Abdulla qahorni "Sarob " romani,hikoyalari "O'gri " bemor anor asarlarini uqish va tahlil qilish Reja


-dars. Odil Yoqubov hayoti va ijodi



Download 0,66 Mb.
bet9/31
Sana12.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#883817
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

8-dars. Odil Yoqubov hayoti va ijodi
Reja:

  1. Adibning hayot va ijod yo‘li

  2. Tarixiy mavzudagi romanlari

  3. Ulug‘bek xazinasi”da ulug‘ alloma fojiasining aks etishi.

Odil Yoqubov o’zining faol ijtimoiy ishlari, jurnalistika va badiiy ijod sohasidagi faoliyati bilan respublikamizda hozirgi adabiy – badiiy tafakkur rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatgan adibdir. Uning “Muqaddas”, “Bir felyeton qissasi” qissalari, “Namangan tomonlarda ” , “Qishloqdagi fojia” singari publistik maqolalari, ulkan anjumanlardagi nutqlari, “Diyonat” , “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo” romanlari keng jamoatchilikning e’tiborini o’ziga tortdi, xususan “Ulug’bek xazinasi”, “Diyonat” jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima etilib , o’zbek adabiyotining bugungi kamolotini namoyish etuvchi asarlarga aylandi.
Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida shakllanishida adib boshidan o’tgan voqealar , hayotiy tajribalari muhim ahamiyat kasb etgan. Odil Yoqubov
1926- yili qadimiy Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq ( hozirgi Otaboy) qishlog’ida tug’ilgan . Xalqimizning azaliy udumlari, mo’’tabar an’analari yaxshi saqlangan , zaxmatkash odamlari , tiniq buloqlari , so’lim bog’lari, bepoyon yaylo’vlari , yam-yashil qirlari dillarni maftun etuvchi bu qishloq bo’lg’uvsi yozuvchining ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi. Adibning yozishiga , otasi Egamberdi Yoqubov 1916- yil mardikorlikka olinib , Belorussiya o’rmonlarida daraxt kesib , rus tilini o’rganib, qishloqqa qaytgan. Ota farzandlari tarbiyasiga alohida e’tibor bergan, xonadonda kitobxonlik odat tusini olgan , “Ming bir kecha ” , “O’tgan kunlar” singari mashhur asarlar ishtiyoq bilan mutolaa qilingan.
1937- yili butun mamlakatda ro’y bergan fojia Odil Yoqubovlar xonadoniga ham kulfat keltirdi, jamoat arbobi Egamberdi Yoqubov shaxsga sig’inish davri qurboni bo’ldi. Birgina uzatilgan qizidan boshqa to’rt norasida beva ayol qo’lida qoladi. Johil, shafqatsiz kimsalar “ xalq dushmani” ning bevasi va farzandlarini tahqirlaydilar. Ammo o’sha ma’lum kunlarda olijanob odamlar jabrdiydalarga muruvvat ko’rsatadilar , madad qo’lini cho’zadilar. Shular madadida oila qaddini rostlab oladi.
Bo’lg’uvsi yozuvchi uchun yana bir sinov – Vatan urushi davri boshlanadi. Qurol ushlashga yaroqli erkaklar jangga otlanadi, qishloqdagi og’ir ishlar chollar , ayollar, o’spirinlar yelkasiga tushadi. Odiljon ham o’qishni tashlab, qo’liga ketmon oladi. Urushning oxirgi yili Qarnoqdan armiyaga olingan qirqta yigit qatori Odiljon harbiy xizmatga jo’naydi. Uzoq Sharqda Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashadi. Nihoyat , 1950-yili harbiy xizmatdan qaytib Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida ta’lim oladi. O’qishni tugatgach, salkam o’n yil “Литературная газета” ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri , “O’zbekfilm” kinostudiyasida , G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, “O’zbekiston adbiyoti va san’ati” gazetasiga bosh muharrir, 1987- yildan respublika yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi, 1991- yildan esa respublika Atamalar qo’mitasi raisi bo’lib ishlaydi. Yozuvchi “Литературная газета”ga muhbir bo’lib yurgan kezlarda respublikani necha bor kezib chiqdi, xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Yozuvchining boshidan kechirganlari , hayotiy tajribalari, ko’nglida chuqur iz qoldirgan voqea-hodisalar asarlarida turli ko’rinishda o’z ifodasini topdi.
Yozuvchi ijodida zamondoshlar obrazi va davr muammolari talqini
Odi; Yoqubov adabiyotga o’z tengdosh – zamondoshlari kuychisi, solno- machisi sifatida kirib keldi, asarlarida birinchi galda o’z davrining o’tkir, ijtimoiy- ma’naviy masalalarini ko’tardi. Odil Yoqubov harbiy xizmatda ekanidayoq ko’p ijodiy mashqlar qilgan. 1952-yili “Tengdoshlar” degan qissasi bosildi. Shundan keyin o’n yil davomida bir necha asarlar e’lon etdi. Ammo Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari 1960- yilda yozilgan, 1961-yili e’lon etilgan “Muquddas” qissasi bo’ldi. Ham ma’yus , ham allaqanday nurli ohanglarga to’la bu sevgi dostoni qizg’in bahs- munozaralarga ozuq berdi. Bu asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi , halollik, adolat, diyonat kabi masalalr ko’tarilganedi.
Muallif “Muqaddas” qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o’zi qalamga olgan hodisalarni murak – kabligi, ziddiyatlari, chinakam nafosat bilan kitobxonga yetkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda sammiy hikoya qilingan . Eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo’lgan gap kitobxon ko’nglini hayajonga soladigan go’zal bir badiiy shaklini topa olgan. Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o’z irodasiga , vijdoni , e’tiqodiga xilof ravishda xudbinlik ko’chasiga kiradi. O’zgalar manfatlariga zid bu xatti- harakat avvalo qahramonning o’zi uchun noxushlik olib keladi; eng aziz bisoti- sevgisidan, sevgilisidan judo bo’ladi. Sharifjonning qing’ir yo’llar bilan sevgilisi Muqaddas o’rniga o’qishga kirib qolishi- bir tasodif. Ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko’radi, ya’ni bu dunyoda ko’pchilik manfaatiga zid xatti-harakat o’sha odamning shaxsiy manfatiga zid tushishi mumkinligini juda nozik va ta’sirchan ifoda etadi.
Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini tasdiq etuvchi asar sifatida ham qimmatli. “Muqaddas” so’zi faqat qissa qahramoni nomi bilangina bog’liq bo’lmay , yozuvchi asarda zo’r ehtiros bilan ilgari surgan – vijdon, burch, diyonat,imon-e’tiqod g’oyasini ham o’zida ifodalaydi. “Muqaddas” dan tortib “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanlariga qadar e’tiborga sazovor barcha asarlarida xuddi shu muammo adibning diqqat markazida turadi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish