1939-yil
TO‘Y
Nahot kishi shunday xushchaqchaq olamdan ketsa.
Lermontov
Mo‘ljal to‘y emas, «to‘rtta odamning oldiga bir tovoq
osh qo‘yib, elga ma’lum qilib qo‘yish» edi. Mahalla choyxona-
sining mudiri Sobirjon bundan xabardor ekan, kuyov bilan
kelinning qattiq qarshiligiga qaramay, ishni katta qilib yubordi.
Mana endi, ko‘rib turibsiz, hovliga odam sig‘maydi. Tikuv-
chilar artelining havaskor sozandalari to‘garagi butun jamoasi
bilan kelgan. Mahalla hay’atining raisi Turg‘unoy «Jazoyir»da
yo‘rg‘alab yuribdi...
Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga
qamalib olgan – na yolvorganga ko‘nadi, na aldaganga –
187
chiqmaydi va Sobirjonni qarg‘aydi. Boyadan beri «Voy, shar-
manda! Voy, sharmanda!» deb u yoqdan-bu yoqqa yugurib
yurgan bir kampir Sobirjonni chetga tortib:
– Shu ish sendan lozim emas edi! Xayr, qilg‘ilikni qilding,
endi ikkovini ko‘pchilik o‘rtasiga olib chiqaman deganing
nimasi, hammaga kalaka bo‘lsinmi? – dedi.
Sobirjon, o‘zi tajang bo‘lib turgan edi, achchig‘i keldi:
– Bezgak pashshaga o‘xshab g‘ing‘illay bermang! – de-
di, – bu yerga kelganlar kelin bilan kuyovni kalaka qilgani
keliptimi? Kalaka qilgani kelgan odamlar shuncha to‘yona
bilan keladimi?
– Axir, ayb bo‘ladi, bolam! Ikkovi qaysi yuzi bilan bu
yerga chiqib o‘tiradi!
– Nimasi uyat? Bundan chiqdiki, «uyat» bo‘ladi deb
kuyovni siz qochirgan ekansiz-da? Hali kelin ham sizning
gapingizga kirib uydan chiqmay o‘tiriptimi? Kiring hozir,
kelinni olib chiqing!
– Jon bolam, o‘rgilay... ikkovini xijolatga qo‘yma!
– Kiring deyman!.. Kirmaysizmi? Hozir to‘yni majlisga
aylantirib, masalangizni qo‘yaman!
– Mening nima masalam bor ekan?
– Ruhoniylik qilib to‘yni buzayotipti, tartibga chaqirilsin,
deyman.
– Shu ruhoniylikka kirar emishmi? Aytsang ayta ber, bari-
bir hech kim ishonmaydi. Ro‘zaga qarshi tushuntirib yur-
ganimni hamma biladi. Erkaklarga ham tushuntirganman...
– Bo‘lmasa... bo‘lmasa, o‘ziga er chiqmaganiga kuyib,
birovning to‘yini buzmoqchi, deyman. Aytolmaymanmi?
Yo‘q, deng! Yo‘q, deng!
– Jinni bo‘lma, bola!
– O‘rtoqlar! – dedi Sobirjon. Hamma jim bo‘ldi. Kampir
qo‘rqqanidan yugurganicha kelinni olib chiqqani ketdi. –
O‘rtoqlar! Hozir mahallamizning faol ashulachilaridan o‘rtoq
Shukurjonov «Keldi ayyomi bahor» degan ashulani aytib bersin
degan ko‘ndalang taklif tushdi. Qarshilar yo‘qmi? Demak,
betaraf ham yo‘q... O‘rtoq Shukurjonov, marhamat qiling!
«Keldi ayyomi bahor» pirovard bo‘lgandan keyin kampir
kelinni boshlab chiqdi. Kelin kattakon doka ro‘molga burkan-
188
gan, sekin, kishi bilmas, devorning tagidan borib, ayollar
to‘piga o‘tirdi. Boyagi kampir hayal o‘tmay kuyovni ham
topib keldi. Kuyov qattiq qarsaklar ostida borib kelinning
yoniga o‘tirdi.
Ikkalovi o‘tiribdi. Kelin – Xadicha xola ro‘molini qansha-
rigacha tushirgan, borgan sari yerga qapishib ketayotibdi.
Kuyov – Qurbon ota cho‘kka tushgan, ikki qo‘li tizzasida,
xuddi surat oldirayotganday hech qimirlamaydi, har zamon
kelinni tirsagi bilan turtib sekin «qomatingni ko‘tarib o‘tir»,
deb qo‘yadi.
– O‘rtoqlar! – dedi Sobirjon, – ijozat berasiz, o‘rtoq
Qurbon ota bilan Xadicha xolaning turmush qurishlariga
bag‘ishlangan bu kungi to‘yimizni yana bir marta ochiq deb
e’lon qilishga! To‘yni ochiq deb e’lon qilish bilan birgalikda
shuni aytmoqchi bo‘lamanki, o‘rtoqlar, Qurbon ota kim va
qanday edi? Bu to‘g‘rida o‘zlari tarjimayi hollarini aytganda
gapirib berarlar. Lekin, o‘rtoqlar, men ham qisqacha to‘xtab
o‘tmasam... tars yorilib ketaman!
Qurbon otaning hayoti notiq qonib so‘zlagunday voqea-
larga boy ham emas. Uning yigitlik hayotining yakuni shuki,
«bu dunyo bo‘lmadi, endi oxiratdan ham quruq qolmay» deb,
o‘zini o‘zi Saidahmadxon degan eshonga nazr qilgan. Bu eshon
birov bilan so‘zlashganda o‘zini xuddi kimga qaysi jannatdan
o‘rin berish to‘g‘risida xudo bilan so‘zlashib kelganday tutardi.
Shuning uchun bir yili uzoq safarga otlanib, «yur» degan edi.
Qurbon ota «qayerga, nima uchun» deb so‘rab ham o‘tirmay,
oldiga tushdi. Bir yurtga borishdi. Bu yurt Afg‘oniston bo‘lib
chiqdi. Qurbon ota yana necha yillar eshonning xizmatida
bo‘lib, bevaqt kuchdan qoldi. Bu yerda kechirgan hayotining
yakuni shu bo‘ldiki, «payg‘ambarimiz oltmish uch yoshlarida
yer ostiga kirganlar, men nima qilib yuribman», degan fikrga
kelib, piriga maslahat soldi. Pir «bu o‘yni xudo ko‘nglingizga
solipti», dedi, chunki uning uchun endi Qurbon ota yer ostiga
kiradimi, yer ustida yuradimi – baribir edi. Qurbon ota hali
oltmish uchga kirmagan bo‘lsa ham «ikki-uch yil nari-yu beri»
deb yer ostiga kira qoldi, orada bir necha oy o‘tgandan keyin
qarasa ikkala oyog‘i shol bo‘lmoqchi! Qurbon ota buni
yaqinlashib kelayotgan qazo alomati deb o‘yladi-da, tug‘ilib
o‘sgan yerlarini, qavm-u qarindosh va tanish-bilishlarini
189
sog‘indi, «bir siqim tuprog‘im begona yurtda qolib ketmasa
ekan», degan o‘yga bordi. Bu o‘yini piriga aytgan edi, piri
yana «bu o‘yni xudo ko‘nglingizga solipti», dedi.
Qurbon ota qolgan umrini o‘z yurtining yeri ostida o‘t-
kazishni niyat qilib, o‘lar holatda keldi. Qavm-qarindoshlari
uning tirik ekaniga suyunishdi, niyatini eshitib toza kulishdi.
O‘sha zamonda o‘lib ketgan xolavachchasining o‘gay o‘g‘li
shifokor bo‘lgan ekan, uni urishib-urishib kasalxonaga joylab
qo‘ydi. Kasalxonada yaqin ikki oy yotib oyoqlari tuzaldi,
o‘zi juda tetiklandi. Kasalxonadan chiqqanidan so‘ng shifokor
bir kuni mahallada o‘zi tashkil etgan ateistlar to‘garagining
mashg‘ulotiga olib bordi va ma’ruza o‘qib, «Mana sizlarga
jonli misol», deb ko‘rsatdi, keyin bolalar bog‘chasiga qarashli
boqqa bog‘bon qilib qo‘ydi.
Xadicha xola bilan uning orasidagi oqibati to‘yga borib
yetgan munosabat bir hazildan boshlandi. Xadicha xola ham
shu bog‘chada ishlar edi. O‘tgan yili bahorda nimadandir gap
chiqib, «siz tayyor oshga bakovul bo‘ldingiz, bu turmushga
biz osonlikcha erishganimiz yo‘q», degan mazmunda hazil
qildi. Shu gapni boshqa odam aytsa, albatta, Qurbon otaga
qattiqroq tegar edi, ko‘ngli tortib yurgan odami aytgani uchun
xafa bo‘lmadi, ammo hazilga hazil tarzida... sho‘xlik qildi.
Qurbon ota, ayniqsa Xadicha xola, Sobirjon mana shu
to‘g‘rilarda ham gapirar deb xavotirda edi, xayriyat, so‘zini
tamomlaydiganga o‘xshab qoldi.
– Mana shunday, o‘rtoqlar! – dedi. – Burun zamonda
bularga o‘xshagan qarilar emas, hatto yoshlar ham har doim
o‘lim kutib, kechalari kalima o‘girib yotar edi, ya’ni ayt-
moqchi bo‘lamanki, yashashdan ko‘ra ko‘proq o‘lish to‘g‘risida
o‘ylar edi. Bugungi kunda ko‘ramizki, o‘rtoqlar, oltmish
sakkizga kirgan Qurbon ota turmush qurmoqda. Kishi qay
vaqtda turmush quradi? Shu vaqtda turmush quradi, qachonki,
u o‘rtoq... bu to‘g‘rida Qurbon otaning o‘zlari ma’lumot
berib o‘tadilar.
Qurbon ota ko‘kragidan bir narsa uzilib qorniga tushganday
bo‘ldi, o‘zi uzun bo‘ynini yana ham cho‘zdi, bir-ikki yutindi,
ko‘zlarini pirpiratib, atrofiga qaradi. Hamma kutar edi.
– Sobirjon, o‘g‘lim, – dedi sekin o‘rnidan turar ekan,–
sizlar so‘ranglar, men javob beray. O‘zim gapirolmayman,
190
o‘rganmaganman... Men, endi, gapirsam o‘sha boylar, eshonlar
to‘g‘risida gapirsam bo‘ladi, boylarning, eshonlarning yomonligini
aytib, tushuntirsam bo‘ladi... Kecha Turg‘unoy «hali ham
kambag‘allar boylarga uy solib o‘ziga kafan puli ishlaydigan
yurtlar bor», dedilar. O‘sha kambag‘allar tushunmagan
kambag‘allar, o‘shalarga ham tushuntirish kerak. Otamizga
ming-ming rahmatki, o‘zi azob chekib, bizlarni azobdan
qutqazdi. Davr-darmonimiz yashasin! Hammalaring yashanglar...
Sobirjon, murodi hosil bo‘lib, qattiq olqishlar ostida kuyov
bilan kelinga bir qadahdan vino tutdi. Qadahni ikkovi ham
dadil oldi, baravar ko‘tardi va ikkovi ham, uning taxir ekanini
endi bilganday, aftini burishtirib, bir-biriga qaradi. Наг mahallada
bitta-ikkita «qo‘tir echki» bo‘ladi-ku, bu yerda ham bittasi
o‘tirgan ekan. U hammasiga ham chidab o‘tirgan ekan-u,
ikkovining vino ichganiga toqat qilolmadi, etagini qoqib o‘rnidan
turdi, burilib ketayotib bir narsa deganday bo‘ldi – gapirdimi,
ichi quldiradimi – bilib bo‘lmadi. Sobirjon o‘yin-kulgini boshlab
yubordi. Kuyov ham, kelin ham endi undan xafa emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |