Abdulla Qahhor (1907-1968) Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi



Download 15,67 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi15,67 Kb.
#81814
  1   2
Bog'liq
Abdulla Qahhor


Abdulla Qahhor (1907—1968) — Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.

Abdulla qahhor (1907.17.9, Qo‘qon — 1968.25.5, Moskva) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Te-mirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach "Istiqlol" nomli sho‘ro makta-biga o‘qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bi-lim yurtining "Adib" qo‘lyozma jur.da dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi "Qizil O‘zbekiston" gaz.si tahririyatining "Ishchi-batrak mak-tublari" varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gaz.da ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). A. Q. yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tay-yorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay "Yangi Farg‘ona" viloyat gaz.siga kotib va "Chig‘iriq" hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Q.ning "Oy kuyganda" ilk hajviy she’ri "Mush-tum" jur.da Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‘l" jur.lari va "Qizil O‘zbekiston" gaz.sida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi ta-xalluslar ostida e’lon qilindi. A. Q. 30-y.larda yana Toshkentga qaytadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi (1930), ayni payt-da "Sovet adabiyoti" jur.da mas’ul ko-tib vazifasini bajaradi. O‘zdavnashrda muharrir va tarjimon (1935 — 53). 1954 — 56 y.larda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi. A. Q. umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o‘sha yerda vafot eta-di. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi. A. A. Q. ijodi she’riyat bilan boshlangan esada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. "Bosh-siz odam" (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxiriga-cha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. A.Q. ning dastlabki ijodidagi "Qishloq hukm ostida" qissasi (1932) sho‘ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning "Boshsiz odam" hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o‘tmish aks ettirilgan. "Ko‘shchinor chi-roklari" (1951) romanida (dastlabki varianti "Qo‘shchinor", 1946) jamoalash-tirish davrining voqealari badiiy tas-virlanganA. .Q.ning 30-y.lar ijodida uning birinchi romani — "Sarob" muhim o‘rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning fa-oliyatini ko‘rsatishga qaratilgan, yana unda 20-y.larning 2-yarmidagi o‘zbek xalqi hayotining maishiy, etnog-rafik, iqtisodiy va ma’naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. "Sarob" keng mavzuli roman bo‘lgani uchun yozuvchi o‘zining badiiy niyatini yalang‘och holda ko‘rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko‘rinishida reallashti-rishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.Q. ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar e’lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo‘lib, ular o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.A. Q.ning nasriy asarlari orasida "Qo‘shchinor chiroqlari" romani hamda "Sinchalak" (1958), "O‘tmishdan er-taklar" (1965) va "Muhabbat" (1968) qissalari muhim o‘rin tutadi.A. Q.ning iste’dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-y.lar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish mavzuida "Shohi so‘zana" ("Yangi yer", 1949 — 53) komediyasini 7yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu kome-diyada qo‘riq yerlarning — Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishidan ko‘ra ba’zi kishilar ongidagi sho‘rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o‘zbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi ziddiyat bu komediyada o‘zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asar-da A. Q. ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo‘yoqlardan mo-hirona foydalangan holda konfliktni o‘ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o‘ynalib, o‘zbek teatr san’atining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bun-dan ilhomlangan yozuvchi "Og‘riq tishlar" (1954), "Tobutdan tovush" (1962) hamda "Ayajonlarim" (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan "Tobutdan tovush"da o‘sha davr uchun xos bo‘lgan il-latlar hajv o‘ti ostiga olindi. Ayniqsa so‘nggi asarda A. Q. o‘ziga xos noziq tuyg‘u bilan jamiyatdan poraxo‘rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo‘qotish istagi-da uning ayrim ko‘rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u "So‘nggi nusxalar" nomi bilan ham sahna yuzini ko‘rdi.A. Q. yozuvchi sifatida o‘zbek tilini noziq his etuvchi va uning boy imkoni-yatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U o‘zining nasriy asar-larida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz im-koniyatlarini namoyish etishning ajoy-ib namunalarini berdi va o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qo‘shdi.A. Q. hayotining so‘nggi kunlarida sho‘ro jamiyatida shaxsga sig‘inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojia-larni tasvirlovchi "Zilzila" qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tuga-ta olmadi. A. Q. tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, L. Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini o‘zbek tiliga tarji-ma qilgan. Ayni paytda A. Q. asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg‘iz, to-jik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bol-gar, rumin, arab, hind, Vetnam tillari-da chop etilgan.A

A. Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebra. Q. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofot-langan (2000). Uning nomi Toshkent va Qo‘qondagi bir necha ko‘cha, maktab va ja-moa xo‘jaliklariga, shuningdek madani-yat uylari va respublika Satira teatri-ga berilgan. Toshkentda A.Q. uy-muzeyi ochilgan (1987).As: Asarlar, 5 jildli, 1 — 5-jild-lar, T., 1987 — 89; Zilzila,— "Sharq yul-duzi", 1996, 11 - 12-son.Ad:. Qahhorova K., Chorak asr hamnafas, T., 1987; Sharafiddinov O., Abdulla Qahhor, T., 1988; Qo‘shjonov M., Abdulla Qahhor mahorati, T., 1988.tgan. «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932 yilda bosilgan.

Mundarija [yashirish]

1 Abdulla Qahhor. Sarob.

2 Nashr etilgan asarlar

3 Abdulla Qahhor internetdagi elektron kutubxonalarda

4 Ilmiy adabiyotlar

5 Manbalar

6 Adabiyotlar

Abdulla Qahhor. Sarob.[tahrir]

«Sarob» (1934), «Qoʻshchinor chiroqlari» (1951) nomli romanlari, «Sinchalak» (1958), «Oʻtmishdan ertaklar» (1965) kabi qissalari, «Boshsiz odam», «Anor», «Bemor», «Oʻgʻri», «Dahshat», «Millatchilar», «Sanʼatkor», «Adabiyot muallimi», «Oʻjar», «Asror bobo» kabi oʻnlab hikoyalar yozgan.

«Shohi soʻzana» (1949), «Ogʻriqtishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.

Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy yoʻnalish ustivorlik qiladi.

Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.




Download 15,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish