Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


(3-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun)



Download 1,5 Mb.
bet28/38
Sana27.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#414523
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH USULLARI”Abdullayeva (Adilova) Sohiba

(3-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun)
1. Bu o‘yin bolalarni prdemetlarni qayerga tegishli ekanini aniqlashlariga yordam beradi. Buning uchun siz qoshiq, kitob, daraxt, likopcha, doska, qalam, sumka, javon, lampa va hokazolarning kichikroq rangli suratlari va kattaroq qilib chizilgan oshxona, tabiat va maktab suratlarini yonma-yon qo‘yib chiqishingiz kerak. Shundan so‘ng bolalar kichikroq hajmdagi predmetlar qayerga tegishli ekanligini topishi kerak.
2. Bolalarga bundan ham qiziqarliroq bo‘lishi uchun o‘rmon va hovlili uy-joy hamda uy va yovvoyi hayvonlar tasvirlangan suratlarni chizing. Barcha rasmlarni a ralashtirib chiqing. Bolalar hayvonlar uyda boqiladimi yoki o‘rmonda yuradimi, shuni topib o‘rniga qo‘yishlari kerak. Bu o‘yin o‘ynalayotganda o‘rmonda va uyda yana qanday hayvonlar bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘ting va iloji boricha ularning rasmlarini chizib ko‘rsating. Keyingi safar yana shu o‘yinni o‘ynayotganingizda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning qanday ovoz chiqarishi, qanday yurishi haqida ham gapirib bering. Bu o‘yin-mashg‘ulot bolalarning hayvonot dunyosi haqidagi tasavvurlarini oshiradi.
Shamol esmoqda” o‘yini
Bolalar doira bo‘lib stullarga o‘tirib oladilar. Boshlovchi: “Kiyimida qizil rang bo‘lganlarga shamol esmoqda”- deydi. Shunda kiyimida qizil rangi bo‘lgan bolalar o‘rinlaridan turib, joylarini almashtirishlari kerak. Aynan shu paytda boshlovchi o‘ziga bo‘sh stul topib o‘tirib oladi. Stulsiz qolgan bola boshlovchilik qiladi. Barcha bolalarni turg‘azib yuborish uchun “Bo‘ron boshlandi” deyish mumkin.
Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq ko‘rinishlar keltiriladi. SHu sababli bola bilan o‘yin tashkil etishda uning individual xususiyatlari hisobga olish kerak. Agar bola topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga bir muncha murakkabroq topshiriq beriladi, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. Topshiriq bajara olmagani uchun uni kiynash kerak emas
Bolalarga u yoki bu narsalarni o‘rgatibgina qolmay, ularda o‘ziga ishonch, dadillik, fikrn; himoya qila olish, qarorida qat’iy turish kabi xislatlarni ham tarbiyalash zarur. Bu ayniqsa ijodiy topshiriqlarni bajarishga tegishli. Bola tanqidni to‘g‘ri tushunishi, o‘zining yangi g‘oyalarini dadillik bilan ilgari sura olishi kerak.[10,17]


XULOSA
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning sayohatlari ularning tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, tejamkorlik bilan ish ko‘rishi va zarur bo‘lganda, unga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor turib, boshqalarni ham shunga undaydigan darajada bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Tarbiyachi yuksak darajadagi umumiy ekologik madaniyat va kasb-mahoratni egallagan bo‘lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirgan, tabiat va atrof­muhitni muhofaza qilishga salbiy ta’sir etmaydigan bolalarni tarbiyalashi zarur.
Tabiat bolalarning tevarak-atrofga kuzatuvchanligini oshiradi, voqea-hodisalarining sodir bo‘lish sabablarini aniqlashga qiziqishlarini kuchaytiradi. Natijada bolalarning idroki, tasavvuri, qobiliyati, topqirligi, mustaqilligi rivoj topadi. Ayniqsa, bolalarga borliqdagi narsa-hodisalarning yaxlit ko‘rinishida qismlardan, qism ko‘rinishida esa yaxlitlikdan tarkib topishini idrok etishlariga, olam bir butunligini anglab etishlariga, hayot go‘zalliklaridan ma’naviy zavq olishlariga va shu go‘zallikni qadrlashlariga o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning tabiati-bola uchun kerakli bo‘lgan bilim va taasurotlarga ega bo‘lishiga yordam beruvchi manba xisoblanadi. Atrof muhitda mavjud bo‘lgan jonsiz va ayniqsa tirik tabiat ob’ektlariga bo‘lgan qiziqish bolalarda erta paydo bo‘ladi. Bolalar sayohatlar davomida hamma narsani ko‘rib boradilar. Oromgohlar, yo‘l ustidagi mexnatsevar chumoli, qalin o‘t ustidagi kichkina o‘rgimchak, vizillab uchayotgan ari. Ular haqida fikr yuritishga harakat qiladi.
Bola tabiat boyligimiz ekanligini, inson o‘z hayoti uchun zarur hamma narsani undan olishini, tabiat insonni boquvchi, uning tuyg‘ulari, xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vosita ekanligini tushunib etishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat va atrof-muhitdan ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiatni sevadigan, uni asrab avaylovchi, odobli, erkin fikrlovchi, milliy g‘urur egasi, barkamol va sog‘lom avlod qilib tabiyalashdan iboratdir.
Tabiatda har xil holatlar bo‘lib turadi, shu tufayli ham ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Tabiatdagi barcha mavjudodlarning hammasidan turmushda foydalaniladi, hayotda keraksiz narsa yo‘q, mavjud barcha narsalar hayotning yagona tizimida bo‘lib, tizimning bittasi buzilsa, qolganlari ham shu yo‘nalishda buzilib ketishi mumkin. SHuning uchun tabiatdagi hamma narsalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni bolalar ongiga bog‘cha yoshidan boshlab singdirib borishni hayotning o‘zi taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan sayohatlar ko‘p jihatdan ularni psixik rivojlanishi(xotira, diqqat, nutq, tafakkur) umumiy mantiqiy fikrlash darajasi, qiziqishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak.
Ularni tabiat tanishtirishda turli rasmlardan, jonli ob’ektlardan, shuningdek bahor, yoz oylarida bog‘larga, hiyobonlarga, suv havzalariga sayr va sayohatlar uyushtirishdan unumli foydalanish muhimdir. SHuningdek, suhbatlar, o‘yinlar o‘tkazish, she’r va topishmoqlarni yod oldirish, ertak va hikoyalarni muntazam tarzda o‘qib berish maqsadga muvofiqdir.
O‘tkazilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, tajriba-sinovlar, sayohatlar maktabgacha ta’lim tashkilotalari bolalari uchun juda samarali ekanligini to‘la isbotladi. Bu o‘z navbatida bolalarning ekologik bilimlarini oshirishga, ona-tabiatni asrab avaylashlariga ijobiy ta’sir etadi.
YAkuniy xulosalab shuni aytish joizki, sayohatlarnirejalashtirishda bolalarni har tomonlama chiniqtirish, ularning sog‘ligini, yosh xususiyatlarini inobatga olish va ishlarni, tadbirlarni shu asosda tashkil etish lozim bo‘ladi. Bunda tarbiyachi o‘zining ishini to‘g‘ri tashkil eta olish qobiliyatini hamda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarni tashkil eta bilish layoqatlarini ko‘rsata bilishlari juda muhimdir. Bu esa tarbiyachining kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
SHundan kelib chiqib, tarbiyachilarning tabiatga oid bilim darajalarini yanada ko‘proq boyitish maqsadida ularga zarur ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish lozim.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish