Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagokika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Poyaning vazifasi va xilma-xilligi



Download 1,15 Mb.
bet13/14
Sana18.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#822584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dilrabo zari

2.3.Poyaning vazifasi va xilma-xilligi
Poyasi eksenel, odatda radial simmetrik organ bo'lib, uzun apikal (apikal) o'sadi.
Stend funktsiyalari:
1.moddalarning ildiz va barglar orasida ikki tomonlama harakatini amalga oshiradi;
2.o'simlik tojini qo'llab-quvvatlaydi,
3. shoxlanish tufayli o'simlikning umumiy assimilyatsiya yuzasining oshishiga hissa qo'shadi,
4.zaxira moddalarni saqlashda ishtirok etadi,
5. yoshligida - fotosintez ham amalga oshiradi.
Bu funktsiyalar poyada integumentar, yaxshi rivojlangan o'tkazuvchan, mexanik to'qimalar va funktsional rivojlangan parenxima mavjudligini aniqlaydi. Undan tashqari ba’zi o’simliklar poyasi vegetativ ko’payish organi hisoblanadi.
Poyalar tuzilishiga ko’ra yog’och poya (terak, qayrag’och) va ot poyaga (arpa, ituzum) bo’linadi. Yog’och poyali o’simliklardan har xili yangi kurtaklar hosil bo’ladi. Natijada ko’p yillik yer ustki poya vujudga keladi. O’tsimon poyalarning yer ustki poyalari esa ko’pincha bir mavsum yashaydi.
Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzun bo’lishi mumki. Masalan, mirzaterakning balandligi 20-25 m ga yetsa, Kaliloiniyadagi sekvoyadendronlarniki 130-135 m, Avstraliygdagi evkaliptlarniki 150 m bo’ladi. Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o’rmonlarida boshqa daraxtlarga chirma-shib o’sadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi.
Poyalar shoxlagan (olma, yong’oq), shoxlamagan (palma), bargli (jiyda, do’-lana) yoki qipiqsimon bargli (saksovul, Qindim) bo’ladi. Shuningdek, poyalar joylashishiga qarab bir necha xil bo’ladi: tik o’suvchi (terak, olma, bug’doy va boihqalar), ko’tarilib o’suvchi (sebarga), o’raluvchi (qo’ypechak, karnaygul). O’raluvchi poyalarga ega bo’lgan o’simlik atrofdagi o’simlik yoki bironta tayanchga o’ralib oladi. Ток o’simligi ham gajaklari yordamida bag’azlarga ilashib oladi. Yoyilib yoki palak yoyib o’suvchi o’simliklar bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydi. Bularga qovoq, qovun, tarvuz, bodring va temirtikan kabilarni misol qilish mumkin. O’rmalovchi poyalar yer yuzasida qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi. Qulupnay, g’ozpanja kabi o’simliklaming poyasi o’rmalovchi poya hisoblanadi . Poyalarning yo’g’onligi ham har xil. Bular orasida ipsimondan (pechaklar) to aylanasining uzunligi 4-6 m (yong’oq) va 8-10 m (chinor)ga yetadigan salobatli xillari ham bor. Poyalarning ko’ndalang kesimi ham juda xilma- xil. U ko’pincha yumaloq (bug’doy), shuningdek, uch qirrali (hilol), qanotli (burchoq), to’rt qirrali (rayhon) va hokazo. Poyalar yuzasi silliq yoki tuklar bilan qoplangan bo’lishi mumkin. Poyalarning xilma-xil ko’rinishlari ma’lum bir maydonda ko’p sondagi o’simlik turlariga o’sish imkonini beradi. Demak, poyalar tuzilishiga va o’sishiga ko’ra, yog’och va o’t poyalarga bo’linib, shakli, uzunligi va yo’g’onligi turlicha bo’ladi.
Bu funktsiyalar poyada integumentar, yaxshi rivojlangan o'tkazuvchan, mexanik to'qimalar va funktsional rivojlangan parenxima mavjudligini aniqlaydi. Undan tashqari ba’zi o’simliklar poyasi vegetativ ko’payish organi hisoblanadi.
Poyalarning xilma-xil ko’rinishlari ma’lum bir maydonda ko’p sondagi o’simlik turlariga o’sish imkonini beradi. Demak, poyalar tuzilishiga va o’sishiga ko’ra, yog’och va o’t poyalarga bo’linib, shakli, uzunligi va yo’g’onligi turlicha bo’ladi.
Xulosa
Prokambiy hujayralarining bolinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli o’simliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima - kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali o’simliklar poyasining markaziy qismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bo’lib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay - tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali o’simliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning Poyasi fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduk-siyalangan Poya odatda, ildizpoya deyiladi.
Quyidagi jadvalda poyaning xillari berilgan(1-jadval)



Osimliklarning nomlari

Shakllari

Terak

Tik o’suvchi

Sebarga

O’rmalab o’suvchi

Qulupnay

Yotib o’suvchi

Olma

Tik o’suvchi

Qo’ypechak

Palak otib o’suvchi

Ajriq

Ilashib o’suvchi

Ituzum

Osilib o’suvchi

Tarvuz

Yotib o’suvchi

Yontoq

Ilashib o’suvchi

Shuvoq

Tik o’suvchi

Saksovul

Yonboshlab o’suvchi




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish