Hayot kechirishi. Osib yetilgan qurtlari pilla ichida qishlaydi. Qurtlarining kopchiligi esa shu yil hosil bergan meva daraxtlari ning shox-shabbalarida qishlab chiqadi. Ular daraxt tanasidagi postloq yoriqlari va qatlamlariga, shox qoltiqlariga, kavaklariga hamda ildiz bogzi yonidagi tuproq kesakchalari tagiga joylashib oladi. Postloq qobiqlari kochayotgan keksa meva daraxtlarida 6080 ta qurt qishlashi mumkin. Postlogi kochmagan yosh daraxtlarda bu qurtlar ildiz bogzi yonida qishlaydi. Nihoyat, olma qurti mevalar xillangan uchastkalarda, mevalar idishlarga joylangan binolarda, mevaxonalarda, daraxt shoxlariga qoyilgan tirgovichlardagi teshik va yoriqlarda, yangi mevadan boshagan yashik larda qishlab chiqadi.
Olma qurti Ozbekistonning asosiy mevachilik rayonlarida uch bogin, togli tumanlarida esa bir-ikki bogin avlod beradi. Qurtlar koklamda aprel oyida, bazan martda ham, gumbakka aylanadi. Birinchi kapalaklari olma daraxtlari gullay boshlagan davrda paydo boladi. Gumbakdan chiqqan kapalaklari shox-shabbaning soya joylarida yashirinib turib, qosh qoraygandan keyin ucha boshlaydi. Bu kapalaklar tezda juftlashib, tuxum qoyishga kirishadi. Tuxum larini havo harorati 16,5°C bolgan paytlarda, kopincha barglar ning ustki tomoniga, bazan mevalarga bitta-bittadan qoyadi. Yoz faslida mevalar osib kattalashgan sari kapalaklarning kopchiligi tuxumlarini mevalarga qoyadi. har bir urgochi kapalak 50100 tagacha tuxum qoyishi mumkin.
Urgochi kapalaklar iyun-iyul oylarida ancha serpusht boladi va uchib chiqqanidan keyin ikkinchi kundayoq tuxum qo’yishga kirishadi. Yoz faslida tuxumlar 56 kunda, qurtlar esa 2124 kunda rivojlanib boladi. Ikkinchi va uchinchi bogin qurtlar olma, nok va behining kuzgi hamda kechpishar navlarini zararlaydi. Yozda, ayniqsa, iyuldan sentabrgacha bu zararkunandalarning hamma ri vojlanish davrlariga kirgan boginlari uchraydi, qurtlari esa to oktabrgacha mevalarda saqlanadi. Iyundan etiboran qurtlarning bir qismi harakatdan toxtab, to kelgusi yilning koklamigacha shu holda yotadi. Avgustning birinchi yoki ikkinchi on kunligida qurtlar harakatdan toxtaydi, avgust oxiri va sentabrda ularning 95100 foizi qishlovga ketadi.
Bu zararkunandalar Ozbekistonda ostirilayotgan olma ning hamma navlariga tushadi. Ammo, «Beliy naliv», «Persikovoe letnoe», «Pervenets Samarkanda» kabi ertapishar navlarni kamroq zararlaydi. Olma daraxtlari kam hosil bergan yillarda, kop hosil bergan yillardagiga nisbatan, bu qurt koproq zarar vetkazadi.
Togli rayonlarda olma qurti ikki bogin avlod berishi sababli, bu rayonlardagi olma, nok va behi hosilini kamroq zararlaydi. Daraxtlarni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini belgilash. Olma qurtiga qarshi daraxtlarni kimyoviy dorilash ishini bu zararkunandaning kapalaklari uchib chiqayotganda, tuxum qoyishga kirishdan oldin hamda qurtlari tuxumdan chiqa boshla gan va hali meva ichiga kirib ulgurmagan vaqtlarda otkazish lozim. Boglar juda erta yoki kech (qurtlarning kopchiligi meva ichiga kirgan vaqtda) dorilanganida hosilning bir qismi nobud boladi.
Boglarni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini belgilash ning bir necha usuli qollaniladi. Bu usullardan eng qulayi va samaralisi olma qurtining tabiiy sharoitda rivojlanishini kuzatib turishdir. Buning uchun olma yoki nok daraxtlarining kechpishar navlarida 1520 avgustda tekshirib korilmagan, yani orasida qishlayotgan qurtlar bolgan ushlash belboglari qoldiriladi. Bu daraxtlarning postlogi ham tozalanmaydi.
Birinchi kuzgi sovuqlar tushganidan keyin daraxtlarda qoldirilgan belboglar asta-sekin yechib olinib, qurtlar pillalari bilan birga idishlarga joylanadi va ularning ogziga doka tortiladi. Bunda pillalarni zararlamay saqlab qolib, qurtlarni shu pillalar ichida qishlatishga katta etibor beriladi. Qurtlarni idishga joylash oldidan pillalardagi qurtlar sanalib, ularning soni 150200 gacha yetkaziladi. Songra bu idishlar bostirmaga osib qoyilib, ulardagi qurtlar qishda yoginlar hamda 8°C dan past harorat tasiridan himoya qilinadi. Koklamgi iliq kunlar boshlanishi bilan bu qurtlarning gumbakka aylanishi va ulardan kapalaklar chiqishi kuzatib turiladi.
Ikkinchi bogin qurtlarga dori purkash muddatini belgilash uchun mayning uchinchi on kunligidan boshlab har uchtort kunda bir marta ushlash belboglariga kirgan qurtlar belboglar bilan birgalikda olinib idishlarga joylanadi va ularning ogziga doka yopiladi. Idishdagi qurtlarning soni 100 tadan kam bolmasligi shart. Songra bu idishlar bostirmaga yoki daraxt shox-shabbasining soya joyiga osib qoyiladi.
Olma daraxtlarining rivojlanish davrlariga qarab, olma qurti ning rivojlanish muddatlari hozircha vodiy zonasidagina organildi. Kop yillik tajriba natijalariga asosan, Toshkent viloyatida bu muddatlar quyidagicha ekanligi aniqlandi: koklamdagi kapalaklar olma daraxtlari gullab bolgandan keyin ucha boshlaydi va 46 kun otgach koplab uchadi; birinchi bogin kapalaklar olma daraxtlari gullab bolgandan keyin 5052 kun otgach, ikkinchi bogin kapa laklar esa 9295 kun otgach ucha boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |