ABDULLA QAHHOR
(1907 – 1968)
O`zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan Abdulla Qahhor 1907 – yil 17 – sentyabrda Qo`qonda temirchi oilasida dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o`tkazish uchun Qo`qon atrofidagi Buvayda, Yaypon, Oqqo`rg`on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko`chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo`nim topmasdi. Bu ta`sirchan, xayolparast va tortinchoq Abdullaga yamon ta`sir qilardi. U brogan joydagi bolalarga qo`shila olmasdi. Bo`lajak yozuvchi dastlabki ma`lumotni Buvadadagi eski maktabda oldi. So`ng Oqqo`rg`on qishlog`idagi yotoqmaktab(enternat)da o`qidi. 1992 – 24 – yillarda Qo`qonda ochilgan o`qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil ko`rdi.
Abdulla Qahhor 1925 – yili Toshkentga kelib, kechasi o`qib, kunduzlari “Qizil O`zbekiston” gazetasida ishladi. 1926 yilda SAGUning tayyorlov fakultetini bitirgan A. Qahhor 1930 – yilda O`rta Osiyo Davlat universitetning pedagogika fakultetini tugatdi.
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 – yildan boshlagan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Farg`ona” va “Qizil O`zbekiston” gazetalarida uning hikoya, felyeton va xabarlari bosildi. 1935, 1938, 1939 – yillarda adibning uchta “Hikoyalar” to`plami kitobxonalar qo`liga tegdi. Abdulla Qahhor katta shuxrat keltirgan “Sarob” romani 1934 – yilda yozildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, qissa va hikoyalari e`lon qilindi. “Asror bobo”, “Dardoqdan chiqqan qahramon”, “Kampir sim qoqdi”, “Xotinlar” hikoyalari va “Oltin yulduz” kabi qissalari o`zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi mahorat bilan ifodalangan. Yozuvchi urushdan kiyingi yillarda “Qo`shchinor chiroqlari” romani, “Shohi so`zana” (1951), “Og`riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan o`zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo`shdi. Adibning “Senchalak” (1958), “Muxabbat” (1968) “O`tmishdan ertaklar” (1965) qissalari o`zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo`lib qo`shildi.
O`zbek kitoblari M.Gorkiyning “Mening dorilfununlarim” (1935), F. Glodkovning “Olovli ot” (1933), L. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanining 1 – 2 kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni Abdulla Qahhor tarjimasi o`z ona tillarida o`qishga muvaffaq bo`ldilar.
Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun A. Qahhor “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berildi. U 1968 – yilning 25 – mayida vafot etdi.
O`G`RI
(O`tmishdan)
Otning o`limi itning bayrami
Maqol.
Kampir tong qorong`isida hamir qilgan turib ho`kizidan xabar oldi. O!... ho`kiz yo`, o`g`il cho`cha tomondan teshilgan…. Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho`kizi yo`qolmasin. Bir qop somon, o`n – o`n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho`kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab quyish kerak bo`ladi.
Odamlar dod ovoziga o`rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi… Ammo kampirning dodiga odam tez to`plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan o`g`il eshigi yonida turib dag` - dag` titraydi, tizzalari bukulib – bukulib ketadi, ko`zlar joydiraydi; hammaga qaraydi, ammo hechkimni ko`rmaydi.
Xotinlar o`g`rini qarg`aydi, it huradi, tovuqlar qaqag`laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho`kiz sig`ishiga qal ishonmasligi to`g`risida kishilarga gap ma`qullaydi.
Qobil boboning qo`shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U o`g`ilga kirib teshikni, ho`kiz bog`langan ustinni diqqat bilan ko`zdan kechirdi, negadir ustunni qimirlatib ham ko`rdi, so`ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi:
-
Ho`kizingiz hech qayoqqa ketmaydi, topiladi.
Uning og`ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag`ishlagan edi, bu so`zi haddan ziyoda sevintirdi. Chol yig`lab yubordi.
-
Xudo xayr bersin … Ola ho`kiz edi…
Odamlar o`g`ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho`kiz qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishlari mumkin ekanligi to`g`risida bahslasha – bahslasha tarqaldi. G`ovur bosildi. Qobil boboning kampiri yig`idan to`xtab, ellikboshini duo qila ketdi.
Ellikboshi o`g`ri teshgan yerni yana bir ko`rdi. Qobil bobo qo`l qovushtirib, uning ketidan yurar va yig`lar edi.
- yig`lama, yig`lama deyman! Ho`kizning oq poshsho qo`l ostidan chiqib ketmagan bo`lsa, topiladi.
Ellikboshi ho`kizni juda naqd qilib qo`ydi – go`yo u kechaga chiqdi bas – ho`kiz topildi. Bu “xudo yarlaqagur” shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozimda. Tekinga mushuk aftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo`lish uchun ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o`ziga yeti yuz bog` beda, bir toy bergani ma`lum. Podsholikdan oylik yemasa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. Ellikboshi beto`xtov aminga xabar qilmoqchi bo`lib chiqib ketdi.
Qobil bobo ro`poro bo`lganda amin o`g`rini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltiribkuldi.
-
Ha, sigir yo`qoldimi?
-
Yo`q…. sigir emas, ho`kiz, ola ho`kiz edi.
-
Ho`kizmi? Ho`kiz ekan – da. Hmm.. Ola ho`kiz?
Tavba….
-
Bor – yog`im shu bitta ho`kiz edi…
Amin chinchalog`ini ikkinchi bo`g`inigacha burniga qaqib kuldi.
-
Yo`qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho`kiz edi?
-
Ola ho`kiz…
-
Yaxshi ho`kizmidi yo yomon ho`kizmidi?
-
Qo`sh mahali…
-
Yaxshi ho`kiz birov yetaklasa keta beradimi?
-
Bisotimda hech narsa yo`q…
-
O`zi qaytib kelmasmikin!... birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo`yilmagan ekan – da! Nega yig`lanadi? A? Yig`lanmasin!
Qobil bobo yerga qarab tek qoldi.
- Qidirtirsakmikin – a? – dedi amin chinchalog`ini etigining ostini artib. – Suyunchisi nimabo`ladi? Suyunchidan chashna olib kelmadimi?
Aminning bu gapi Qobil boboga ,,Ma,ho`kizining” deganday bo`lib ketdi.
-
Kam bo`lmang, dedi pulni o`zatihb, - yana xizmatingizdaman.
-
Men beto`xtov pristavga xabar beraman. O`zi chaqirtiradi.
Bir hafta o`tdi. Bu bir hafta ichida kampir ,,duoning zo`ri bilan qulf ochadigan” azayimxonga obdastagardon qatnab, yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq jo`xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo`ldi:
- Ha, ho`kizni uylariga eltib berilsinmi? Axir, borilsin, arz qilinsinda! Fuqoroning arzga borishi arbobning izzati bo`ladi!
Qobil bobo yor – do`stlar bilan kengashdi – pristavga puldan boshqa nima olib bora bo`ladi? Ma`lum bo`ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan.
Uchta tovuq, garchi biri kurk bo`lsa ham, Qobil boboning o`zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo`ni – qo`shni, yor – birodarlar o`zaro yig`ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o`tib bo`lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto`xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va`da qildi. Choning butun bo`g`inlari bo`shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go`rda, bir narsa deya olmadi? ,,O`ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan”. ,,Yaxshilab tushuntirilgan” pristav bitta kulangir, bitta frangi tovuq, uch so`m pul olganidan keyin, Qobil boboning baxtiga, ,,beto`xtov hokimga xabar beraman” demasdan, ,,aminga bor” deb, qo`yaqoldi. Amin ,,ellikboshiga borilsin”, dedi.
- Gumoningizni ayting bo`lmasa! – dedi ellikboshi tajang bo`lib, - kim olganini men bilmasam, avliyo bo`lmasam! Olgan odam alloqachon so`yib saranjomladida! Uzoq demasangiz, erinmasangiz ko`nchilikka borib terilarni bir qarab chiqing. Ammo terisi ko`nchilikka tushgan bo`lsa, alloqachon charm bo`ldi; xudo biladi, kavush bo`lib bozorga chiqdimi…
- endi bizga juda qiyin bo`ldi – da. Peshonam sho`r bo`lmasa… - dedi chol yerga qarab.
- Ey, yosh bolamisan! Nega yig`laysan? Kap – katta odam… Bitta ho`kiz bo`lsa bir gap bo`lar, xudo ajalga to`zim bersin! Men qaynatamga aytayin, sizga bitta ho`kiz bersin. Bitta ho`kiz odamning xudimi?
Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtapurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho`kiz berdi, lekin ,,kichkinagina” sharti bor. Bu shart kuzda ma`lum bo`ldi….
BEMOR
Osmon yiroq, yer qattiq.
Maqol
Sotiboldining xotini og`rib qoldi. Sotiboldi kasalni o`qitdi – bo`lmadi, tabibga ko`rsatdi. Tabib qon oldi. Betobni ko`zi tinib, boshi aylanadigan bo`lib qoldi. Baxshi o`qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so`yib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo`ladi. Bunday vaqtlarda yo`g`on cho`ziladi, ingichka uziladi.
Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona to`g`risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko`milgan baland va chiroyli imorat; shisha qabzali kulrang eshigiga qo`ng`iroq tugmasi bor. Chigit po`choq va kunjara bilan savdo qiladigan xujayini Abdug`aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o`ladigan bo`lganida Sotiboldining ko`z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so`milk pul kelar edi.
Bemor og`irlashdi. Sotiboldi xo`jayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdug`aniboy uning so`zini eshitib ko`p afsuslandi, qo`lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so`radi:
- Devonoi Bahouddinga hech narsa ko`tardingmi? G`avzula’zamgachi? – Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo`ldi – har xil savatchalar to`qishni o`rgandi. U ertadan kechgacha oftob – shuvoqda gavronlar ichida ko`milib savat to`qiydi. To`rt yashar qizchasi qo`liga ro`molcha olib, onasining yurini karaxt, xira pashshalardan qo`riydi; ba`zan qo`lida ro`molcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hamma joq jim. Faqat pashsha g`ing`ilaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqin – yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi:
“Hey do`st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo…”
Bir kecha bemor azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qo`shnisi – bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning to`zigan sochlarini tuzatdi, u yoq – bu yog`ini siladi, so`ngra… o`tirib yig`ladi.
- Begunoh go`dakning saharda qilgan duosi ijobat bo`ladi, uyg`oting qizingizni! – dedi.
Bola anchagacha uyqu g`ashligi bilan yig`ladi, keyin otasining g`azabidan, onasining ahvolidan qo`rqib, kampir o`rgatganicha duo qildi:
-
Xudoyo ayamni daydiga davo bergin…
Bemor kundan – kun battar, oxiri o`sal bo`ldi. ,,Ko`ngilga armon bo`lmasin” deb, “chilyosin” ham qildirishgato`g`ri keldi. Sotiboldi to`qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko`tardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday bo`ldi; shu kechasi hatto ko`zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
- xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, saharlari uyg`otamang.
Yana ko`zini yumdi, shu yumgancha qaytib ochmadi – saharga borib uzuldi. Sotiboldi qizchasini o`lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda, qizcha uyg`ondi va ko`zini ochmasdan odatdagicha duo qildi:
-
xudoyo ayamdi daydiga davo beygin…
ABDULLA QAHHOR O`Z ASARI HAQIDA
Mening “O`g`ri” degan hikoyam 1936 – yili … yozilgan edi. Hikoya bolaligimda meni qurshab olgan turmush, eski davrni ko`rsatishga bag`ishlangan. Ammo men “Anor”dagi Babar, “Bemor”dagi o`zimning onam singari, bu hikoyada ,,mobel” xizmatini o`tagan odamni ko`rgan, voqeani shohidi bo`lgan emasman. Bu kartinani, garchi uni yozishda xotiramanda qolgan va yon daftarimdan olingan ba`zi tasvir vositalari hamda detallardan foydalangan bo`lsam ham, o`zimcha tasavvur qilganman, o`ylab chaqirganman. Gap bus afar xotira daftaridan ana shu detallar ustida ketyapdi. Ulardan xarakterlar qad ko`tardi. Bu esa prozoda detalning berilgan ta`limning nihoyatda muhim samarasi edi.
Kunlardan birida xotira daftarimga xalqning hazil – mutoyibalaridan, “Yo`qolmasdan ilgari bormidi?” degan iborani yozib qo`ydim. “O`g`ri” hikoyamni yozayotganimda shu ish berib qoldi. Shunchaki beg`araz hazil uchun aytiladigan bu iborani keksa dehqon ho`kizi o`g`irlanganidan shikoyat qilib borganda aminning tilidan ayttirgan edim, o`tkir piching ma`no kasb etadi. Mening ixtiyorimdan tashqari iktimoiy umumlashgan kuchga ega bo`ldi, ayni choqda intivudial shaxs xarakterini ochib yubordi.
Bu hikoyani men boshdan – oyoq detallar, xarakterli savol – javoblar asosida qurganman. Keyin hayotda o`rnitagida yo`q keksa dehqon, uning ustidan mazax qiluvchi, farazlarim samarasi bo`lgan amaldorlar ham men real hayotdan ko`chirib yozgan ilgariga qahramonlarimga qaraganda birmuncha jonliroq ekanligini ko`rib, hayratda qoldim va sevinib ketdim.
Badiiy asar tili
Badiiy asar tili shoir va adiblar tomonidan pardozlangan, jilolangan poetic tildir. Badiiy asar tilida adabiy qoidalardan chekinish, qahramonlar tilining o`ziga xosligini ta`minlash uchun sheva unsurlarini qo`llashga to`g`ri keladi. Odamlar bir – biridan faqat tashqi ko`rinishlari, bo`y – bastlari bilangina emas, balki, ko`proq darajada, so`zlashish tarzlari, ohanglari, ya`ni tillari bilan ham farq qiladi. Badiiy asarlarda mualliflar ana shu farqlarni aks ettirishga, har bir adabiy qahramonni o`ziga xos til bilan gapirtirishga harakat qilishadi.
Badiiy asar tili – adabiy tildan ham, so`zlashuv tilidan ham farq qiladigan, ayni vaqtda, ularning har ikkalasiga tayanadigan tildir. Yozuvchi hayot voqealarini tasvirlar, odamlarning ruhiyatini ko`rsatar, timsollar yaratar ekan, jonli til boyliklaridan va adabiy til normalidan o`rni bilan foydalanadi. Shu tariqa, ham jonli tilning, ham adabiy tilning o`sishiga ma`lum hissa qo`shadi. Yozuvchi asarning mavzusi, tasvirlanayotgan voqealarning mohiyati va davri, ayniqsa, qahramonlarning harakteriga qarab, asar tilini belgilaridan, sheva unsurlaridan, eskirib, iste`moldan chiqqan so`zlar va faqat bir guruh odamlargagina tushunarli bo`lgan jargonlardan ham foydalanadi. Ayni shu jihatlar asarning o`qishli, qiziqarli bo`lishini ta`minlaydi.
Agar badiiy asardagi barcha qahramonlar adabiy til qoidalariga mos tilda so`zlashadigan, qilib tasvirlansa, bu xildagi asarlar juda zerikarli, shirasiz, sun`iy, hayotdan yiroq bo`lib qoladi. “Bemor” pirning o`ziga hikoyasidagi qizning o`ziga xos bolalarcha tili, chorasiz kampirning o`ziga xos so`zlashuv uslubi, Abdug`aniboyning boshqalarnikiga o`xshamagan nutqi asarning jozibasini ta`min etgan omillardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |