Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM-2004 guruh talabasi Jalilova Shahlolaning Jahon adabiyoti fanidan 7-seminar mavzusi bòyicha tayyorlagan prezentatsiyasi Abdulla Qodiriy ijodi va 1-òzbek romani. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi Abdulla Qodiriy o‘zbek tarixiy romannavisligiga asos soladi. U 1-òzbek romanini yozgan. O‘zining “Mehrobdan chayon” romanida yozuvchi haqiqat yo‘nalishi an’analarini sezilarli boyitgan, qahramonlarning psixologik shakliga muhim hissa qo‘shgan, insonning ichki dunyosini ifoda etishning yangi usullarini ochgan, qahramonlarning fe’l-atvori o‘zgarishini ko‘rsatib bergan. Ijodiy ishlari: “O‘tgan kunlar” (roman), “Mehrobdan chayon” (roman), “Obid ketmon” (qissa), “Girvonlik Mallaboy”, “Xotinboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Yovuz ruhlar iskanjasida”. Realizm estetikasi. Ernest Xeminguyey ijodida realizm Realizm taraqqiyotidagi ikkinchi bosqich ma'rifatchilik davrjga to'g'ri keladi. XVIII asrda ingliz realistik romani vujudga keladi (D.Defo «Robinzon Kruzo» romani bilan ushbu janrga asos soladi). Inson aqliga, uning imkoniyatlariga yuqori baho beruvchi ma'rifatchilik realizmi hayot hodisalari va insonlar xatti-harakatlarini aqlga muvofiq yoki muvofiq emasligidan kelib chiqib baholar edilar. Aqlga to'g'ri kelmaydigan xatti-harakat deganda barcha qoloq urf-odatlar, eskirgan tartibotlar tushunilar edi. Shu sababli ma'rifatchilaming ijobiy qahramonlari o'tkir aqli bilan ajralib turadilar, salbiylari esa qoloq, johil odamlar. Ma'rifatchilik realizmi shartlilikka yo'l qo'yadi, fantastik elementlardan foydalanadi. (Masalan, Defo, Svift qahramonlari yoki Gyotening «Faust» asanni misol qilib keltirish mumkin;. XIX asrda realizm yangi bosqichini boshladl Flober, Mopassan, rus adabiyotida Lev Tolstoy, A. P. Chexov kabi yozuvchilar ijodda renessans va ma'rifatchilik realizmidan farqlanuvchi xususiyatlarini namoyon qildilar. Fransuz adibi Floberning «Bovari xonim» romanida realizm an'analaridan keskin uzilish seziladi, bu asar realizmga xos hayot haqiqatiga sodiqlikni yaqqol namoyon qiladi. Endi insonning ijtimoiy hayot bilan munosabati, uning taqdiriga ijtimoiy muhit, tartibotlar ta'siri diqqat markaziga ko'chadl Ayni paytda inson ruhiyati, qalbi tahliliga alohida e'tibor beriladi. XX asr jahon adabiyotida ingliz adibi S.Moem, amerikalik E.Xeminguey, Lotin Amerikasi adibi Gabriel Garsia Markes singari adiblar ushbu oqimning eng ko'zga ko'ringan, uning rivojiga katta hissa qo'shgan va ayni paytda uni ulkan kashfiyotlari bilan boyitgan, biri ikkinchisini takrorlamaydigan o'ziga xos ijodkorlardir Fransiyada yashab yurgan kezlarida Xeminguey juda ko'p sayohat qiladi Parijda yashovchi amerikalik yozuvchilar Gertruda Stayn, Ezroy Paund, Skott Fisjerald bilan tanish edi Xeminguey ilhom bilan ijodga sho'ng'iydi Uning shiori «Muhimi bir satr bo'lsa ham haqiqatni yozish, qolgani esa o'z-o'zidan bo'laveradi» edi. Xemingueyning ilk kitobi 1923-yilda «Uch hikoya va o'n she'r» nomi bilan chiqadi, keyinroq esa «Bizning kunlarimizda» hikoyalar to'plami bosiladi. Mazkur to'plam Xemingueyning o'ziga xos uslubi, o'z qahramonini topganidan dalolat beradi E'tiboringiz uchun Tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |