Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagokika instituti tabiiy fanlar fakulteti


O’simlik to’qimasining joylashish o’rni va uning ahamiyati



Download 1,15 Mb.
bet4/14
Sana18.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#822584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
dilrabo zari

1.1.O’simlik to’qimasining joylashish o’rni va uning ahamiyati.
Qoplovchi to'qima o‘simlikni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qiladi, ichki to‘qimalarni qurish va shikastlanishdan saqlaydi. Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra, uch xil:
1. epiderma (birlamchi),
2. periderma (ikkilamchi),
3. po‘stloqdan (uchlamchi qoplovchi to‘qimadan) iborat.
Epiderma. O'simlik organizmidagi tashqi muhit bilan birlamchi ta’sirla-shuvchi hujayralar qavati - epiderma (epidermis) deb nomlanadi. O‘simlikning epiderma qavati yosh novda, barg va poyalaming ustki qismini qoplab turadi. Epiderma apikal meristemaning tashqi qavatidan hosil bo'ladi. Bu hujayralarda sintezlanuvchi mumsimon moddalar atrof-muhitning haroratiga bog‘liq holatda o'simliklarda suv bug‘lanishini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Yuk-sak o'simliklarda epiderma qavati tashqi muhitning qurg‘oqchilik sharoitida suv bug‘lanishiga qarshilik ko‘rsatadi va o‘z navbatida, o'simlik tanasini ortiqcha suv yo'qotishidan asraydi. Epiderma qavatining ikkinchi muhim funksiyasi - tashqi patogen mikroorganizmlar ta’siridan himoya qiladi. O‘simlik yosh organlarining ustki qismini epiderma hujayralari qoplab turadi. Epiderma bir-biriga zich birikkan tirik parenxima hujayralaridan iborat. O‘simlikda epiderma qavati hujayralari tashqi muhit bilan bevosita ta’sirlashadi. Epiderma tarkibi ko'pincha turli xil tipdagi hujayralardan tashkil topadi. Odatda, epiderma qavati qalin ko‘rinishdagi hujayralardan tashkil topadi, biroq ayrim o‘simlik turlarida epiderma qavati hujayralari muhim funksiya bajaruvchi havo ildizlarini hosil qiladi. Masalan, orxideya o'simligida epiderma hujayralari birmuncha qalinlashgan hujayralar bilan birga, tashqi tomondan tom-tepa qismini eslatuvchi shakldagi po‘kaksimon hujay­ralardan tashkil topadi. Ayrim o'simliklarda epiderma qavati hujayralarida tashqi mexanik ta’sir kuchini kamaytiruvchi mumsimon moddalar sintezlanadi. Bu tipdagi hujayralar tashqi himoya qatlami -kutikulani hosil qiladi. Kutikula qavatini hosil qiluvchi hujayralar tarkibida mavjud bo'Igan mumsimon moddalar organizmdan ortiqcha suv bug'lanishiga qarshilik ko'rsatadi. Shuningdek, kutikula qavati patogen bakteriyalar va boshqa zararli mikroorganizmlarni o'simlik tanasiga kirishiga to'sqinlik qiladi. O'simliklaming turli xil Qoplovchi to‘qima gerbetsidlar (begona o‘simlik-larni kimyoviy usulda yo‘qotish maqsadida ishlab chiqarilgan preparatlar) ta’siriga nisbatan javob reaksiyasi ham aynan, kutikula qavati qalinligiga bog‘liq. Ayrim o‘simlik turlarida kutikula qavatida sintezlanuvchi mumsimon moddalar miqdori turli xil amaliy maqsadlarda foydalanish uchun ajratib olinadi. Masalan, kamaba (Carnauba) o‘simlik turining barglari kutikula qavatida to‘planuvchi mumsimon moddalardan qadimdan turli xil mahsulotlarning yuza qavatini mumlash maqsad-larida foydalanilgan. Qadimda o‘simlik barglaridan ajratib olingan mumsimon moddalardan shamlar tayyorlangan. O‘simlik barglarining epidermis qavati hujay-ralari o‘zaro perpendikular holatda joylashgan bo‘lib, mikroskop ostida o‘ziga xos mozaika shaklida ko‘rinadi. O‘simlik ildizi epidermis qavatida naychasi-mon kengaygan sohalar hosil bo‘ladi va bu sohalar - ildiz tuklarideb nomlanadi. Ildiz tuklari ildizning tashqi so‘ruvchi yuza maydonini kattalashtiradi. 0 ‘simlikning yer ustki qismi organlarining epidermis qavatida ham turli xil lipdagi tuklar shakllana-di. Bu tukchalar trixomalar deb atalib, bitta yoki bir nechta hujayralardan tashkil topadi. Tukchalar (trixomalar) oddiy yoki bezli bo‘ladi. Oddiy tukchalar tezda nobud bo‘ladi va ichi havo bilan to‘ladi. Yosh barglarda oddiy tukchalar quyosh nurini kam singdirib, bug‘lanishni kamaytiradi. Bezli tuklar yalpizdoshlar oilasi vakillarida kuchli rivojlangan bo‘Iib, turli efirlarni ajratadi. o‘simlik barglarining epidermis qavatida ustitsalar (barg og‘izchalari) mavjud bo‘lib, ular ikkita loviyasimon hujayralardan iborat bo‘ladi. Barg og‘izchalari ortiqcha suv bug‘lanishini boshqarishda va gaz almashinishida ishtirok etadi Shuningdek, o'simliklarda ksilema, sklerenxima hujayralarining rivojlanish darajasi ham tashqi ekologik muhitga bog‘liq. Masalan, suv muhitida o‘suvchi o‘simlik turlarida ksilema qavati hujayra-lari kuchsiz darajada rivojlangan bo'lib, quruqlik sharoitida o'suvchi daraxtsimon o ‘simliklarda esa - ksilema hujayralari juda yaxshi rivojlanadi. Ko‘p yillik o‘simliklarda va daraxtlarda epiderma o‘rnini periderma qavati egallaydi. Periderma. Daraxtsimon o'simliklarda epiderma qavati hujayralari o‘rnini periderma qavati egallaydi. Periderma uch qavatdan: Idlema (po‘kak), fellogen (po‘kak kambiysi) va fellodermadan iborat. .Sovuq tushishi bilan epiderma hujayr-larida suberin moddasisinezlanadi va natijada po‘kak qavati shakllanadi. Po‘kak qavati o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo'lib. o‘zidan suv va gazlarni o‘tkaz-maydi. Fellogen yoki po‘kak kambiysi hujayralari tirik, yupqa po‘stli, cho'ziq yadroli, yassi shaklli hujayralardan iborat bo'ladi. Fellogen qavati hujayralari tangental to‘siq bilan bo‘linib, tashqi tomonga qarab po‘kakni, ichki tonga qarab fellodermani shakllantiradi. Periderma qavati hujayralari asosan, daraxtlaming tashqi qobig‘ini tashkil qiladi va ma’lum darajada to‘g‘ri burchak shaklidagi qutisimion hujayralardan iborat bo'ladi. Ayrim o'simliklarda kambiy hujayralari erkin holatda joylashgan parenxima hujayralaridan tashkiltopgan cho'ntaksimon sohalami hosil qiladi. Bu sohalarda suberinmoddasi sintezlanmaydi(1-rasm).


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish