Shu o’rinda yirik tadqiqotchi, prfessor Umarali Normatovning Abdulla Qahhor hikoyalari haqidagi quyidagi fikrlarini kiritib o’tish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
«Qahhor tabiati, iste’dodi yo’nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng etuk hikoyalari ayni fojeiy holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar hayotidan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy echim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko’rguliklarning debochasi vazifasini o’taydi. «Bemor» dagi Sotiboldi xotinining o’limi uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor budidan judo bo’lgan erning yangidan-yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. «Anor»dagi Turobjonning oxirida jinoyatga qo’l urishi bu oila boshiga tushajak galdagi chigal savdolarning boshlanishidir. «O’²ri»dagi jabrdiyda cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yul²ichlarga duch kelib, shilinib, oxirida «najot» topishi-Egamberdi paxtafurushning himmatiga sazovor bo’lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da o²irroq talonchilikning o’zginasidir. «Dahshat» hikoyasida Unsinning «tiriklar go’ristoni» bo’lgan Olimbek dodxo xonadonidan qutulish yo’lidagi mislsiz jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon o’limi dodxo xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga griftor etadi. «Asrorbobo»dagi chol bilan kampirning jangda halok bo’lgan o’²li haqidagi sovuq xabarni bir-birlarini ayab sir tutishlari, cheksiz dard –alam, qalb iztiroblarini ichga yutishlari-bir umr davom etadigan fojianing alomat ko’rinishi-badiiy ixtirosidir. . .
Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojeiy mohiyatni ko’rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir».
,,Bem or“dagi Sotiboldining boshiga tushgan kulfat — og‘ir kasal yotgan xotini dardiga davo izlab yelib-yugirishlari, bu soddadil odam ning om onat dalda, maslahatlarga um id bog‘lab yanada xarob, n o chor holga tushishi; „ 0 ‘g‘ri“dagi jabrdiyda cholning najot kutib m ansabdorlar huzurida dovdirab, dildirab turishlari, him m at o ‘miga tahqirlanishi, kam sitish-u xo‘rlashlarga befarqligi; , , 0 ‘tm ishdan ertaklar“dagi B abarning ro ‘y bergan falokatlardan gangib, o ‘zini y o ‘qotar holga tushishi, o ‘g‘irlikda gum on qilinib, otqorovul yur desa yurib, tu r desa turib, o ‘q uzganda kiprik qoqm ay jovdirash i, siyosat uchun d o ‘konga qam ab q o ‘yganida, ochiq turgan eshikdan chiqib ketm ay, qish sovug‘ida tarashadek qotishi — m ana shunday jabrdiyda, m ute, nochor, xo‘rlangan o d am lar qism ati bilan tanishganda, bir to m o n d an , ular holiga behad achinasiz, ikkinchi to m o n d an , beixtiyor C h o ‘lponning „N a faryoding, na doding bor, N ech u n sen b u n ch a sustlashding? H aqorat dilni og‘ritm as, T ubanlik m angu ketm asm i? 13 A d a b iy o t, 11- s in f — 193 Tiriksan, oMmagansan. S en-da odam , sen-da insonsan“ degan satrlari yodga tushadi. Shaxs erki, huquqi, m utelik, qullik psixologiyasi ifodasi, talqini bobida XX asr adabiyotida C h o ‘lpon a n ’analarini eng izchil davom ettirgan adib ayni shu Q ahhom ing o ‘zidir. Q ahhom ing yuqorida tilga olin g an asarlari, personajlari xuddi C h o ‘lpondagi kabi mustabid tuzum sharoitida inson haq-huquqining poym ol etilishiga qarshi o ‘ziga xos isyondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |