Diniy aqidaparastlik. Sobiq SSSR da biryoqlama mafkura olib borilgani uchun xalq qadriyatlari toptaldi. Diniy qadriyatlar shular jumlasidan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, diniy xo‘rlik boshlanib, musulmonlikning nufuzli ibodati bo‘lgan haj amali ham davlat ko‘magiga
47 Qarang: Jumayev R.Z. Politicheskaya sistema Respubliki Uzbekistan: Stanovleniye i razvitiye. –T.: Sharq, 1996. C175.
olindi. Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi, mamlakatda salkam yigirmata konfessiyalarning faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratildi. Biroq bunday imkoniyatlarni tor manfaatlar doirasida foydalanish tendensiyasi hanuzgacha ko‘zga tashlanmoqda. Davlat siyosatiga aralashuvchi va uning faoliyatiga ta’sirchan usullar bilan xavf solishga intiluvchi diniy aqidaparastlik xavfi saqlanib turibdiki, bu demokratik jamiyat uchun jiddiy tahdid hisoblanadi.
Erishilayotgan yutuqlarni inkor etish. O‘zbekiston jamiyati dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlagan bir davrda, ayrimlarda muvafaqqiyatlarni ko‘r-ko‘rona inkor etish ruhi goh-goh namoyon bo‘lmoqda. “Demokratiya” niqobi bilan ayrim guruhlar goh zimdan, goh oshkora fuqarolarga zararli ruhiy-psixologik ta’sir o‘tkazishga urinadilar. Bundan ogoh bo‘lish talab etiladi.
Milliy mahdudlik. Taraqqiyotda milliylik tushunchasi muhim unsurdir. Biroq, milliylik tushunchasini tor ma’noda talqin etgan holda mahdudlashtirishga urinishlar ham yo‘q emas. Aslida, milliylik deganda ma’lum xalqning, jamiyatning o‘z qiyofasi va xususiyatlariga asosan faoliyat yuritib, o‘z madaniyati va taraqqiyoti qadriyatlarini takomilashtirish tushuniladi. Milliylikni biryoqlama bo‘rttirib, uni umuminsoniy tamoyil va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, faqat tor milliylikning ustuvorligiga me’yordan ortiq intilish milliy mahdudlikdir.
Kuchli jamiyat o‘zini-o‘zi muhofaza qilishda himoyalanishning yovvoyi shakli bo‘lgan qurollanish bilan emas, balki ta’sirchan demokratik vositalardan foydalanadi. Ijtimoiy himoyalash shu ma’noda yuqorida qayd etilgan bir qator xavflarning oldini olishda zarur funktsional vazifalarni o‘taydi. Mulkiy tabaqalanish keskin bo‘lmagan jamiyat kuchli jamiyat hisoblanadi. Kuchli jamiyat inqiroz va xavf ta’sirlaridan o‘zini-o‘zi himoya eta oladi.
48 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari // Xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida . T.6 –T.: O‘zbekiston, 1998. B 56.
Do'stlaringiz bilan baham: |