2) Finlandiya davlatining turizm iqtisodi. Finlandiya Yevropaning shimolida. Skandinaviya yarim orlida joylashgan. Bu davlat iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi. Hududi 338.2 kv.km.. bo’lib. bu jihatdan qit’ada beshinchi o’rinda turadi. Mamlakat aholisi 5.1 million kishini tashkil etib. 93%i finlardan iborat. Eng yirik shaharlari: Xelsinki. Tamperya. Turku. Finlandiyani mahalliy aholi “Suomi” deb ataydi. Yevropa Ittifoqi a’zosi. Hududining 6.9%i o’rmonlar. 8% igina qishloq xo’jaligi uchun yaroqlidir. Chunki qolgan qismi botqoqlik va ko’llardan iborat. Ana Shunday ko’llar soni 180 mingdan ortiq bo’lib, o’rtacha chuqurligi 7 metr atrofida. Shu sababli Finlandiyani “Ko’llar mamlakati” deb ham yuritiladi. YAMM 81.8 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga esa 22.3 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Finlandiya mamlakatiga kelgan chet el mehmonlarining asosiy qismi mamlakat poytaxti Xelsinkiga tashrif buyuradi. Chet el mehmonlarining turistik kunlarini 38%i mamlakat poytaxti Xelsinkiga to’g’ri keladi. Mamlakat aholisining atigi 7.3% gina o’z ta’tillarini Xelsinkida o’tkazadilar. Aholining katta qismi o’z dam olish kunlarini Finlandiya ko’llarida o’tkazadilar. Mamlakat fuqarolari asosan AQSH. Kanada. Meksika. Fransiya. Avstriya. Ispaniya. Italiya. Germaniya. Shveysariya mamlakatlariga sayohatlar uyushtiradilar. Finlandiya mustaqil O’zbekistonni 1991 yilning 30 dekabrida tan oldi va 1992 yilning 26 fevralida diplomatik munosabatlar o’rnatdi. Ikkala mamlakat o’rtasida aloqa vositalarini yangilash bo’yicha shartnomalar tuzilgan.
3) Norvegiya davlatining turizm iqtisodi. Norvegiya Yevropaning shimolida joylashgan davlat. Skandinaviya yarim orolining Shimoliy qismini egallagan. Shpitsbergen arxipelagi. Yan-Mayin va boshqa bir qancha orollar Norvegiyaga tegishli. Hududi 234.2 ming kv.km.. aholisi 4.4 mln. kishi. Yirik shaharlari: Oslo. Bergen. Tronxeym. Stavanger. NATO a’zosi. Norvegiya yuqori darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiyotda neft va gaz sanoati etakchi bo’lib. YAMMning 14% ni. umumiy eksportning 30% ni tashkil etadi. YAMM 95.7 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga 22170 AQSH dollarini tashkil etadi. Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallaydi. Norvegiya jon boshiga etishtiriladigan YAIM bo’yicha eng yuqori o’rinlarni egallaydi. Norvegiyada ichki hamda xalqaro turizmning asosiy markazi muzeylarga boy bo’lgan Oslo shahri hisoblanadi. Bu yerda Norvegiyaning yotoqxona biznesining 30%ga yaqin nomyer fondi joylashgan. Nomyer fondining yana 10%i boshqa ommabop turistik hudud Bergen shahriga to’g’ri keladi.Skandinaviya mamlakatlaridan Shimoliy Amerikaga emigratsiya uyushtirilganligi sababli Norvegiya aholisining ko’pchiligi shimoliy Amerikaga turistik safarlarga chiqadilar. O’zbekiston va Norvegiya o’rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o’rnatilgan.