Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Download 377.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.01.2020
Hajmi377.51 Kb.
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

TARIX fakulteti 



UMUMIY TARIX  kafedrasi 

 

Himoya qilishga ruxsat beraman 



Tarix fakulteti dekani 

________dots.G’oziyev S.H. 

 

 

XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGIDA SAN’AT  



VA MADANIYAT 

mavzusida bajarilgan 



BITIRUV MALAKAVIY  ISH 

 

 



         Bajardi:  

                                402-guruh talabasi Nishonov Jasur 

 

         Ilmiy rahbar:                                                     o’qit. Razzoqova Go’zal 



 

 

BMI Umumiy tarix kafedrasi yig’ilishining qarori 



bilan (qarori №10 2013 y) himoyaga tavsiya etilgan. 

 

Kafedra mudiri v/b F.Toshboyev ___________ 



 

 

 



Jizzax – 2013 

 

 

 



2

 

А.Қодирий номидаги ЖДПИ Тарих факультети Тарих йўналиши 402-



гуруҳ талабаси Нишонов Жасурнинг „ XX аср бошларида Хива 

хонлигида санъат ва маданият” мавзусидаги Битирув малакавий ишига 

ТАҚРИЗ 

Республикамиз  мустақил  ривожланишга  илк  қадам  қўйган  кунларданоқ, 

“Ўзбекистон  халқининг  муносиб  турмушини,  унинг  ҳуқуқлари  ва 

эркинлигини  кафолатлаши,  миллий  анъаналар  ва  маданиятни  қайта 

тикланиши,  шахс  сифатида  инсоннинг  маънавий-аҳлоқий  камол  топишини 

таъминлаш”ни  ўзининг  кучли  демократии  давлат  ва  фуқаролик  жамияти 

барпо этиш борасидаги пировард мақсади қилиб белгилади. 

Хоразм халқлари маданияти тарихида XX аср ҳам муҳим аҳамият касб 

этади. Хива-тарихий қурилиш, бутунлигича бино ва иншоотлар, аслида очиқ 

ҳаводаги бутун бир шаҳар амалда тарихий ҳолида сақланиб қолган дунёнинг 

бир  нечтагина  шаҳарларидан  биридир.  Хива  шаҳрининг  монументал 

иншоотлари  гўёки  қайтадан  барпо  этилган  шаҳарни  ҳосил  қилган  бўлиб,  у 

бизни  бор-йўғи  икки-уч  авлод  усталарнинг  ҳаёти  давомида  қурилиши 

тезлиги  билан  ҳайратда  қолдиради.  Лекин  бошқа  шароитларда  ҳалокатли 

бўладиган  ҳолатлар-кичик  ер  бўлакларидаги  тасодифий  қурилишлар,  ўта 

сиқиқ  шароитлар  ва  ер  камлиги  бу  ерда  меъморчилик  иншоотларининг 

бениҳоя гўзаллиги, нафислиги ва турли туманлигига сабаб бўлди. 402-гуруҳ 

битирувчи  талабаси  Нишонов  Жасурнинг  мазкур  танлаган  мавзуси  бугунги 

кунда ниҳоятда қизиқарли мавзулардан бири ҳисобланади. Яъни ушбу мавзу 

бўйича кўпгина маълумотларга асосланиб, мавзуни тўлиқ ёритиб бера олган. 

Мазкур  БМИ  Кириш, 2 та  боб, 5 та  параграф,  Хулоса  ва  фойдаланилган 

адабиётлар рўйхатидан иборат. 

Кириш қисмида мавзунинг долзарблиги, мақсади ҳамда мавзунинг илмий 

янгилиги қисқача асослаб берилган. 

1-боб XX аср  бошларигача  бўлган  даврда  Хива  хонлигида  ижтимоий, 

иқтисодий  ва  маданият  ҳаётига  бағишланган  бўлиб,  унда  тапаба  асосий 

эьтиборни  Хива  хонлигидаги  муҳим  тарихий  воқеалар  муҳим  воқеалар, 


 

 

 



3

 

бошқа  давлатлари  билан  сиёсий,  маданий,  иқтисодий  алоқаларнинг 



ривожланишига  қаратилган.  Бобнинг  ёритилганлик  даражаси  яхши,  етарли 

даражада асосланган. 

2-бобда  Хива  хонлигида  санъат  ва  маданият.  Ушбу  бобда  Хива 

хонлигининг  ҳаёти,  анъанавий  санъати  ва  маданияти  қаратилган. 

Фойдаланилган  адабиётлар  рўйхати  ва  иқтибослар  ўз  ўрнида  кўрсатилган. 

Ишнинг  мазмунини  яхши  ёритиб  бера  олган.  Талаба  мавзуни  мавзуни 

ёритишда янги педагогик технологиялар усулларидан кенг фойдалана олган. 

Ишни тўлиқ ўқиб чиқдим. Ишнинг сифати бугунги талабларга мос 

келади 

Тақризчи: 

 

 



 

 

 

 



4

 

А.Қодирий номидаги ЖДПИ Тарих факультета Тарих йўналиши 402-



гуруҳ талабаси Нишонов Жасурнинг „ XX аср бошларида Хива 

хонлигида санъат ва маданият” мавзусидаги 

Битирув малакавий ишига 

ТАҚРИЗ 

Кўхна Хоразм азалдан илму фан бешиги, фан ва маданият, маънавият ва 

маърифат  маркази  бўлган.  Мустақиллик  йилларида  халқимизнинг  асл 

тарихини ёритиш борасидаги тадқиқотлар, шонли ва буюк тарихимиз ҳақида 

кўплаб  маълумотлар  бера  бошлади.  Бугунги  кун  давр  талаби  тарих  фани 

олдига  ҳам  улкан  ва  янги  вазифаларни  қўймоқда.  Ўрта  Осиё  халқлари 

тарихини  чуқур  ўрганишга  Хива  хонлиги  қадимиятици  тадқиқ  этиш  ҳам 

катта аҳамиятга эга. 

Президент  И.А.Каримов, “Тарих  ҳақиқати  шуни  кўрсатадики,  томирида 

миллий ғурур, Ватан ишқи жўш урган одамгина буюк ишларга қодир бўлади. 

Биз  шундай  маънавий  муҳит  яратишимиз  керакки,  юртимизнинг  ҳар  бир 

бурчагида,  барча  шаҳар  ва  қишлоқларимиз  қиёфасида  ватандан  фахрланиш 

ҳисси кўзимизни, қапбимизни яшнатиб турсин.”-деб таъкидлаган эди. 

402-гуруҳ  битирувчи  талабаси  Нишонов  Жасурнинг  мазкур  танлаган 

мавзуси  бугунги  кунда  ниҳоятда  қизиқарли  мавзулардан  бири  саналади. 

Яъни у Хива хонлигидаги маданий ҳаётни тўлиқ ёритиб бера олган. 

Мазкур  БМИ  Кириш, 2 та  боб, 5 та  параграф,  Хулоса  ва  фойдаланилган 

адабиётлар рўйхатидан иборат. 

Кириш қисмида мавзунинг долзарблиги, мақсади ҳамда мавзунинг илмий 

янгилиги қисқача асослаб берилган. 

1-боб XX аср  бошларигача  бўлган  даврда  Хива  хонлигида  ижтимоий, 

иқтисодпй ва маданият ҳаётига багишланган бўлиб, ушбу 

бобда  талаба  Хива  хонлигининг  ўша  даврдаги  ижтимоий-сиёсий  ҳаётини 

яхши ёритиб бера олган 

2-бобда XX аср бошларида Хива хонлигида санъат ва маданият. Ушбу боб 

Хива хонлигининг шаҳарлари ҳаёти, иқтисодий, маданий ҳаёти ва санъатини 



 

 

 



5

 

асосий  маълумотлар  ёрдамида  анча  яхши  ёзилган.  Боб  етарли  даражада 



ёритилган.  Иқтибослар  ўз  ўрнида  кўрсатилган.  Мазмуни  қониқарли.  Энг 

сўнгги  параграфда  мавзуни  педагогик  технологиялар  асосида  ўқувчиларга 

ўргатиш усуллари баён қилинган. 

Иптни тўлиқ ўқиб чиқдим. Ишнинг сифати бугунги талабларга мос келади 

 


 

 

 



6

 

REJA: 



 

KIRISH      

 

 



I-BOB. XX ASR BOSHLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA XIVA 

XONLIGIDA IJTIMOIY IQTISODIY VA MADANIY HAYOT  

 

1.1.Xiva xonligining siyosiy tarixi va uning madaniy hayotga ta’siri  



1.2. Xiva xonligi tarixi bo’yicha manbalar 

 1.3. XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda Xiva xonligida ijtimoiy iqtisodiy  

hayot  

       


 

 II-BOB. XX ASR BOShLARIDA XIVA XONLIGIDA SAN’AT VA 



MADANIYAT 

 

2.1. XX asr boshlarida Xiva xonligida shaharlar hayoti uninng san’at va 



madaniyat rivojidagi o’rni 

2.2. XX asr boshlarida Xiva xonligida an’anaviy san’at turlari va ularning 

shakllanishi 

2.3. XX asr boshlarida Xiva xonligida san’at va madaniyat mavzusini 

o’rganishning tajriba sinov ishi – yangi pedogogik va axborot texnologiyalari 

asosida o’qitish  

 

 

Xulosa  



 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



7

 

   Mavzuning dolzarbligi. Ko’hna Xorazm azaldan ilmu irfon beshigi, fan va 

madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’lgan. Mustaqillik yillarida 

xalqimizning asl tarixini yoritish borasidagi tadqiqotlar, shonli va buyuk tariximiz 

haqida ko’plab ma’lumotlar bera boshladi. Bugungi kun davr talabi tarix fani 

oldiga ham ulkan va yangi vazifalarni qo’ymoqda. O’rta Osiyo xalqlari  tarixini 

chuqur o’rganishda Xiva xonligi qadimiyatini  tadqiq etish ham katta ahamiyatga 

ega. 


Prezident I.Karimov, ”Tarix haqiqati shuni ko’rsatadiki, tomirida milliy 

g’urur, Vatan ishqi jo’sh o’rgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi. Biz 

shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida

barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida vatandan faxrlanish hissi ko’zimizni, 

qalbimizni yashnatib tursin.”- deb ta’kidlagan edi

1

. Bu  tom ma’nodagi yashnab 



turish esa jamiyat a’zolariga haqiqiy tariximizni qay tarzda yetkaza olishimiz bilan 

ham bog’liq. 

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, har qanday yurt o’zining buyuk farzandlari, 

shu zaminda yashab o’tgan aziz-avliyolari bilan tabarruk va muqaddasdir. Xorazm 

zaminida bunday insonlar ko’p o’tganki, bunday zotlarning tabarruk nomlarini, 

bebaho merosi va ma’naviyat xazinasiga qo’shgan hissasini har tomonlama 

o’rganish, shuningdek, ularni keng ommaga tanishtirish, ularning ma’naviy 

qudratimiz ramzi va donishmandlik timsoli ekanligini ta’kidlash muhimdir.   

       Istiqlol  yillarida  ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob moddiy 

madaniyat namunalariga bo’lgan munosabat ham tubdan o’zgardi. Mustabid tuzum 

davrida tashlandiq holga kelib qolgan, toptalgan va “yo’q bo’lib ketish” holiga 

kelib qolgan, xalqimizning aziz avliyolari, buyuk mutafakkirlarining hoki abadiy 

qo’nim topgan va ming yillar mobaynida e’zozlanib kelingan muqaddas qadamjo-

ziyoratgohlar ta’mirlandi, qayta tiklandi va bugun obod go’shalarga aylantirildi. 

Qadimiy shaharlarimizning yubiley anjumanlari, ulug’ ajdodlarimizning tavallud  

                                                 

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 90- б. 



 

 

 



8

 

to’ylari dunyo ilmiy jamoatchiligi ishtirokida katta tantana bilan nishonlandi. 



Ularning haqiqiy tarixi jahon ahliga yangi ilmiy manbalar asosida tanitildi

2



   Shunday  noyob  madaniyat  namunalarini Xiva shahri ham o’z bag’rida 

saqlab kelmoqda  Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan 

shahardir. Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga 

kirgan. Bularning hammasi YUNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona 

ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-

qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. 

«Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» 

deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. 

Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehqonchilik to’g’risida hikoya qilgan. 

Xorazm xalqlari madaniyati tarixida XX asr boshlari ham muhim ahamiyat 

kasb etadi. Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq 

havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir 

nechtagina shaharlaridan biridir. Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki 

qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch 

avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin 

boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi 

tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik 

inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. 

Sobiq Sho’ro tuzumi davrida ko’pgina tarixchilar tomonidan, O’rta Osiyo 

hudududida yashagan qadimgi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga 

nisbatan sho’rolar davrida noxolis yondoshildi.  Istiqlol yillarida ushbu 

fikrlarnining  asossiz ekanligi, bu o’lkada juda qadimdan bizning ajdodlarimiz, 

yashab yuksak madaniyat namunalarini yaratishganligini isbotlandi.   

  Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, ushbu mavzuni keng, 

har tomonlama, to’laqonli o’rganishni dolzarb vazifa deb xisoblaymiz.  

                                                 

2

 Каримов И.А.. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз // Озод ва обод 



Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз. Т.8. – Т.: Ўзбекистон, 2000. – 331-332 б. 

 


 

 

 



9

 

 Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi, XX asr 

boshlarida Xiva xonligida san’at va madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy 

tahlil qilishdan iborat. Vazifalari esa, Xorazm xalqining XX asr boshlaridagi 

madaniyati, xo’jaligi, turmush tarzi, jamiyatining shakllanishi va rivojlanish 

bosqichlari, san’ati, moddiy madaniyati va ma’naviy hayotining asosiy 

xususiyatlarini, manbalar asosida aniqlash, ular haqidagi tarixiy manbalarni 

to’plab, mavjud ashyoviy manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish.  Xiva 

madaniyatining o’lka hunarmandchiligi, rivojiga ko’rsatgan ta’sirini o’rganish, 

ularning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. 

 Tadqiqot zamirida san’at va madaniyat va arxeologiya yodgorliklarini 

o’rganish yotadi. Bu esa, O’zbekiston  tarixi muammolarini,  ayrim jihatlarini hal 

qilishga yordam beradi.  

 

Tadqiqotning obyekti va predmeti.  Tadqiqotning obyektini XX asr 

boshlarida Xiva xonligida san’at va madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy 

tahlil qilish tashkil etadi. Barpo qilingan madaniy yodgorliklar, san’at namunalari, 

hamda shu hududda aniqlangan mavjud etnografik manbalar tadqiqotni ilmiy 

o’rganishning asosiy predmeti hisoblanadi.  

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, haqqoniylik 

prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan 

kelib chiqqan holda yondoshiladi. Arxeologik materiallar bilan yozma manbalarni 

o’zaro qiyoslash asosida ilmiy xulosalar chiqariladi. 

 Shu bilan birga, ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari 

surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat qiladi. 

  Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Xiva xonligidagi san’at va madaniyat 

tarixi bo’yicha manbalar birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o’rganish natijasida 

to’plangan. Xiva xonlari arxivi hujjatlari Rossiya xonlikni bosib olgach, 1873- 

yilda Peterburgga olib ketilgan. Keyinchalik ular olimlar tomonidan topilib 

o’rganilgan va sharhlangan. 



 

 

 



10

 

Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul 



muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy bo’linishi, aholining xo’jalik 

mashg’uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar 

beradi. 

XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning «Eng go’zal tarixi» asari XVI 

asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag’ishlangan. Xiva xoni, tarixchi olim 

Abulg’oziy Bahodirxonning (16031664) «Shajarayi turk» asari ayniqsa katta 

ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar to’plangan. Asarning 

1512- 1663- yillar oralig’idagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva - Buxoro 

munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun ayniqsa katta ahamiyatga 

ega. 


Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix 

uchun muhim manba hisoblanadi. Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini 

Ogahiy davom ettirgan. U bitgan tarixiy asar «Shohidi iqbol» deb atalib, o’zida 

1872- yilgacha bo’lgan tarixni aks ettiradi. 

Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831 - 1832- yillarda yozilgan «Dili 

g’aroyib» asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma’lumotlar 

beradi. 

Xiva xonligining 1872-1911- yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning 

topshirig’i bilan 1912- yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan. 

1725- yilda Xivaga Rossiya elchisi bo’lib kelgan Florio Benevini esdaliklarida 

ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan

3



1793-1794- yillarda Orenburgdan Xivaga oftolmolog vrach Blankennagel 

taklif etilgan. U xonning ko’zi ojiz bo’lib qolgan amakisini davolagan. U yozib 

qoldirgan esdalik ma’lumotlar juda qimmatli edi. 

Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N. I. Muravyov ham 

yozib qoldirgan «Esdaliklar» eng qimmatli manbalar qatorida turadi

4

. 1842- yilda 



                                                 

3

 Безгин И.Г. Князя Бековича-Черкасского экспедиция в Хиву и посольства флота поручика 



Кожина и Мирзы Тевкелева в Индию к Великому Моголу (1714-1717 гг.). Библиографическая 

монография. СПб., 1891.  239 с. 

 


 

 

 



11

 

Xiva va Rossiya o’rtasida «Majburiyatlar akti» shartnomasining imzolanishiga 



erishgan elchi G. Danilevskiy o’zi bilan Xivaga kelgan tabiatshunos olim R. 

Baziner bilan birgalikda «Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, 

savdo sotig’i va sanoati» nomli asar yozib qoldirganlar. 

1858- yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari 

N.Ignatyev yozib qoldirgan esdaliklar ham Xiva tarixi bo’yicha muhim manba 

hisoblanadi. 

Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiyning «O’zbeklar Xorazmda», «Inoqlar 

hukmdorligi» va «Qo’ng’irot sulolasi» asarlari Xiva xonligining XVI asr va undan 

keyingi asrlar tarixiga bag’ishlangan. 

Bundan tashqari, Xiva bilan Rossiyaning XVIII-XIX asrlardagi o’zaro 

aloqalari yana bir sharqshunos olim S. Jukovskiyning «Rossiyaning keyingi 300 

yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi» asarida o’z ifodasini topgan. 

Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan asarlar ichida 

ingliz savdo va diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining 

XVI asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi. Jenkinson esdaliklari, 

«Jenkinsonning Xiva va Buxoroga sayohati» deb nomlangan. 

Yevropa sayyohlari ichida taniqli venger sharqshunos olimi A. Vamberi yozib 

qoldirgan «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» deb ataluvchi asar Xiva tarixi bo’yicha 

ham eng qimmatli manbalardan hisoblanadi. Uning esdaliklari o’zbek tilida ham 

chop etilgan.  

O’zbekiston olimlarining Xiva xonligi tarixiga oid asarlari   o’zbekiston 

olimlari ham Xiva xonligi tarixini o’rganish ishiga katta hissa qo’shganlar. Ular 

orasida akademik I. Mo’minov boshchiligida yaratilgan «Xorazmning qadimgi 

davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi» (1976-yil) alohida qimmatga ega. 

                                                                                                                                                             

4

  Залесов Н. Посольство в Хиву подполковника Данилевского в 1842 году //Военный сборник. Пг., 



1861. № 11.С. 59. 

Хива, или географическое и статистическое описание Хивинского ханства, состоящего теперь в 

войне с Россией, заимствованное из разных отечественных и иностранных писателей, с 

изображениями костюмов и вида города Хивы. М.: 1840. с. 79. 

Сведения о Хивинском ханстве. Выр. из жур. “Мануфактур и торговля”. 1843. Хмыр. кол. Т. 9. С. 

105, 129, 130, 149.” 

Данилевский Г.И. Описание Хивинского ханства. ЗИРГО, 1851. Кн.: 5. с. 136. 

 


 

 

 



12

 

Xorazmning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha,shu jumladan, XVI-



XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva, shahrining 2500 yilligi yubileyi 

munosabati bilan chop etilgan «Xiva ming gumbaz shahri» kitobi ham tarixiy 

faktlarga juda boy asardir (1997-yil).  

Siz bu asar bilan tanishish imkoniga egasiz. Erinmay uni bir varaqlab 

chiqsangiz ayni muddao bo’lur edi. 

1962- yilda Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelingan va 

O’zbekiston markaziy davlat arxivida saqlanmoqda. 

Ishning tarkibiy tuzilishi.  Ish kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan  

adabiyotlar, ro’yxati hamda chizmalardan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



13

 

I-BOB. XX ASR BOSHLARIGAChA BO’LGAN DAVRDA XIVA 



XONLIGIDA IJTIMOIY IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 

  

1.1. Xiva xonligining siyosiy tarixi va uning madaniy hayotga ta’siri 

 

   Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular 



orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng 

kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton 

Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot 

qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi 

hisoblanardi. 

1505- yili Shayboniyxon, 1510- yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil 

Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. 

Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi 

harakat boshlanadi. 

Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka 

Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti 

Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan 

garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 

1480- yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon 

tomonidan o’z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning 

o’ldirilganligi buning sabablaridan bin edi

5



Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511—1512 yillarda 



Eron qo’shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu 

tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb 

atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo’ldi. Xiva 

xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi. 

                                                 

5

 



www.ziyouz.net

  sayti 


 

 

 

 



14

 

XVII asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat - bu, bir 



tomondan, markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, ikkinchi 

tomondan, qabila boshliqlari ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: 

beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy 

hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat hayotiga oid har bir 

masalani ularsiz mustaqil hal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari 

xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz 

berdi. Parokandalik Arab Muhammadxon davri (1602 - 1621) da yuqori nuqtasiga 

yetgan edi. Amudaryo o’zanining o’zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada, 

Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko’chirishga majbur 

bo’ldi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga juda katta salbiy 

ta’sir ko’rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib qolishga urindi. Chunonchi

Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo’riqlab turgan Yoyiq kazaklari 

ataman Nechay, ko’p o’tmay ataman Shamay Urganchga hujum qildilar. Biroq, 

ular talonchilikdan iborat maqsadlarini amalga oshira olmadilar. Aksincha Xiva 

qo’shini ularni tor-mor etdi

6



1616-yili Atab Muhammadxonning o’g’illari Habash Sulton bilan Elbars 

Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi 

isyon ko’tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan 

hududlarga Vazir shahrini ham qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. 1621- 

yili ular yana isyon ko’tarishdi. Bu safar otalari Arab Muhammadxon tarafida 

uning boshqa ikki o’g’li - Asfandiyorxon va Abulg’ozi Sulton urushda 

qatnashdilar. Bu urushda Habash Sulton va Elbars Sulton qo’shinlari g’olib keldi. 

Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko’ziga mil torttirildi va 

Xivaga keltirib qamab qo’yildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, xon qatl etildi. 

Abulg’ozi Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. 

Asfandiyorxon esa Hazoraspda yashirindi. Keyinchalik u Eron shohi Abbos I 

huzuriga yo’1 oldi va uning yordamida 1623- yilda Xiva taxtini egalladi va Habash 

hamda Elbars qatl etildi. Bui voqeadan xabar topgan Abulg’ozi Sulton Xivaga 

                                                 

6

 Хоразм тарихи. Урганч, 1997. Б. 86  



 

 

 



15

 

qaytdi. Akasi Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. 



Biroq tez orada aka-uka o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada, Abulg’ozi 

Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo’ldi. 

Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo’lgan turkmanlarning chaqirig’i bilan u yana 

Xivaga qaytib bordi. Akasi endi unga Xivani topshirishga majbur bo’ladi

7

. Biroq 


olti oydan so’ng Abulg’ozi Eron tasarrufiga o’tgan Niso va Darunga (Ashxobod 

bilan Qizil Arvat o’rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilinganlikda ayblanib, 

hibsga olinadi va Eronga, shoh Safi I (1629-1642) huzuriga o’z navkarlari 

qo’riqchiligida jo’natiladi. Abulg’ozi Sulton Eronda 10 yil tutqunlikda kun 

kechirgan (1630-1639); o’n yildan so’ng tutqunlikdan qochib, 1642- yilda Orol 

o’zbeklari qarorgohiga yetib keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-» yilda 

Abulg’ozi Bahodirxon Xiva xonligi taxtini egallaydi. Uning  yigirma yillik xonlik 

davri jang-u jadallar bilan kechdi. Buxono xoni qo’shinlari bilan bir necha marta 

to’qnashdi.  

Inoqlar Abulg’ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirishi bilan ularning 

markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo’ldi. U 

xonlikdagi barcha qabilalarni to’rt guruhga bo’ldi: qiyofa qo’ng’irot, uyg’ur-

nayman, qang’il-qipchoq, nukuz-mang’it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, 

turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har 

bir qabilaviy guruhlar inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli 

masalalarni hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda 

istiqomat qilganlar. 

Abulg’ozi Bahodirxon Buxoro xoni bilan 1662- yilda sulh tuzib, 1663- yilda 

hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro - Xiva 

munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta Buxoro xonligini 

xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo’shini hatto 

Buxoroga yetib bordi, Samarqandni egalladi. Nihoyat, 1685- yilda G’ijduvon 

yaqinidagi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni 

                                                 

7

 Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи тарокима. – Тошкент: Чўлпон, 1995,  – Б. 48.  



 

 

 

 



16

 

Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivaga fitna uyushtirdi. 1687- yilda 



Anushaxon taxtdan tushirilib, ko’ziga mil torttirildi. 

Subhonqulixon Xivada o’z tarafdorlaridan shunday fitnachi guruh uyushtira 

olgan ediki, ular ta’sirida XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Xivada «xonlar 

o’yini» - o’nlab xonlar almashinuvi sodir bo’ldi

8

. Bu voqealar oqibatida Xiva 



xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qarama-

qarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro 

xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada, 

Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan 

o’zaro kurash goh u tomon, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg’ozixon 

vafot etguniga qadar davom etdi. 

 

Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi 

 

Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar 



o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga qodir bo’lgan kuchli markaziy hokimiyatning 

barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch 

sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning 

natijasi o’laroq, XVIII asrning 60- yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni 

qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar. 

Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot 

qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga 

ko’tarilgan. U turkmanlaming yovmut va chovduz qabilalariga qarshi kurash olib 

borgan

9

. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga - Doniyolbiy 



otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, 

Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo 

tarqalib, o’zbeklar Orol va Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar. 1770- yilda 

                                                 

8

 Матякубова М. Хива хонлиги тарихи манбалари (Муҳаммадризо Огаҳийнинг тарихий 



асарларини кодикологик хусусиятлари). Урганч, 2006. Б. 47  

9

 



www.history.ru

  sayti 


 

 

 



17

 

Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni 



uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi. 

Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U 

xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o’g’li Bo’lakayxonni 

nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqazadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 

1782- yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi 

mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin 1 inoq 

20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan

10



Hukmronligining so’nggi yillarida o’z qabilasining faol qatlamiga, 

savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari 

o’rtasidagi o’zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muhammad Amin 

mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning 

barchasi mamlakat iqtisodining ko’tarilishini ta’minlaydi. Jon saqlash uchun o’zga 

yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad 

inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi. 

Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz (1790-1804) ham davlat 

hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoqchingiz biylaridan soxta xonlar 

chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan 

boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo’shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq 

va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan. 

Faqat Avazning o’g’li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta 

xon chaqirish to’xtatildi. Nafaqat to’xtatildi, ayni paytda 1804- yildayoq chetdan 

chaqirilgan soxta xon Abulg’ozini taxtdan tushirib, o’zini xon deb e’lon qildi. Shu 

tariqa, qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920- 

yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. 

Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat 

qiladi. 1804- yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo 

                                                 

10

 Xorazm tarixi. Urganch . 2004.Б.86 



 

 

 

 



18

 

bo’yida bo’lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon 



ham halok bo’ldi. 

Eltuzarxon vafot etgach taxtga uning ukasi Muhammad Rahim I o’tirdi. 

Muhammad Rahim I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. 

Ayni paytda turkmanlarni bo’ysundirish masalasi yetakchi o’ringa chiqdi. 

Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko’rsatmasinlar, birin-

ketin bo’ysundirilib borildi. 

Bo’ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko’chib ketdi. Biroq, 

Eron hukumatining tazyiqi ostida, shuningdek, yaylov maydoni topilmaganligi 

uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan 

ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo’ldilar. Shu davrdan boshlab 

yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog’landi va ular xonlik 

fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to’lash belgilandi. Shuningdek, xon 

qo’shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. 

Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish 

yovmutlarni qishloq xo’jaligidan ancha uzoqlashtirib qo’ygan edi. Shu tufayli ular 

xon qo’shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o’z zamonasining eng jangovar 

otliq harbiy qism tuzilganligi ham bejiz bo’lmagan. 

Muhammad Rahimxon I o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo’shinga 

tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurash olib bordi. 

Bu kurashda o’z raqiblarini birin-ketin bo’ysundira bordi. 

Muhammad Rahim I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo’yi zodagonlari guruhi 

qattiq qarshilik ko’rsatdi. 1811 - yilda uning ham qarshiligi sindirildi. Qo’ng’irot 

shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo’lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni 

bo’ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga 

harakat qildilar. Biroq, bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo’ysunishga 

majbur bo’ldilar. 

1812-1820- yillar oralig’ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 marta 

hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada kengayishiga 

erishildi. 


 

 

 



19

 

1813- yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi 



Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to’lab turishga 

majbur etildi. 

1822- yilda esa Marv shahri xonlikka qo’shib olindi. 1824yilda Yangi Marv 

shahri bunyod etildi. 

Muhammad Rahimxon I bo’ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila 

orasidagj mavqeyi nihoyatda qudratli bo’lganligini hisobga olib, Ularga u yer-mulk 

va turli imtiyozlar in’om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni 

ta’minlashga xizmat qilishi kerak edi

11



Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni 



paytda mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Uning hududlari yanada 

kengaydi. 

Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842) va Muhammad Amirxon (1846-1853) 

davrida ham o’zaro urushlar to’xtamadi. Olloqulixon Buxoroga 7 marta, 

Xurosonga 5 marta yurish qilgan bo’lsa, Muhammad Aminxon Marvga 10 marta 

yurish qiladi. o’nlab shahar va qishloqlar talanadi. Zulm, talonchilik davom etdi. 

Xalq turmushi og’irlashib bordi. 

    


                                                 

11

 



www.wikepediya.com

 sayti 


 

 

 

 



20

 

 



Download 377.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar