Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Iqtisodiy fanlar tizimiga nimalar kiradi?
2. Turizm ta’rifi va mohiyati nimani anglatadi?
3. Turmahsulot tarkibiga nimalar kiradi?
4. Turizm to’grisidagi qonunda turizmga shunday tavsif berilgan?
5 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari
1. Turizm (tourism) terminini birinchi bo‘lib 1830 yilda qaysi olim tomonidan qo’llanilgan edi.
A) V. Jekmo
B) Rafael Santi
V) Leanardo da Vinchi
G) Vangok
2. 1963 yilda BMT-ning Xalqaro turizmga oid Rim konferensiyasiga muvofiq “sayyoh” deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida o‘sha yerda turib, sayyohlik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi.
A) 1963 yilda
B) 1959 yilda
V) 1974 yilda
G) 1979 yilda
3. …….. - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi);
A) Turizm
B) turist
V) turistik faoliyat
G) ekskursiya faoliyati
4. …….. - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs;
A) turist
B) turizm
V) turistik faoliyat
G) ekskursiya faoliyati
5. …….. - ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat;
A) turistik faoliyat
B) turizm
V) turist
G) ekskursiya faoliyati
6. …….. - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqaob’ektlar bilan tanishtirish maqsadidaoldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi;
A) ekskursiya faoliyati
B) turizm
V) turist
G) turistik faoliyat
7. …….. - tegishli hududning tabiiy - iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy - madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy - maishiy ob’ektlari majmui;
A) turistik resurslar
B) turizm
V) turist
G) turistik faoliyat
8. …….. - belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar;
A) turistik faoliyat sub’ektlari
B) turizm
V) turist
G) turistik faoliyat
9. …….. - turistik faoliyatning turistlargaxizmat ko‘rsatishni taminlovchi turli subektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport kor-xonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui;
A) turistik industriya
B) turizm
V) turist
G) turistik faoliyat
10. …….. - muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreasiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat;
A) tur
B) turizm
V) turist
G) turistik faoliyat
11. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish rekreatsiya majmuiga kurort deyiladi. “Kurort” so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u “…………..” ma’nosini anglatadi.
A) davolanadigan joy
B) ovqatlanadigan joy
V) yashaydigan joy
G) dam oladigan joy
12. Rekreatsiya so‘zi polyakcha “rekrasia” – dam olish, lotincha “rekratio” - ……….. demakdir.
A) sog’liqni tiklash
B) dam olish
V) yashaydigan joy
G) dam oladigan joy
Do'stlaringiz bilan baham: |