Yunus Rajabiy (1897-1976) - bas- takor, xonanda va sozanda, o'zbek xalq musiqa merosini to'plovchi, akademik, xalq artisti. U ko'plab kuy, ashulalar, xor asarlari muallifi, bir qancha qadimgi o'zbek kuy va ashulalarini tiklagan. Yunus Rajabiyning o'zbek musiqa merosini to'plashdagi
xizmatlari katta. "ShashmaqonV'ning 6 jildlik yangi nashrini tayyorlagan allomadir.Yunus Rajabiy
NASIHAT
Bobom bizga foydali maslahatlar beradilar.
—Elektr nuri bo'lmasa, qorong'ida dars tayyorlay olmaysizlar. Shuning uchun kerak bo'lmagan chiroqlarni o'chirib qo'ying, — deydilar.
To'g'ri-da, agar yorug' bo'lmasa, qanday yashash mumkin. Elektr insonlar uchun muhim narsa. Undan to'g'ri foydalanish zarur. Bobom ko'pni ko'rganlar. Shuning uchun zarur nasihatlar beradilar.
—Tejamli bo'lishning foydasi ko'p, — deydilar bobom.
SUHBAT ODOBI
Ko'pchilik davrasiga kirganingizda, badaningiz, kiyimingiz ozoda bo'lsin. Davraga yoshingizga qarab joylashing. Qovoq solib, po'ng'illab gapirmang. Muo-malangiz xush, chehrangiz ochiq bo'lsin. Boshqalarga so'z bermay, mahmadonalik qilmang. So'zingiz ma'noli, qisqa bo'lsin. Arzigan va arzimagan narsaga
kulavermang. Suhbatdoshini masxaralash, laqab qo'-yish, qo'lini paxsa qilib yoki pichirlab gaplashish xunuk odatdir.
Siz ham bobo va buvilaringizning nasihatlariga quloq solasizmi?
RUXSAT SO'RASH ODOBI
Yumush bilan biror kishining uyiga borsangiz, indamay-netmay eshik ochib kirmang. Awal eshikni qoqing. Ichkaridan „kimsiz" deb so'rashsa, ismingizni to'liq ayting. Eshik ochgan uy egasiga ochiq chehra, muloyimlik bilan salom bering. So'ng muddaoyingizni so'zlang.
Aziz o'g'il-qizlarim, shuni doimo yodda tuting. Kishi hayotida o'zgalarga ko'rsatgan xizmatiga qarab izzat topadi.
Matnlarni o'qib, qanday xulosa chiqardingiz?
DO'STLIKNING XOSIYATI
Ibn Sino yetuk hakim bo'lib yetishibdi. Otasi o'g'liga nasihat qilibdi:
— Bolam, endi siz podsho saroyidagi davlat bilan kifoyalanmang. O'zingiz har bir qishloq, shaharda saroy quring. Shu saroyda insonlarni davolang. O'g'il „Xo'p" debdi-yu: „Buncha ko'p saroyni qanday qurish kerak?" — deb o'ylab qolibdi.
Bu savolga javob topish kerak. Ibn Sino bir mo'y-safiddan maslahat so'rabdi. Mo'ysafid hakim yigitga juda oqilona maslahat beribdi:
— Siz, shahrimizga keluvchi har bir sayohatchi bilan uchrashing. Ular bilan tanishing, do'stlashing, bordi-keldi qiling, siz ularning yurtiga borganingizda, ularning uylari Sizning saroyingiz bo'lib qoladi. O'sha yurtdagi bemorlar Sizning marhamatingizdan bahra-mand bo'ladilar.
Ibn Sino dono maslahatga amal qilib, do'sti ko'p odam doimo sog'lom bo'ladi, degan xulosaga kelgan ekanlar.
Yuqorida qayd etilgan manbalar ustida ishlashda o’qituvchi o’z maxoratini namoyon qilib interfaol metodlar asosida o’quvchilarni faollashtirib, milliy – ma’naviy qadriyatlarimizni o’quvchilar ongiga singdirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |