Rekreatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liqligi
Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar singari rekreatsion faoliyat ham o’zining rivojlanish tarixiga ega. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardagi dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barqarorlanishi rekreatsiya tempining o’sishi hamda miqyosning kengayishiga olib keldi.
1950-1976 yillarda xalqaro turizm ko’rsatkichlari*
Yillar
|
Turistlar soni
|
Yalpi valyuta tushumlari
|
Valyuta tushumlari 1 turistga
|
|
Mln kishi
|
1950 yilga nisbatan %
|
Mlrd dollar
|
1950 yilga nisbatan %
|
Dollar
|
1950 yilga nisbatan %
|
1950
|
25,3
|
100
|
2,1
|
100
|
84,0
|
100
|
1960
|
71,2
|
281
|
6,8
|
324
|
95,5
|
114
|
1965
|
113,9
|
456
|
11,0
|
524
|
96,8
|
115
|
1970
|
169,0
|
668
|
17,9
|
852
|
105,8
|
126
|
1973
|
215,0
|
849
|
27,6
|
1314
|
128,1
|
153
|
1976
|
219,0
|
866
|
40,0
|
1860
|
182,7
|
217
|
Xalqaro turistik tashkiloti yilnomalari ma’lumotlari
Shuni ham e’tiborga olish lozimki, sayohat davrida bir turist bir necha mamlakatlarga sayohat qiladi. Shunga ko’ra haqiqatda turistlar soni keltirilgan ma’lumotlardan ozroq.1976 yilda esa daromad ko’rsatkichlari 40 mlrd. dollarga yetdi. Rekreatsiya – sog’lom turmush tarzining uzviy tarkibiy qismidir. Jahon xalqlari madaniyati, turmush tarzini o’rganish barobarida o’z milliy madaniyati, qadriyatlarini namoyish etish orqali, jahon hamjamiyatiga qo’shilish o’z navbatida rekreatsiyaning asosiy vazifalari qatorida turadi.
Rekreatsiyaning umumiy vazifa bajarishini to’rtta asosiy guruhga ajratish mumkin. Ular quyidagilar: 1) tibbiy biologik 2) ijtimoiy-madaniy 3) iqtisodiy 4) siyosiy vazifa bajarishi.
Tovar-pul munosabatlariga ko’ra, rekreatsiya yana boshqa vazifani ham bajaradi. Masalan, 1) dam oluvchi rekreatsion faoliyatda ishtirok etadi va rekreatsion faoliyatning kengayishiga o’z hissasini qo’shadi. Rekreatsion faoliyatning ko’plab madaniy-maishiy muassasalarning paydo bo’lishi, ish o’rinlarining ko’payishi imkonini beradi; 2) rekreatsiya pul-tovar yoki xizmatlarning aylanishiga ta’sir ko’rsatadi. Rekerantlar soni qancha ko’p bo’lsa, bu aylanish shuncha tezlashadi; 3) xorijiy turistlarning tashrifi esa mamlakat uchun valyuta tushumlarining ortishiga olib keladi.
Rekreatsiyaning g’oyaviy-siyosiy vazifa bajarishi ham kishilarda tabiatga xalqlarga, ularning rivojlanish tarixi, turmushining afzal xususiyatlarini anglashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Turizm kishilarda baynalminallik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik kabi tuyg’ularning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Mamlakatlar, millatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning kengayishiga yo’l ochadi. Turli kasb egalari uchun malaka oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |