Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet5/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, hududlarda ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining 70% qishloqda yashaydi. SHuning uchun kichik korxonalarning faqat viloyat va tuman markazlarida mavjudligi aholining himoyaga muhtoj qismini ish bilan band qilishda muammo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi.
Uchinchidan, mamlakat aholisining katta qismi yoshlardan iborat. Bu ularni ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishni talab etadi.
Oxirgi yillarda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorlashib borayotir inson manfaatlarini ko‘zlab muayyan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirib borishni kafolatlash va bunga salbiy ta’sirning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikning faoliyati olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1950 yilda 60 yoshdan oshganlar soni 1,888 million, 1970 yilda 921 million, 1985 yilda 407 million kishi bo‘lgan. Tahminlarga qaraganda, 2000 yilda 685 million kishini tashkil etgan. Demak 50 yil ichida qariyalar soni uch barobar kamaygan. Bunday holat so‘nggi yillarda keksalar o‘rtasida turli xastalik va salbiy holatlarning ko‘payib ketganidan, shu tufayli ularning umri qisqarib borayotganidan dalolat. SHu nuqtai nazardan qaraganda, Respulikamizda ham qariyalarni qadrlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2007 yilda "O‘zbekiston yoshlari: ijtimoiy kayfiyat, hayotiy qadriyatlar" mavzusida1 o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga to‘xtalib o‘tish joiz. So‘rov mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy dunyosi mazmunini, shuningdek, ularning jamiyatni isloh etish davrida huquq, demokratiya, adolat qadriyatlariga munosabatini ham aniqlashga qaratilgan edi. Mazkur so‘rov natijalari 1998-


1. Qаrаng: “Хаlq so’zi” 2008, 9 fеvrаl.
2005 yillarda o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar natijalari bilan qiyosan olib qaralganda yanada qiziqarlidir2.
Mamlakatimizning strategik zahirasi bo‘lmish yoshlarning aksariyati, xususan, 18 yoshgacha bo‘lganlar mustaqillik davrida ulg‘ayib, tarbiya olayotganligini hisobga olsak, ularning jamiyat hayotiga nisbatan talablarining o‘sganligi ijobiy holatdir. Jumladan, so‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlarning OAVga nisbatan talabi oshgan, ular axloqiy me’yorlarga ham jiddiy munosabat bildirishmoqda. Ayni paytda yoshlar jamiyatning muhim ijtimoiy muammolariga, salbiy holatlarga nisbatan o‘z ogohligini bildirishgan. Xususan, ular jinoyatchilikni jiddiy muammo deb baholashgan (37,1%). Ikkinchi muhim muammo - aholi turli qatlamlari daromadlari o‘rtasidagi farqning o‘sishidir (33,1%). Tashvishlanarli jihati shundaki, ko‘pincha yoshlarda boylikka nisbatan ijtimoiy-axloqiy munosabat sust shakllanayotganligi sababli tovar-pul fetishizmi, moddiy boylikni "mafkuralashtirish" xavfi tug‘ilishi mumkin. 25-29 yoshdagi yigit-qizlar ongida turgan jiddiy muammo - ijtimoiy adolatsizlikdir (29,6%). SHuningdek, mansabdorlar tomonidan sodir etilayotgan to‘rachilik holatlarini yoshlar haqli ravishda salbiy baholamoqdalar (23,4%). Darhaqiqat, bu kabi salbiy hodisalar yoshlar ma’naviyatiga ulkan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
So‘rovda aniqlanishicha, bugungi kunda yoshlar duch kelayotgan shaxsiy muammolar - ishga joylashish, oliy ma’lumotga ega bo‘lish, moddiy va uy-joy ta’minoti, sog‘liq masalalari bo‘lib, ular yaxlit tarzda mustaqil hayot qurish muammolari hisoblanadi. Bu holat yoshlarning o‘z hayotiy rejalariga befarq emasligini ko‘rsatadi. Buni "Siz kelajagingiz haqidagi rejaga egamisiz?" degan


2. Sоtsiоlоgik so’rоv 2007-yildа O’zbеkistоnning bаrchа hududlаridа - Qоrаqаlpоg’istоn Rеspublikаsi, Аndijоn, Buхоrо, Jizzах, qаshqаdаryo, Nаvоiy, Nаmаngаn, Sаmаrqаnd, Surхоndаryo, Sirdаryo, Tоshkеnt, Fаrg’оnа, Хоrаzm vilоyatlаri vа Tоshkеnt shаhridа o’tkаzilib, undа 1597 rеspоndеnt ishtirоk qilgаn. So’rоvdа yoshlаrning bаrchа аsоsiy qаtlаmlаri qаmrаb оlingаn bo’lib, tаdqiqоtning rеprеzеntаtivligi (ishоnchliligi) rеspоndеntlаrning hududiy vа ijtimоiy-dеmоgrаfik хususiyati hаmdа yoshlаrning sifаtiy tuzilmаsigа mоs tаrzdа tаnlаnishi аsоsidа tаminlаngаn.
savolga ko‘pchilik yoshlarning ijobiy javob berganliklaridan (77,1%) ham bilsa bo‘ladi. Ko‘pchilik yoshlar hayotiy rejalarining amalga oshishini ma’lumotga ega bo‘lish va yaxshi bilim olish (31,3%), yaxshi mutaxassis bo‘lish, oila qurish kabi natijalarda ko‘rayotganligi ularda ijobiy motivatsiya, kelajakka ishonch oshib borayotganligidan dalolatdir. Bunga erishish vositasi sifatida ko‘pchilik yoshlar o‘qishni (maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlarini) yaxshi tugallash va mutaxassislikka ega bo‘lishni tanlayotganligi (74,7%) yana bir ijobiy tendentsiyadir. Zero, ma’lumotli yoshlar hayotda o‘z o‘rnini tezroq topadi va bu jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlashga xizmat qiladi. So‘rovda qatnashgan mahalliyjurnalistlarning bergan savollariga har ikkinchi respondent pul to‘plash deb javob berganlar (49,9q)lar esa moddiy omil va bozor tafakkuri ham ildiz otayotganligidan darak beradi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarnining manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan siyosat ham ijtimoiy adolatni qaror toptirish sohasida mustaqillik yillarida qilingan real ishlar sirasiga kiradi. Zero, inson iqtidori jamiyat taraqqiyotiga mislsiz ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. SHu ma’noda davlatning yoshlarga qaratilgan siyosati yangi bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrda barkamol avlod tarbiyasi jamiyat rivojining muhim masalasiga aylandi.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish