Tadqiqotning maqsadi. Abdulla Oripov she’riyatida xalqona poetik tafakkur muammosi
masalasini yoritish jarayonida shoir she’rlaridagi ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatni belgilash, badiiy
mahoratning yangi qirralarini ilmiy–nazariy jihatdan umumlashtirish va shu asnoda shoir
ijodining o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni
yoritish va amalga oshirish nazarda tutiladi:
-xalq tilidan foydalanish mahorati badiiylikning muhim belgilaridan biri ekaniga e’tibor
qaratish;
-shoir she’riyatida poetik so‘z qo‘llash mahoratini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
-shoir she’rlarining xalqona poetik ijodga xos badiiy qirralarini o‘rganish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |