Abdulla Oripov she’riyati



Download 18,31 Kb.
Sana28.07.2021
Hajmi18,31 Kb.
#131301
Bog'liq
A.Oripov


Abdulla Oripov she’riyati

Abdulla Oripov - noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o‘rin tutadi.


Abdulla Oripov she’riyatidagi oshiq obrazi esa armonli muhabbatga duchor bo‘lib, bir umr “hayot barcha ne’matlarini ayamasa-da, muhabbat taqdiridan maqtanolmay” o‘tishga mahkumdir. Lekin u munisa qizga hech qachon ta’na toshlarini otmaydi, bevafolikda ayblamaydi, balki –

Nega bir tosh bo‘lmagansan, seni avaylab,

Til ostimga solib yursam jonimga joylab —

deya armon qiladi.

Jo‘nar bo‘ldim men bundan diltang,

Yo‘llarimga qarab qolding sen.

Sochginangni tarab qolding sen.

O, bilaman, badjahl otang

Ostonangga yo‘ltmas seni
Shoirga “uzalgan qo‘llari” bilaguzuk bilan bog‘langan qizning munis va ma’yus surati ko‘z o‘ngimizda muhrlanib qoladi. “Bilaguzuk bilan bog‘langan” qo‘llar tasvirida ham, shoirning “Bilaguzuk banding uzilsin, yor qo‘lini qisgandan ko‘ra!” – deya qilgan nidosida ham qandaylir yorug‘lik, qandaydir tozalik, qandaydir ajib shoironalik bor.
Bu olamning barcha dardlari, orzu va armonlari shoir qalbida aks-sado beradi. Shuning uchun ham shoir o‘zining “So‘nggi urush” she’rida yozadi:

Bir qadam qo‘ysang bas- naryog‘i o‘lim,

Bir qadam qo‘ysang bas – shaksiz halokat.

Odamzot boshida turibdi bu zum

Qazoyi muallaq, mudhish halokat.

Insoniyat o‘z qo‘li bilan yaratgan bu “mudhish falokat”ni, “qazoyi muallaq”ni shoir yanada aniq va ravshan tasvirlar bilan ko‘z oldimizga olib keladi.

Bu bari – asrimiz kashf etgan balo,

Bu – yovuz sarmoya, hamisha basir.

Boshimiz ustida turibdi go‘yo
Abdulla Oripovning “Yillar armoni” deb nomlangan navbatdagi kitobiga kiritilgan yangi she’rlarining ko‘pchiligida inson qalbining ashaddiy kushandalari bo‘lgan hasadgo‘ylar, g‘iybatchilar, fitna-fasodchilar, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va razolat haqidagi qarashlari yanada keskin ruh bilan ifodalanadi. Abdulla Oripov bir she’rida shunday yozadi:

Sizdan nima ketdi, ey do‘sti aziz,

Sog‘inmang menga ham bir zum yomonlik.

Mendan nima ketdi, Sizga ham cheksiz

Saodat tilayin, tilay omonlik.
Chindan ham, koshki edi, shoir aytgandek, odamzot hech qachon bir-biriga yomonlik sog‘inmasa, qani endi, hamma hamisha bir-biriga saodat va omonlik tilayversa. Shoirning bu ezgu orzulari sizning qalbingizga ham “mendan nima ketdi, yaxshilik qilsam qabilidagi mardona tuyg‘ularni uyg‘otadi.
Jamiki tiriklikka tanish bo‘lgan bu xatar faqat yoppa talamoqqagina yaratilgan. Axir inson ana shunday qumursqalar bilan olishib ulug‘ maqsadlariga erisholmay qolishi mumkin-ku.
Bu she’r tiriklikning xatarli hamrohi bo‘lgan qumursqanusxalarga ayovsiz aybnomadir. Mana, o‘sha she’r:
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko‘zni,

Bizda ham bor edi matonat, bardosh.

Arslon chorlagandi qoshiga bizni

Lekin qumursqalar bo‘ldi safardosh.


Jami tiriklikka tanish bu xatar,

Qumursqa yaralgan yoppa talarga.

Do‘stim, alam qilar, arslon bexabar

Yem bo‘lib ketsak bu qumursqalarga.

Abdulla Oripovning fikran barkamol, badiiy tafakkurning yetuk namunasi bo‘lgan she’rlaridan biri “Olomonga” she’ridir. Bu she’r shu qadar mantiqan yaxlitki, biror bandini ajratib olib tahlil qilish mumkin emas. Shuning uchun bu she’rni to‘laligicha keltiramiz.
Mashrab osilganda qayoqda eding?

Lorka otilganda qayoqda eding?


Surishtirganmiding Qodiriyni yo

Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?


Hukmlar o‘qilur sening nomingdan,

Tarixlar to‘qilur sening nomingdan.


Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?

Nechun tamoshoga munchalar o‘chsan?


Qarshingda hasratli o‘yga tolaman:

Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen- olomon?!.


Axir biz ham har qadamda ana shunday olomonni uchratmayapmizmi? Avtobuslarda joy bo‘shatish malol kelib, nogiron chollar bilan janjallashayotgan ba’zi beyuzlarni ko‘rib, indamay yalpayib o‘tirgan kimsalarni, birovning cho‘ntagini kesib ketayotganlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olayotgan kishilarni, birovni nohaq malomat qilib, infarktga yo‘liqtirgan “olomon”ni biz ko‘rmayapmizmi? Ba’zi hollarda o‘zimiz istab-istamay ana shu “olomon”ga qo‘shilib qolmayapmizmi

Shoir go‘yo o‘zining otashin misralari bilan vijdoni uyg‘oq kishilarni olomon orasidan tortib chiqarmoqchi. Biroq shoir razillar razolatiga qancha ko‘p duchor bo‘lmasin, bedillar sitamidan qancha ko‘p ozor chekmasin, inson qalbining ezguligiga va bu ezgulikning manguligiga qattiq ishonadi. Shuning uchun ham u yozadi:

Dunyoda diyonat hali mavduddir,

Hali mard yigitlar yashab yuribdi.

Onalar oq suti hamon oq sutdir,

Quyosh ham falakda porlab turibdi.


U xayrlashuv she’rida:
Hayajon bu- o‘lim, kulfatdir – qo‘shiq,

Qilt etgan shamoldan titramas yurak.

Unga endi na dard, na quvonch, na ishq,

Balkim tung‘ib qolgan bir orom kerak.


Chindan ham dunyoning dardlarini, bani odamning sevinch va xasratlarini qalbida tuya-tuya, shoirning hasta yuragi uchun “hayajon-o‘lim, “qo‘shiq-kulfat” bo‘lib qolmog‘iga ham shubha qilmasa bo‘ladi.
Mazkur tadqiqotning muallifi shoirning ana shu she’riga quyidagi javob she’rini yozgan.
Mana, shoir qalbini beorom, yuragini dog‘ qilgan dard! Bu dard butun bashariyatning dardidir. Shoir ana shu olamshumul dardga davo izlaydi. Chunki shoir olam dardini hammadan ham ko‘proq, hammadan ham teranroq tuyadi. Shuning uchun ham u hamisha yonib, o‘rtanib kuylaydi.
MUSIQIY MISRALAR SADOSI
Abdulla Oripov she’riyati musiqaviy she’riyatdir. Uning har bir misrasida, har bir bandida alohida takrorlanmas ohang bor. Mana, bir vazmin, bir o‘ktam ohangda otashin misralar yangramoqda.
Hamin sarhadlardan g‘amgin sas kelur,

Malomat toshlari basma-bas kelur.


Odamni mahv etar farzandi odam,

Odam erur ammo tamoshabin ham.


Yetim go‘daklarning ko‘zdagi yoshi

Bu – jumla jahonga malomat toshi.


Yuqoridagi misralarda har bir so‘z bittadan tosh bo‘lib go‘yo alohida-alohida ritm bilan naq sening ko‘ksingga tegadi, ruhingga g‘alayon soladi. Bu haqda shoirning o‘zi ham she’r boshidayoq aytib qo‘ygan:
Idroking mavjiga tekkani zamon

U mudroq ruhingga solur g‘alayon.


Abdulla Oripovning “Yurtim shamoli” she’ri mening nazarimda ham zukko rassom mo‘yqalami bilan chizilgan tengsiz suratga, ham sohir qalbdi bastakor yaratgan kuyga o‘xshaydi. Shoir vatan shamolining zangori suratini chizar ekan, avval bahor yellarining atlas ko‘ylaklar etagini taragandagi mayin saslari eshitilganday bo‘ladi. So‘ng esa goh shodlik, goh qayg‘u nafasini olib kelgan dolg‘ali shamollar ovozini tinglaymiz.
Shoirning maqsadi faqatgina Vatan shamolining suratini chizish emas, u olamdagi “qancha bo‘stonlarni sovurgan” davronlar bo‘ronidan so‘ylab, “qayg‘ulardan holiy” yurti shamolini kuylamoqdir.


Download 18,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish