Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


“Turizm destinatsiyasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari



Download 5,2 Mb.
bet73/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

4. “Turizm destinatsiyasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari
Turizm multiplikativ samaraga ega bo’lib, bir qator mintaqa destinatsiyalar iqtisodiy rivoji, aholi bandligining o’sishi, fuqarolarning hordiq chiqarishga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’la qondirilishiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm faoliyatini tashkil etishning umumlashtirish va tahlil qilishga muhtoj bo’lgan katta tajribasi to’plangan. Hozirda milliy va xorijiy ilmiy manbalarda turizmdagi faoliyat turlari va sohalari rang-barangligini tavsiflash va tasniflashga, ular orasida yetakchi omilni belgilashga va ularning tarmoqlararo, xo’jalik va sohalarga oid aloqalarini aniqlashga xarakat qilinmoqda.
Turizm tizimida “turistik destinatsiya” asosiy tushunchalardan biri hisoblanib, unda mintaqaviy darajada ushbu tizimning tashqi ijtimoiy-iqtisodiy makromuhitlar bilan o’zaro aloqalari va o’zaro bog’liq tomonlari ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi.
Destinatsiya – turistik tizimning asosiy unsuri hisoblanib, turli adabiyotlarda ma’lum chegaralarga ega bo’lgan geografik hudud sifatida talqin qilingan. Boshqa nuqtai nazarga ko’ra – destinatsiya turistlar uchun ma’lum bir jozibadorlikka ega geografik mintaqa, hudud hisoblanadi. Umuman, “destinatsiya” deb atalishi uchun u quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak bo’ladi:

  • turistlarni qabul qilish uchun zaruriy xizmat ko’rsatish majmuasining mavjudligi;

  • turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovor ob’ekt va joylar mavjudligi (destinatsiyalar o’rtasidagi raqobatchilikning bosh omillaridan biri jozibadorlik bo’lib, destinatsiya hududiga turistlarni jalb etish uchun o’ziga xos ajoyib bir tomoni bo’lishi kerak);

  • axborot tizimining mavjudligi turizm bozorida destinatsiyaning zaruriy “quroli” hisoblanadi.

Mamlakatimiz va chet el adabiyotlarida “turizm industriyasi” tushunchasi bevosita turistik korxonalar, mehmonxona va restoran xo’jaligi, turistik firmalar, turistlar talab qiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar faoliyatini ifodalaydi, ammo turistik ehtiyojlarni bevosita va bilvosita qoniqtiruvchi barcha korxonalar to’plamini ta’riflashda yanada keng ma’nodagi “turistik destinatsiya” tushunchasi ham mavjud.
Turistlarning turli-tuman ehtiyojlarini ta’minlash uchun har turli qulayliklar, xizmat ko’rsatish vositalari va xizmatlarga ega turistik destinatsiyani markaz (hudud) deb tavsiflash ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turistik destinatsiya turistlar uchun zarur bo’lgan turizmning eng kerakli va hal qiluvchi jihatlarini o’z ichiga oladi. Turistik destinatsiya mintaqasi turistik tizimda eng muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki turistik destinatsiyalar va ularning imiji turistlarni o’ziga jalb etadi, tashrifni asoslaydi, shu tarzda butun turistik tizimni faollashtiradi.
“Destinatsiya” so’zining ingliz tilidan tarjimasi – “Destination” – “turgan joy, belgilangan joy” ma’nosini anglatadi. “Turistik destinatsiya” termini Leyper tomonidan 1980 yillarning o’rtasida fanga kiritilgan. Hozirda destinatsiya – bu ma’lum chegaraga ega bo’lgan, turistlar keng ko’lamli guruhini jalb eta oladigan va ularning talablarini qondira oladigan geografik hudud hisoblanadi.
N.S.Ibragimov fikriga ko’ra, “Destination” atamasi o’zbek tilida “detinatsiya” yoki “turistik manzil” iboralari bilan ifodalanadi.
X.M.Mamatqulov fikri bo’yicha, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan territoriya yoki manzildir.
Ye.G.Alyonova fikriga ko’ra, turistik destinatsiya – bu jismoniy, siyosiy yoki bozor chegaralari kabi, haqiqiy yoki xayoliy chegaraga ega, o’zining attraktiv (jozibadorlik) imkoniyatlari hisobidan turistlar oqimini jalb etadigan joydir. Dunyodagi tarixiy va madaniy qimmatga ega bo’lgan barcha mavjud destinatsiyalar turistlardan olingan mablag’ hisobiga gullab yashnamoqda. Turistik destinatsiyani shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmida boshqaruv sub’ektlarining asosiy maqsadi mintaqa turistik mahsulotining iste’molchi-sub’ektlarning istaklari, fikrlarini yaratish, qo’llab-quvatlash yoki o’zgartirish hisoblanadi.
A.F.Goroxov fikriga ko’ra, turistik destinatsiya deganda, zamon va makonda mujassamlangan, jadal ravishda ishlab chiqariluvchi va iste’mol qilinuvchi turistik mahsulotlarning yig’indisini tushunish lozim.
“Destinatsiya” tushunchasiga xorijiy va Rossiya ilmiy manbalarda keltirilgan ta’riflar quyidagi jadvalda ifodalangan (1.1-jadval).
1.1-jadval

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish