Buyuk bobomizning salohiyati, she’r san’ati, uning ijodining qay darajada o‘rganilayotganligi haqida fikrlaringizni o‘rtoqlashsangiz...
– Ijodkorlar orasida haqqa yetgani Navoiy degan tushuncha bor. Zero, uning asarlarini o‘qiganimizda ko‘z o‘ngimizda sohibi kamol, benazir bir inson siymosi gavdalanaveradi.
Alisher Navoiy o‘zining buyuk iste’dodi bilan o‘sha davrdayoq adabiyotimizni o‘rtamiyonachilik botqog‘idan olib chiqib ketdi. Navoiy she’riyat qofiyabozlik emas, balki ulug‘ san’at ekanligini har bir satri orqali isbotladi. Shoirning biror bayti yo‘qki, unda dohiyona tashbehlar uchramasin. Masalan, yorning labiga uchuq toshgan holatni Navoiy, mana qanday lutfu nazokat, mutoyiba bilan tasvir etadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |