zni bog’lab bir chiziq ustidan yurish va x.k.

Bu yoshdagi o’g’il va qiz bolalarning epchilligi va chakqonligiga qarab arg’amchi (skakalka), kichik xalqa (obruch) ta boshka vositalarda turli mashqlarni bajarishni o’rgatish yaxshi samaralar beradi.

Bolalar tabiiy harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, sport turlarining (fut­bol, kurash, tennis, boks va x.k.) elementlar cheksizdir. Faqat ulardan maqsadli va ongli foydalanishda ota-onalar tegishli adabiyotlar, qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar, telekursatuvlar, mutaxassislarning maslahatlaridan maqsadli foydalanishlari zarur.

E’tirof etish lozimki, qishloq sharoitida maktab yoshigacha bo’lgan bolalar aksariyat uyda tarbiya topadi. Shuningdek ular kup vaktlarini kucha, bog’, dala, tog’ oldi soylari va o’yinga qo’lay bulgan past-baland, g’adir-budir joylarda mustaqil ravishda o’yin­lar bilan vaqtlarini o’tkazishadi. Ota-onalar ularni harakati, o’yinlarini va o’tkazayotgan vaqtlarini kuzatishadi, ko’z-quloq bo’lib turishadi. Bunda bolalar futbol, harakatli o’yinlar, tepa qirlarga yugurib chiqish-tushish, sakrash kabi xayotiy zarur bo’lgan turli xil mashqlar xamda tabiiy harakatlar bilan mashg’ul bo’lishadi. Ota-onalar bunday harakatlarni bajarishdagi bolalar faoliyatini takomillashtirish, extiyotkorlik yullarini o’rgatib borishlari lozimdir.

Qishloq bolalari ko’pincha o’z erki va sof xavoda yurganliklari sababli shamollash kasalliklariga ham uchrayda, ular jismonan tetik, chakqon, epchil bo’lib o’sishadi.

Demak maktabgacha bo’lgan bolalarni ko’proq sof xavoda o’ynatish, u o’zlari xoxlagan va bilgan mashqlari xamda o’yinlarini ko’pchilik (4-5 va undan ortiq) bo’lib bajarishga imkon berish, shuningdek yangi mashqlar va o’yinlarni ularga o’rgatib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bir so’z bilan ifoda etilgudek bo’lsa, eng kichik yoshdagi va mak­tabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy jihatdan o’sishi, rivojlanishi va chiniqishlari har xil bulishi tabiiy xoldir. Ularning bun­day xolatlariga eng avvalo irsiyat, oila va bog’chalardagi tarbiya, shuningdek ochiq-sof havoda ko’proq yurishi, o’ynashlari bilan bevosita bog’liqdir. Ana shu jixatlarni xar bir ota-ona, bog’chadagi tarbiyachilar aniq bilishlari, mashqlarni bolalarta o’rgatish usullarini tula egallashlari lozim buladi. Buning uchun esa ta’lim-tarbiya muassasalari, maxallalardagi xotin-qizlar qo’mitalari va boshqa mutasaddi xodimlarning burch va vazifalarini aniq belgalash, ularning ijrosini doimiy ravishda nazorat qilib borish lozim.


Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish