Gotfried Leybnits (1646-1716)
Nemis filosof va mantiqshunosi, matematik, fizik,
kashfiyotchi, tarixchi va tilshunos olimi [1][2][4]
Gotfried Leybnitsning kutubxona klassifikatsiyasi
juda mashhurdir.
Gannover ommaviy kutubxonasidagi G. Leybnits
portreti
|
Uning sxemasida logika, etika va siyosat bilan birga tabiiyot fanlarini,
matematika va filologiyani ham o‗z ichiga olgan falsafa bo‗limi ancha
mufassal ishlangan edi. Falsafani o‗sha vaqtdagi juda ko‗p ilmiy
klassifikatsiyalar uchun xarakterli bo‗lgan bunday talqin qilish XVIII asr
oxirigacha davom etgan.
49
G‗arbiy Yevropadagi har xil universitet kutubxonalarida foydalanilgan
«fakul‘tet sistemalari» bilan bir vaqtda «fransuz sistemasi» deb atalgan
sistema ham keng yoyildi; ikki asr davomida (XIX asr boshlariga qadar)
Fransiyaning nashriyotlari va kitob do‗konlari bibliografiyalarida hamda
bosma kataloglarida ana shu sistema qo‗llanilgan. Bu bibliografiya va
kataloglar mashhur fransuz bibliograflari va kutubxonachilari tomonidan
tuzilar edi.
«Fransuz sistemasi»ning variantlari goho juda detallashtirib yuborilar,
ayrimlari 500 tagacha bo‗linmani, shu jumladan nashrlarning xarakteri va tur,
belgilariga qarab tashkil etilgan juda ko‗p bo‗linmalarni o‗z ichiga oladi.
«Fransuz sistemasi», «fakul‘tet sistemalari»ga ko‗p jihatdan o‗xshashdir.
«Fransuz sistemasida» ilohiyot, yuridik fanlar va falsafa (meditsina odatda
falsafa bo‗limiga kiritilar edi) bo‗limlari asosiy o‗rinda turar edi. Biroq bu
sistemaning bir qancha variantlarida ayrim fanlar falsafa qismidan ajratilgan:
tarix, ijtimoiy fanlar, badiiy adabiyot mustaqil bo‗limlari va boshqa ayrim
mustaqil bo‗limlar vujudga kelgan. Keyinchalik «frantsuz sistemasi»
birmuncha o‗zgartirilgan holda Yevropadagi bir qancha mamlakatlar
kutubxonalarida qo‗llanila boshladi.
Tuzilishi o‗z davridagi ilmiy bilimlar darajasiga javob bergan K. Gesner
va G. Leybnits sistemalaridan farqli o‗laroq «fransuz sistemasi» kitob
klassifikatsiyasining amaliy vazifalari bilan ko‗p darajada bog‗langan hamda
klassifikatsiyaning ko‗p variantlarida katolitsizmning reaktsion qarashlarini
aks ettirgan edi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561-1626 yillar) XVII asr
boshlarida tuzgal fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona
klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasi» eng keyingi
variantlarining tuzilishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
50
U fanni taraqqiy ettirish uchun katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shuni
ta‘kidlab o‗tish kerakki, oradan bir yarim asr o‗tgandan so‗ng bu
klassifikatsiya birmuncha o‗zgartirilgan va to‗ldirilgan holda D. Didro bilan J.
L. Dalamber tomonidan nashr etilgan ko‗p tomli frantsuz entsiklopediyasiga
asos qilib olingan hamda feodalizmga, absolyutizmga va reaktsion cherkov
ideologiyasiga qarshi kurashda revolyutsion
burjuaziyaning g‗oyaviy quroli bo‗lib xizmat
qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |