Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi



Download 71,5 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi71,5 Kb.
#481639
Bog'liq
Abdulla Qahhor-WPS Office


Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchibatrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Ijodi
Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. „Boshsiz odam“ (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi „Qishloq hukm ostida“ qissasi (1932) shoʻro mafkurasi asosida yozilgan. Uning „Boshsiz odam“ hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy oʻtmish aks ettirilgan. „Koʻshchinor chiroqlari“ (1951) romanida (dastlabki varianti „Qoʻshchinor“, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan.

„Sarob“ romani


Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — „Sarob“ muhim oʻrinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini koʻrsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi oʻzbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman boʻlgani uchun yozuvchi oʻzining badiiy niyatini yalangʻoch holda koʻrsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari koʻrinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.
Mashhur asarlari
Stamps of Uzbekistan, 2007-05.jpg
Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. „Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriqtishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.

Komediyalari


Abdulla Qahhorning isteʼdodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Shohi soʻzana“ („Yangi yer“, 1949–1953) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qoʻriq yerlarning — Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishidan koʻra baʼzi kishilar ongidagi shoʻrning bartaraf etilishi mavzui birinchi oʻringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi oʻzbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi ziddiyat bu komediyada oʻzining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy boʻyoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni oʻziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham oʻynalib, oʻzbek teatr sanʼatining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962) hamda „Ayajonlarim“ (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan „Tobutdan tovush“da oʻsha davr uchun xos boʻlgan illatlar hajv oʻti ostiga olindi. Ayniqsa soʻnggi asarda Abdulla Qahhor oʻziga xos nozig tuygʻu bilan jamiyatdan poraxoʻrlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish istagida uning ayrim koʻrinishlarini sahnaga olib chiqdi, u „Soʻnggi nusxalar“ nomi bilan ham sahna yuzini koʻrdi.

Tarjima asarlari


Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozig his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U oʻzining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qoʻshdi. Abdulla Qahhor hayotining soʻnggi kunlarida shoʻro jamiyatida shaxsga sigʻinishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi „Zilzila“ qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, Lev Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, [[vetnam tili vetnam]] tillarida chop etilgan.
Mukofotlari
Abdulla Qahhor Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati.„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha, maktab va jamoa xoʻjaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).

Nashr etilgan asarlar


Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). -T. : Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1987–1989.
“SINCHALAK” PARVOZIDAN KUTILGAN NIYAT (2007)
Bundan sal kam ellik yil muqaddam o‘zbek adabiyoti osmoniga “o‘zi kichkina, nimjon bo‘lsa ham osmonnni ko‘tragulik quvvati, g‘ayrati bor” “Sinchalak” parvoz qildi. Bu iste’dodli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning shu nomdagi mashhur qissasi edi.
Qissa XX asrning ikkinchi yarmida adabiyotda esgan bahor epkinidan darak berdi. Darvoqe, asarning o‘zi ham ko‘klam tasviri bilan boshlanadi. Aslida o‘shanda ijtimoiy hayotda ham ba’zi bir o‘zgarishlar boshlanayotgan davr edi. Stalin shaxsiga sig‘inish illatlari fosh etilgandi. Bu sharoit qissa boshlanishidayoq o‘z ifodasini topgandek: Saida Tohirjon Nosirov bilan xonaga kirgach, derazalarni ochib yuboradi. Shunda “Dim kabinetiga bog‘chadan muzday havo, handalaknimi, bosvoldi qovunnimi esga soladigan yalpiz hidi kirdi; chumchuqlarning chug‘urlashi, deraza ostida oqayotgan ariqchaning shovullashi eshitildi”.

Dim kabinet — bu Stalin hukmronligi davrida dimiqqan mamlakat timsoli bo‘lib, unda chumchuqlarning chug‘urlashi, ariqlarning shovullashi u yoqda tursin, odamlar qattiqroq nafas olgani ham cho‘chishgan. Xona ob-havosini yangilash “yigirma ikki yoshlardagi baland bo‘yli, xushqomat, juda nozik qiz” Saidalar zimmasiga tushdi. Bu bahor epkini, o‘z navbatida, keksalarni ham uyg‘otib yubordi. Ayni holat yangi kotib Tohirjon Nosirovning chang bosgan “Villis”dan tushib, “yoshi ellikdan oshgan bo‘lishiga qaramay, raykom binosinining zinasidan chopqillab chiqib” ketishida, keyin birdan to‘xtab o‘zbekning azaliy odatiga ko‘ra, ostonadan o‘tmay turib, “zinaning bir chekkasiga borib, koverkot makentoshining etagini, brezent etigini” qoqib, chang-g‘uborlarni tozalashida; Qalandarovning kolxozga “yangi sotib olingan besh tonnalik yuk mashinasi”ni ko‘rib “juda xursand bo‘lishida”, “yo‘l bo‘yidagi tiniq yashil daraxtlar, barra o‘tlardan ko‘zi quvonib, kishining vujudini yayratadigan may havosidan mast bo‘lib, xirgoyi” qilishida ham ko‘rinadi.


“Sinchalak” qissasi yozuvchi uslubiga mos tarzda voqelik tugunini tashlashdan boshlanadi. Yangi kotib Tohirjon Nosirov dabdurustdan yordamchisiga: “Ko‘chadan ketayotgan avtomobil birovni bossa yoki turtibmi, yiqitibmi ozor bersa, nima bo‘ladi?”, degan savolni beradi. Albatta, yosh qiz bunday kutilmagan savoldan cho‘chib tushadi, chunki gap odam hayoti ustida ketyapti-da! Ularning savol-javoblaridan ma’lum bo‘ladiki, bunday dovyurak haydovchi mashhur “Bo‘ston” kolxozining raisi Arslonbek Qalandarov ekan.
Bu suhbatdan qanday maqsad kutilgan edi? Daromaddan buromad shu bo‘ldiki, o‘rtoq Nosirov halokat to‘g‘risida gap ochib, yoshgina qizdan maslahat olmoqchi emas, balki uni ana shu “soyada o‘sgan, xiyla erka rais rahbarlik qilayotgan” kolxozga kotib qilib jo‘natmoqchi ekan.
Xullas, bu taklif Saidani bir tomondan hovliqtirib, boshqa tomondan biroz dovdiratgan bo‘lsa, o‘quvchini ham qiziqtirib qo‘yadi. U ham Saida singari Qalandarov bilan tezroq uchrashgisi, Nosirovning “kabinetidan rangi bo‘zarib” chiqqan raisning “mo‘rtgina” qizchani qanday qarshi olishi, nima hunarlar ko‘rsatishi haqida o‘ylay boshlaydi. Ko‘ryapsizki, yozuvchi asar boshlanishidayoq tugun ustiga tugun tashlayapti. Bu tugunlarning qachon va qanday yechilishiga qiziqib mutolaadan bosh ko‘tara olmay qolamiz.
Voqealar sahifadan sahifaga shiddatli rivojlanadi, konflikt keskinlasha boradi. “Bo‘ston”dek katta va mashhur xo‘jalikning kotibi bo‘lib borish o‘yi “qalbining allaqaerini timdalasa ham, allaqaeriga juda-juda xush yoqib” turgan Saida tuni bilan uxlamay rejalar tuzib chiqadi va ertalab kolxozga shitob bilan jo‘nab ketadi.
Saida xo‘jalikka kelgan birinchi kundanoq hammaga va har bir narsaga ijirg‘anib qaraydi. Qalandarov uni hurmatsizlik bilan kutib olgani, chamadonini qo‘lidan olmagani uchun ichida munosabatini “Diydoring qursin, chamadonni qo‘limdan olsang o‘lasanmi?”, degan qarg‘ish bilan ifodalashdan boshlaydi. Eshon ko‘ziga to‘ng va so‘xtasi sovuq odam bo‘lib ko‘rinadi. O‘ziga ajratilgan hujrani ko‘rib “ta’bi tirriq bo‘ldi”. Qalandarovning hovlisi ham ko‘ziga tartibsiz va hafsalasiz odamning qo‘li bilan qurilganday ko‘rinadi... Xullas, Saida kolxozdan, odamlardan, ularning turmushidan faqat nuqson qidiradi va buni hali amal stoliga o‘tirmay turib Qalandarovga pisanda qila boshlaydi. Natijada ular o‘rtasidagi ziddiyat borgan sari kuchayib boradi.
Abdulla Qahhor Qalandarov timsolida tom ma’nodagi milliy xarakterni yaratib bera olgan. Uning shop mo‘ylovi ham, yuzi ham, manmansirashi ham, jizzakiligi ham, odamlarga munosabati ham, ko‘pchilikni sensirab, jerkib gapirishi ham — barchasi o‘ziga yarashadi, tabiiy. Raisning yana bir fazilati: hech kimni birovning oldida urishmasligidir. Umidaning aytishicha, Arslonbek aka “Birovga qattiq gapiradigan bo‘lsalar, kabinetiga olib kirib gapiradilar”. Chunki Qalandarov uchun odamning chiqiti yo‘q, hammasi hurmatga loyiq. Shu xususiyatiga ko‘ra, majlisdagi shartakilikni, betgachoparlik bilan qilingan tanqidlarni dastlab to‘g‘ri qabul qilolmaydi. Ayniqsa, bu ishlarning boshida turgan Saidaning betgachoparligi, juda ko‘p masalalarda o‘z bilganicha ish tutishi Qalandarovning g‘ashini keltiradi. Ayol kishi oldida bosh egishini erkak sha’niga nomunosib deb bilgan rais Eshonning qutqusi bilan Saida ustidan ariza yozib, yuqori tashkilotga bormoqchi bo‘lganida ham uning qalbidagi bag‘rikenglik, odamgarchilik, erkaklik g‘ururi ustun keladi. Bu ham uning vallomatligidan bir nishonadir.
Milliylik haqida gap ketganda yana bir holatni qayd qilish joiz. A.Qahhor asarlarini o‘qiganingizda uning qahramonlaridan birontasi sevgi-muhabbat to‘g‘risida to‘lib-toshib gapirganini yoki xilvatga tortib izhori dil aytganini uchratmaysiz. Adibning asarlarida sevishganlar yo‘qmi? Judayam bor-da! Ana, Munisxonning ishqida Majnun bo‘lgan Rahimjon Saidiy (“Sarob”). Yoki Hanifa (Kanizak)ga maftun bo‘lgan Sidiqjon (“Qo‘shchinor chiroqlari”). Muhayyoni yeru ko‘kka ishonmaydigan Anvar-chi(“Muhabbat”)? Ularning qaysi biri ma’shuqasiga ishqini bemalol izhor etdi? Yoki bunga qulay payt topolmaydimi? Topa oladi. Eslang: Saidiy bilan Munisxon dars tayyorlash bahonasida parkda, uyida qancha vaqt yakkama-yakka o‘tirdilar? Sidiqjon bilan Hanifa-chi? Qishning sovuq kunlarida sandalning ikki yonida o‘rtadagi mushukni silab o‘tiraveradilar. Nima, ularning tili yo‘qmidi? Gapira olmasmidi? Saidaning og‘ziga zambarakning o‘qidek so‘zlarni solib qo‘ygan yozuvchi ularni ham bulbuldek sayratib yubora olardi. Buning ustiga Saidiy shoir ham edi. Biz fikr yuritayotgan qissa qahramonlaridan biri Kozimbek Saidani birinchi ko‘rishdayoq yaxshi ko‘rib qoladi. Qizning ko‘nglida ham “novcha, bo‘yni ingichka, quloqlari yelpig‘ichday” bu yigitga moyillik paydo bo‘ladi.
Kozimbek o‘zining “Moskvich” markali mashinasida Saidani ochiq havoda aylantirib kelmoqchi bo‘ladi. Qishloqdan chiqqanlarida tasodifan u yoqdan “Villis”da o‘qday uchib kelayotgan dadasi Qalandarovga ko‘zi tushib qoladi va Kozimbek shoshib: “Yoting! — dedi. Saida itoat bilan chapga yonboshlab, Kozimbekning soniga boshini qo‘ydi. Kozimbek go‘yo “qimirlama” degan bo‘lib, uning yelkasiga o‘ng qo‘lini tashladi. Soatiga sakson kilometr tezlikda kelayotgan Qalandarovning mashinasi pishqirib o‘tib ketdi. Saida buni sezib, boshini ko‘tarmoqchi bo‘lgan edi, Kozimbek qo‘lini olmadi. Mashina sekinladi, chayqaldi, o‘ng tomonga biroz qiyshaydi-yu, nimagadir do‘q etib urildi, to‘xtadi. Saida engashib kelayotgan Kozimbekning issiq nafasini sezib, vahima bilan pichirladi:
— Voy! Birov ko‘rib qoladi! Xafa bo‘laman...
Kozimbek rostdan ham “xafa bo‘lsa kerak”, deb darrov boshini ko‘tardi, sal bo‘lmasa uzr so‘rayozdi. Saida o‘rnidan turib sochini tuzatdi. Qo‘lining orqasi bilan Kozimbekning yuziga sekin urdi:
— Yomon bola! Yuring!..”.
Bu vaziyatdagi har bir so‘z, har bir harakat shu qadar o‘rinli va tabiiyki, ularning birontasini na o‘chirib, na almashtirib, na so‘z qo‘shib bo‘ladi. Saidaning “Birov ko‘rib qoladi” deganida hayo, “Yomon bola” deganida esa sevgining bo‘yi kelib turibdi. Odatda, qizlar yigitlarning qilig‘i yoqib ketganida shu so‘zni ishlatishadi va uning zamirida “Yaxshi bola ekansiz. Menga ham yoqib qoldingiz”, degan ma’no yashiringan bo‘ladi. Ayni chog‘da, Saidaning o‘zi ham shuni istar, endi “undan balog‘atga yetganidan beri qalbining harorati bilan qizib, o‘zga qalbga chippa yopishadigan biron og‘iz so‘z kutar edi. Yo‘q. Kozimbekdan bunday so‘z chiqmadi”. Kozimbek esa gapiradigan ahvolda emas-da! Garchi unisi ham, bunisi ham indamagan bo‘lsalar-da, ish pishdi, izhori dil aytildi. Bu chinakamiga o‘zbekona odatdir.
O‘quvchiga xush yoqadigan bu kabi nozik tasvirlarni, ko‘rimli manzaralarni juda ko‘p keltirish mumkin. Biroq shularning o‘zi ham “Sinchalak” qissasining XX asr 60-yillarida yaratilgan o‘nlab asarlar orasida o‘zining badiiy go‘zalligi, zamonaviyligi bilan brilliantdek nur taratib turganidan dalolat beradi.

Ma’lumki, “Sinchalak” uchirma qilingan 60-yillarda uning yuksak parvozini ta’minlagan omil Saida obrazi bo‘lgandi. Hali o‘zbek adabiyotida bunday navqiron xarakter yaratilmagan edi. Asarning asosiy g‘oyaviy yukini nimjongina, ammo intilishi, g‘ayrati, aqli, tadbirkorligi, ishbilarmonligi bilan ancha-muncha polvonlarni dog‘da qoldiradigan qiz ko‘tarib turardi. Ustoz Ozod Sharafiddinovning yozishicha, “Yozuvchi Saida obrazida hozirgi ilg‘or o‘zbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi.”


Nafaqat A.Qahhorning har bir asari to‘g‘risida jon kuydirib maqola yozadigan Ozod domla, balki akademiklar I.Sulton, M.Qo‘shjonov, professorlar H.Yoqubov, H.Abdusamatov, U.Normatov va boshqa o‘nlab olimlar o‘z paytida “Sinchalak”ni ko‘klarga ko‘tarib maqtaganlar. Bu tabiiy edi. Lekin keyinroq asarda ilgari surilgan g‘oyaviy mazmunga munosabat o‘zgardi. Ayrimlar uni umuman yaroqsiz asar, yozuvchi hayotiylikka zid obrazlar yaratgan, degan fikrlarni aytdilar. Uni himoya qilishga yana O.Sharafiddinov qalqon bo‘ldi. Olim o‘zining “Chinorlardan biri” maqolasida (“O‘zAS”, 1995 yil, 15 sentyabr) shunday yozadi: “Yaqinda “Sinchalak”ni qayta o‘qib chiqdim va bir narsaga hayron qoldim — Abdulla Qahhor 1959 yildayoq “Bo‘ston” kolxozi va uning atoqli raisi Arslonbek Qalandarov timsolida totalitar tuzumning modelini yaratgan ekan-ku! Eng muhimi — bu tuzumning ichdan chiriganini, chuqur tanazzul holini kechirayotganini ko‘rsatgan ekan. Bu tanazzul iqtisodiy xarakterga emas, ijtimoiy-psixologik xarakterga egaligi ham ochilgan. Har holda “Sinchalak”ni yangi ko‘z bilan o‘qilsa, unda kolxoz tuzumining ichki yemirilishi tasvirlanganiga ishonch hosil qilish mumkin”.
Ustozning bu fikrlarida jon bor. Chindan ham ulkan so‘z san’atkori A.Qahhor asarlarini har gal “yangi ko‘z bilan” mutolaa qilganingizda undan yangi ma’no, yangi gap topish mumkin.
Xullas, “Sinchalak”ning parvozidan kutilgan niyat shundaki, yozuvchi bu asarida o‘zbek ayolining ijtimoiy hayotdagi roli oshib borganligini, bunga sababchi sotsialistik tuzum ekanligini isbotlamoqchi bo‘lmagan. O‘zi mo‘rtgina, nimjongina bo‘lsa-da, “osmon tushib ketsa, ushlab qolaman deb oyog‘ini ko‘tarib” yotadigan sinchalakdek Saida Alieva obrazi orqali mamlakatda partiya yakkahokimligining o‘rnatilayotganligini tasvirlagan. Adibning bu qutlug‘ niyati bugun yanada aniqroq ko‘rinib turibdi.
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2007 yil 34-sonidan olindi.



Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish