Abdulla avloniy pandlar, hikoyalar, kitobidan



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#252387
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
ILM 

 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




 

Ilm  deb  o'qumak,  yozmakni  yaxshi  bilmak,  har  bir  kerakli  narsalami 

o'rganmakni  aytilur.  Ilm  -  dunyoning  izzati,  oxiratning  sharofatidur.  Ilm  inson 

uchun  g'oyat  oliy  va  muqaddas  bir  fazilatdur.  Zeroki,  ilm  bizga  o'z  ahvolimizni, 

harakotimizni oyina kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkur qilur. 

Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, to'g'ri yo'lga 

rahnamolik  qilub,  dunyo  va  oxiratda  mas'ud  bo'lishimizga  sabab  bo’lur.  Ilmsiz 

inson  mevasiz  daraxt  kabidur.  Chunki  ilmsiz  kishilar  ota-onasiga,  qarindosh-

urug'iga,  yor-do'stiga,  din  va  millatiga  foyda  yetkurmak  bir  tarafda  tursun,  o'z 

ustiga  lozim  bo'lgan  ibodat  va  toatni  ham  loyiqicha  qilolmas.  limning  foydasi  u 

qadar ko'pdurki, ta'rif qilg'on birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni jaholat 

qarong'uligidarr  qutqarur.  Madaniyat,  insoniyat,  ma'rifat  dunyosiga  chiqarur, 

yomon  fe'llardan,  buzug'  ishlardan  qaytarur,  yaxshi  xulq  va  adab  sohibi  qilur, 

Alloh  taologa  muhabbat  va  e'tiqodimizni  ortdirur,  janobi  Haqning  azamat-u 

qudratini bildirur. Alhosil, butun hayotimiz, salo-matimiz, saodatimiz, sarvatimiz, 

maishatimiz,  himmati-miz,  g'ayratimiz,  dunyo  va  oxiratimiz  ilma  bog'lidur. 

Payg'ambarimiz:  «Ilmga  amal  qilguchilardan  bo'lingiz,  naql  va  rivoyat 

qilguchilardan bo'lmangiz», - demishlar. 

 

 

Ilm bir daryo ichi to'lmish dur-u gavhar bilon,  



 

Qiymat-u qadrin qachon bilg'on oni johil yilon. 

 

 

Olim  kishilar  har  yerda  aziz  va  hurmatlidur.  Shariatimizda  qaysi  ilmga 



muhtoj  bo'lsak,  shuni  bilmak  bizga  farzdur.  Shuning  uchun  o'qimak,  bilmak 

zamonlarini  qo'ldan  bermay,  vujudimizning  dushmani  bo'lgan  jaholatdan 

qutulmakg'a jonimiz boricha sa'y qilmagimiz lozimdur. 

 

 



 

 

 



 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish