matbuot asarlarini klassifikatsiyalash deb aytiladi. Kitobxonlarni turli
ehtiyojlarini qondirishda shu tarzda hujjatlarni mazmuniga ko‗ra
klassifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, hujjatlarni bilimning muayyan sohasiga munosabati
belgisiga qarab klassifikatsiyalash kitobxonlarni o‗zlariga aynan kerakli
adabiyotni tanlab olishlariga imkon beradi.
Klassifikatsiyalash jarayoni Axborot rеsurs markazlari, Axborot
kutubxona markazlari kutubxona fondlarini har tomonlama chuqur yoritib
berish, kitobxonga, kutubxonachiga unumli ishlashiga imkon yaratadi.
Kutubxona–bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyotida hujjatlarni
klassifikatsiya tushunchasi deb, aynan sistemali (fan sohalari bo‗yicha)
klassifikatsiyaga aytiladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy hususiyatlari shundan iboratki,
bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarini bo‗linishiga asoslanib, alohida
bo‗limlarni hosil qiladi. Bo‗lim ichida yana mayda bo‗linmalar va
bo‗limchalar tashkil qilinadi. Bu bo‗linmalarning har birida bilimning
muayyan sohalariga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi.
Bo‗linmalar ichida yana kichik bo‗limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiy tushunchadan (ya‘ni bo‗limdan)
xususiy, juz‘iy tor ma‘nodagi tushunchaga bo‗linma, bo‗linmachalarga o‗tishi
ierarxik – sistemali tartib deyiladi. Masalan musiqa tushunchasi umumiy
deb olsak, vokal musiqasi, estrada orkestri – bu xususiy tor ma‘noni
anglatadigan tushunchalar.
Bo‗lim, bo‗limmalar va bo‗limmachalarni ierarxik bog‗lanishi
kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini asosini tashkil etadi.
Sistemali kataloglar hamda Axborot - rеsurs markazlari, Axborot
kutubxona markazlari, kutubxonalarning fondlari ham huddi shu
36
klassifikatsiya asosida tuziladi. Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan
(bo‗limdan) juz‘iyga (bo‗linma va bo‗linmachalarga) tomon bunday
joylashtira borish sistemali tartib deyiladi. ―Sistemali joylashtirish‖ va
―sistemali katalog‖ degan tushunchalar shuning mantiqiy ifodasidir.
Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham bilimning har xil
bo‗limlari bo‗yicha kitob va kartochkalar bo‗lim, bo‗linmalar, bo‗linmachalari
tashkil qilinib umumiydan juz‘iyga, yoki xususiyga tomon ketma-ket
joylashtiriladi.
Umumiy va juz‘iy degan tushunchalar nisbiy tushunchalardir, albatta.
Masalan fizika bo‗linmasi – tabiiy fanlar asosiy bo‗limiga nisbatan juz‘iydir –
ayni chog‗da u akustika, optika va boshqa mayda bo‗linmalarga nisbatan
umumiydir.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan juz‘iyga tomon joylashtirish
printsipiga amal qilib, ularning nomlarida muayyan izchil tartib: bo‗lim,
bo‗linma, bo‗limcha degan tartib belgilash mumkin bo‗lur edi. Biroq
kutubxonashunoslik tajribasida ―bo‗lim‖ termini odatda har bir bo‗linishga
nisbatan qo‗llaniladi, ―bo‗linma‖, ―bo‗limcha‖ terminlari esa bo‗limning
tobelik ma‘nosini bildirishi lozim bo‗lgan hollardagina ishlatiladi. Masalan,
―Akustika bo‗limi‖ ayni chog‗da bu fizika bo‗limining bo‗limchasi deyiladi.
Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo‗llaniladi. Xuddi
kutubxona sistemali katalogi singari bibliografik nashrlarda ham hujjatlarning
tasvirlari mazmuniga qarab, bu asarlarning mavzusini ochib beruvchi
rubrikalar ostida guruhlarga ajratiladi. Bibliografik nashrlarda hujjatlarni
mazmuniga qarab guruhlarga ajratish hamma vaqt ham bilim sohalariga qarab
klassifikatsiyalash bilan bog‗layverilmaydi.
Bibliografik nashrlarning ko‗pchiligida hujjatlarni predmet katalogiga
yaqinlashtirib predmet asosida guruhlarga ajratish usullaridan yoki geografik
belgilariga qarab, guruhlarga ajratish usulidan foydalaniladi.
Bibliografiyaning turli xillarini guruhlarga ajratishning xarakteri va usullari
mazkur nashrning maqsadlari bilan belgilanadi. Biroq bilimning barcha
37
sohalariga yoki ko‗p sohalariga oid matbuot asarlarini o‗z ichiga oluvchi
universal xarakterdagi ko‗pgina bibliografik nashrlarda, shuningdek katta
sohali bibliografiyalarda asarlar rubrikalar bo‗yicha guruhlarga ajratiladi va
rubrikalar sistemali katalogning tuzilishiga o‗xshash tartibda, ya‘ni bilim
sohalariga qarab joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |