Abdulla Qahhor



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#261204
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Abdulla Qahhor. Anor [@e kutubxona](1)

QAYG‘ULAR
–  Nega mening  boshimni  qashlaysiz?
– Men o‘zimning boshim debman.
Latifa
Go‘zal  bir  yigit  eshikni  qoqdi.  Sochiga  bitta-ikkita  oq
oralagan  xotin  chiqib  ochdi.
–  Keling,  keling...  Marhamat.
Yigit  ichkari  kirdi,  qo‘lidagi  portfelini  divanga  uloqtirdi,
uf  tortib,  peshonasiga  urdi.
– Yo o‘lishim kerak, yo o‘ldirishim kerak! – dedi titrab-
qaqshab.
–  Qanday  yomon  ish  ekanki,  boshqa  yo‘l  topolmaysiz?
O‘tiring.
–  Boshqa  yo‘l  yer  sharining  o‘rtasiga  million  tonnalik
bomba  qo‘yib  portlatish!  Mumkinmi  bir  dona  piyola  ber-
sangiz!
Yigit  portfelidan  bir  shisha  vino  olib,  xotinning  hayhay-
lashiga  qaramay,  ikki  piyolani  ustma-ust  shimirdi.
– Men yigit-a? Husn kerak bo‘lsa birovdan qarz olgunday
emasman. Menday bir kishining xotini begona bir odam bilan
hammomga  tushgan  bo‘lsa...  nima  qilish  kerak?
– Qachon? – dedi xotin hayron qolib. – Bugun deysizmi?
Xotiningiz  bugun  ertalab  soat  oltida  Samarqandga  uchdi-
ku.  Mening  kelinim  bilan  birga  ketdi!  O‘zim  chiqib  ku-
zatib  qo‘ydim.
O‘n minutdan keyin yigit xotinining har qanday shubhadan
рок ekaniga, hammom haqidagi gapning tuhmatligiga tamom
ishondi  va  suyunganidan  bu  xotinning  boshidan,  yelkasidan,
qo‘llaridan  o‘pdi.


182
Bu  yigitni  behuda  koyishdan  qutqarganiga  xotin  ham
xursand bo‘ldi. Yigit yana bir piyola vino ichdi, yana xotinning
qo‘lidan o‘pgani intildi. Xotin bu safar o‘zini tortdi va o‘rni-
dan  turib,  chiroqni  yoqdi.
–  Bas endi,  uka,  ichmang! –  dedi.
–  Ichmang?  Siz  ham  ichasiz.  Iching!
Yigit  ko‘p  shilqimlik  qila  bergandan  keyin  xotin  qochib
narigi  uyga  kirib  ketdi.  Vinoni  ko‘tarib  yigit  ham  kirdi.
Birpasdan  keyin  xotinning  tovushi  eshitildi:
–  Jinni  bo‘lmang!  Oling  qo‘lingizni!  Bu  nimasi?!  Qo‘yib
yuboring!  Qo‘yib  yubor  deyman!  Tfu,  ahmoq!..
Go‘zal  yigit  so‘ljayganicha  qaytib  chiqdi  va  portfelini
olib,  jo‘nadi.  U  qayg‘uga  qolib  yo‘1-yo‘lakay  o‘ylar  edi.
«Yomon  bo‘ldi...  Bu  alvasti  xotinimga  albatta  aytadi.  Shu
falokatdan  ham  eson-omon  qutulsam,  endigittan  nari
xotinimga  tanish  ayollarga  qo‘l  uzatmayman...»
1937-yil

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish