Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika ta


II. BOB. QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH MASALASI



Download 432,5 Kb.
bet14/23
Sana31.12.2021
Hajmi432,5 Kb.
#272189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Biiruv malakaviy ish asl nusxasi 111111

II. BOB. QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH MASALASI

2.1 Oilada qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik hamkorligi.

Oila va jamoatchilik hamkorligi qiz bolalarni muvaffaqqiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir ota-ona e‘tiboriga oladigan alohida ahamiyat berish kerak bo‘lgan narsa qiz bolalarni yoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish, unga o‘ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaholanki qiz bolalar ham ish o‘rganadi, ham jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Qiz bolalarda mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabati, oila a‘zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi.

Oila boshlig`i ota – ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim ko‘nikma va malaka bo‘lmasa u oila a’zosiga ya’ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o‘ziga xos bo‘lmasdan balki qo‘ni-qo’shni va mahallalardagi tarbiyaga ham salbiy ta’sir qiladi.

Qizlarni mustaqil hayotga tarbiyalashda oila va jamoatchilik o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni qaror toptirish va ushbu hamkorlik asosida faoliyatni tashkil etish so’z yuritilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo’lishini kafolatlaydi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Respublika hukumati tomonidan oilalar mustahkamlligini ta’minlash, farovonligini oshirish, oila muhitida har jihatdan yetuk, komil insonni tarbiyalash masalalarining davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanishi bu borada qator ijobiy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Xususan, “Oila” ilmiy-amaliy Markazi, “Sog’lom avlod” nodavlat jamg’armasi tashkil etildi. Mazkur muassasalarda yo’lga qo’yilayotgan faoliyatning bosh maqsadi oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga nazariy va amaliy yordam ko’rsatishdan iboratdir. Jamoatchilik imkoniyatlari, shuningdek, nomlari yuqorida qayd etib o’tilgan muassasalarning faoliyat yo’nalishlari mazmuni bilan tanishib chiqish asosida qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik o’rtasidagi ijodiy hamkorlik samarali natijalarni beradi degan xulosaga keldik. Xo’sh, qizlarni mustaqil hayotga tarbiyalashda oila va jamoatchilik o’rtasida qaror toptirilgan hamkorlikning mazmuni nimalardan iborat bo’lishi lozim? Ushbu hamkorlikka tayanib faoliyat yuritish qanday natijalarni beradi?

Qizlarni mustaqil hayotga tarbiyalash borasida oila va jamoatchilik o’rtasida ijodiy hamkorlikni qaror toptirishdan ko’zlangan maqsad - qizlarga oilaviy hayotni tashkil etish, oilada sog’lom muhitni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari haqida ma’lumotlar berish, ularda oilaviy munosabatlarni tashkil etish hamda oila xo’jaligini yuritish borasida muayyan amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish, bu yo’lda oilaga nazariy va amaliy jihatdan yordam ko’rsatish, oilani har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bizning nazarimizda, qizlarni mustaqil hayotga tarbiyalash borasidagi oila va jamoatchilik hamkorligini quyidagi yo’nalishlarda olib borish so’z yuritilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo’lishini ta’minlaydi:

1. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish, ularda ijtimoiy-g’oyaviy, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, estetik, gigienik hamda sog’liqni saqlash borasidagi nazariy bilimlarni oshirish, shuningdek, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalar bilan ta’minlash, uslubiy yordam ko’rsatish.

2. Muayyan masalalarda mutaxassis maslahati hamda amaliy yordami (masalan, huquqshunos, psixolog, pedagog, iqtisodchi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan ko’rsatiladigan ko’mak)ni uyushtirish.

3. Ota-onalar ishtirokida qizlarni mustaqil hayotga tarbiyalash muammolariga bag’ishlangan suhbat, uchrashuv, seminar, ma’ruza va bahsmunozaralarni tashkil etish.

4. Qizlarda zukkolik, donolik, chaqqonlik, uddaburonlik, tashabbuskorlik kabi hislatlar, shuningdek, nafosat his-tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beruvchi turli tanlovlarni o’tkazish.

5. Qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash borasidagi ilg’or tajribalarni ommalashtirish. Oila va jamoatchilik o’rtasida yuzaga kelgan hamkorlikning aniq maqsadga yo’naltirilganligi, mavzu doirasida yuzaga kelgan muammolarni o’z vaqtida ko’ra olish, ularni o’z vaqtida hal etishga intilish, muayyan muammolarni hal etishda hamjihatlik ko’rsatish, mukammal ishlab chiqilgan dastur asosida faoliyat yuritish, ilg’or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirishning tezkor amalga oshirilishi kabi holatlar qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tarbiyalash borasida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Oilada qiz bolalarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayoni subyektlarining faoliyatlari quyidagi mazmunda namoyon bo’ladi:

1. Nikoh va oila munosabatlari, oilaviy hayotni tashkil etish, uy xo’jaligini boshqarish, oila a’zolari o’rtasidagi muomala (qaynota-kelin, qaynona-kelin, qaynsingil-kelin, qayni-kelin, turmush o’rtog’i va ayol, ona va bolalar) ni tashkil etish, turli taom va pishiriqlar pishirish, mexmon kutish, tikish-bichish ishlarini bajara olish, oila a’zolari salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish, shaxsiy gigienani saqlash qoidalari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lish, shaxsiy gigienani saqlash (xususan, xayz sikli davrida o’zini tutish qoidalariga amal qilish), biologik qovushishning mohiyatini tushunish, tartibsiz intim munosabatlarining inson organizmiga salbiy ta’siri, turli xil tanosil (venerologik) kasalliklar zaxm (sifilis), so’zak, shankr, trixomonoz, granulema, SPID, shuningdek, bepushtlik kabi kasalliklarning keltirib chiqaruvchi omillar, ushbu kasalliklar kelib chiqishining oldini olish chora-tadbirlari (xususan, nikohdan oldin kelin hamda kuyovlarning maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash), ixtiyorsiz homiladorlikning oldini olish, farzandlar tarbiyasini yo’lga qo’yish, oila byudjetini yaratish, undan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish kabi masalalar yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni berishga qaratilgan ma’ruza, seminar, trening, suxbat, uchrashuv, ko’rik tanlov, baxs, munozara va davra suhbatlarini tashkil etish, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi mavzular yuzasidan esa ota-onalar hamda qizlar o’rtasida tushuntirish, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

2. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tarbiyalash borasida oilalarga amaliy metodik yordam ko’rsatish, ya’ni, ta’lim hamda tibbiy muassasalari, davlat (“Oila” ilmiy - amaliy markazi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Markazi, turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi nashriyotlar, chunonchi, Abu Ali ibn Sino nomidagi, Fan, o’qituvchi va Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotlari) hamda nodavlat tashkilotlar (“Sog’lom avlod” jamg’armasi, “Ona va bola skrining” Markazlari), Respublika “Kamolot” ijtimoiy harakati kabi subyektlar, shuningdek, tadqiqot etilayotgan yoki turdosh muammolar yuzasidan tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar mohiyati, yakunlari to’g’risidagi ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop hamda metodik asarlarning yaratilishiga erishish, mavjud muammolar bo’yicha mutaxassis psixolog, pedagog, huquqshunos, fiziolog va tibbiyot xodimlarining yordamlarini uyushtirish.

3. Oila muhitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tarbiyalash jarayonida ko’zga tashlangan muammolarni barataraf etishga qaratilgan davolash (profilaktik) yoki tiklash (reabilitasiya) ishlarini yo’lga qo’yish (qizlarda balog’at yoshi davrida yuzaga kelgan ayrim ginekologik kasalliklarning oldini olish, davolash (profilaktika) ishlarini tashkil etish, oilalarni bu borada moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashda ta’lim muassasalari bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Chunki bizning ta’lim tizimimizda ta’lim va tarbiya birgalikda olib boriladi. Muhtaram I Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “ Ta’lim va tarbiya uchayotgan qushning ikki qanotiga o’xshaydi Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”1 degan qarashlarida ham o’z ifodasini topgan.

Bunda pedagoglar qiz bolalarning ota-onalari bilan munosabati cho’gida quyidagilarni aytib o’tishi lozim:

Pedagoglar ota-onalar bilan bo‘ladigan suhbatlarda qiz bolalarning axloqiy shakllanishi kattalarning o‘ziga, ularning namunasiga, o‘z shaxslarini takomillashtirishga bo‘lgan intilishlariga bog`li q ekanligi odob bilan eslatib qo‘yishlari lozim.

Pedagog ota-onalar bilan suhbat chog`ida dastur talablariga tayanadi, otaonalarning pedagogik layoqati va oilaviy tarbiya xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya haqidagi kitob materiallari va ularda keltirilgan misollar, maslahatlar, tavsiyanomalardan ijodiy foydalanadi.

Suhbat bu ikki tomon – pedagog bilan ota-onaning muloqotidir. U fikr almashishga, muhokama qilinayotgan masalalarda o‘zaro hamjixatlik o‘rnatilishiga yordam berishi kerak. Shuning uchun eng muximi, tarbiyachining xayrixohlik, erkinlik muhitini yarata olishidir. Bunga esa pedagog ota-onalarga o‘z fikrini bildira olish imkoniyatini yaratib berganda, o‘z fikrini zo‘rlab o‘tkazmay, ularda olg`a surilayotgan tavsiyanomalarga nisbatan ichki rozilikni hosil qilishga manfaatlarni hisobga olib asoslay olgandagina erishadi.

Ota-onalarning shakllanib, kamol topib borayotgan shaxsga ko‘rsatadigan ta‘sir kuchi juda katta. Ularning qiz bolalarga ta‘sir etishining asosi ularning qiz bolalarga nisbatan beg`araz muhabbati, uning haqida talabchanlik bilan qo‘shib olib boradigan g`amxo‘rligidir. Muhabbat xar qanday yaxshilik, mehribonlik va yorqinlikning ijodkoridir. Hamma gap ota-onalik mehrining namoyon bo‘lish darajasini xis etishda, uni talabchanlik va bola shaxsini hurmat qilishi bilan qo‘shib olib borishdadir


Download 432,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish