Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. Bajardi:BBU-208.Sharipova Shahzoda Reja: 1.Abdulla Avloniy hayoti va ijodi 2. “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi tarbiyaviy, axloqiy qarashlar Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan 1913-yilda o’zida inson barkamoli uchun zarur bo’lgan ko’plab xususiyatlarni o’zida jamlagan A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. Ushbu asarida Abdulla Avloniy tarbiyada bolalarning fikrini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaratadi.Negaki, fikrlash iqtidorini egallash oliyjanob g’oyalar tomon intilish demakdir. Shunday ekan, aqlli odamning axloqsiz bo’lishi qiyin. Avloniy ana shu ikki tushunchalarni yaqin va birlikda ko’radi. Nihoyat, gap xulqqa kelib taqaladi. Avloniy ularni ikkiga – yaxshi va yomon xulqqa ajratadi. Muallifning fikricha, aql bilan ish tutish – fatonat, sa’y-g’ayrat, shijoat, ilm egallash, pokizalik, nazokat, sabr-toqat, intizom, vijdonli bo’lish, vatanni sevish, haqtalablik, hamma narsaga ibrat ko’zi bilan qarash, hayo, iffat, til odobi, idrok va zako, munislik va xayrixohlik, sadoqat, adolat, muhabbat, afv kabilarni yaxshi xulq sirasiga kiritadi va mukammal inson uchun zarur bo’lgan fazilatlar deb hisoblaydi. Adib bularning har biriga alohida-alohida to’xtalib o’tadi. O’z mulohazalarini dalillash uchun Aristotel, Platon, Gippokrat, Sa’diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafakkirlarning fikrlarini keltiradi. Adib har bir axloqiy kategoriyaga o’z munosabatini bildirganda, albatta, o’sha fikrini ifodalovchi bayt yoki biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |