XURUS ILA BO'RI
Bir Bo'ri daraxt ustinda o'lturg'on Xurusni ko'rub, tutub yemak uchun daraxt
ostiga keldi. Hiyla biria bechora Xurusni daraxtdan tushurmaqchi bo'lub: «Ey,
Xurus o'rtog'! Man sanga bir yaxshi xabar kelturdim, hayvonlar ila qushlar
orasinda sulh bo'ldi. Bir-biriga zulm qilmasga, bin ikinchisin tutub yemasga qaror
verildi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do'st bo'lub, birga o'ynashayluk»,
— dedi. Xurus Bo'rining so'ziga aldanadurg'on darajada nodon va ahmaq
bo'lmadig'indan Bo'riga boqub dediki:
- Do'stim, so'zing rostdur, to'g'ridur. Lekin biroz sabr qil. Sandan boshqa iki it ham
sulh xabarin ketururlar. Alar ham kelsunlar. Hammamiz birga o'ynashurmiz, —
dedi. Bo'ri Xurusdan bu so'zni eshitgan zamon dumini orqasig'a qo'yib qocha
boshladi. Xurus: «Ho, birodar, nima uchun qochursan, aroda sulh bor-ku?» - desa,
Bo'ri:
- Oh do'stim! Bu zolim itlar sulhni buzgong'a o'xshay-dur, — deb qochub ketdi.
Xurus orqasindan «quqq... qurii... quu...» deb qichqirub qoldi.
Aql egasi hiylaga aldanmagay,
Hiylagarning hiylasi boshin yegay.
Do'st ila dushman so'zining farqi bor,
Fahm etar har kimki, o'lsa hushyor.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
JANJALCHILIK ZARARI
Bir suv ustiga ko'pruk kabi bir taxta qo'yilmish edi. Bu taxtaning ustindan
o'tmak uchun iki echki iki tarafdan kelub, bir-biriga yo'luqti. Biri dediki: — «Man
sandan kattaman, san yoshsan, arqangga qayt. Manga yo'l ber», -dedi. Ikinchisi:
- San katta bo'lsang, ulug'lig'ing o'zingg'a. Man sandan quwatli. San qayt. Mandan
so'ngra o'tarsan, — deb arolarinda zo'r g'avg'o chiqdi. Ikisi ham bo'yinlarin
egishub, shoxlarin shoxlariga qo'yushib, chunon suzishdilarki, oxirda suvga
yumalab tushub, ikisi ham suvda g'arq bo'ldi.
TAMA' BALOSI
Bir Sichqon qofqonni ko'rgan zamon:
«Yohu, insonlar qanday hiylakordurlar. Ajabo, manga ov uchun ichiga bir
parcha yog' qo'ymishlarda, mani aldab qofqonga tushirmak istarlar. Amon, yo Rab!
Man yaxshi bilurmanki, bu ov emas, maning uchun qurilmish bir tuzoqdur. Xayr,
bu hiyla ila mani alday olmassiz», — deb qaytub ketmak bo'ldi. Shul vaqt biroz
o'ylab, o'z-o'ziga dediki: «Bu yog'dan yemasam ham biroz iskamak mumkin.
Ammo man yog' isini ko'b yaxshi ko'raman. Kel, buni iskamakda nima zarar bor»,
— dedi-da, qofqon yoniga kelub, yog'ni iskay boshladi. Yog'ning isi dumog'iga
xush kelub, tez-tez iskab turgan zamon burni yog'ni turtib yuborub, qofqon «shart»
etub ketdi. Bechora Sichqon tama' balosiga giriftor bo'lib qoldi.
Bayt
Oz tama' ko'b zararlari ketirur,
Nafsini tiymagan o'zin yitirur.
AQLSIZ BOLA
Bir kishi o'g'lina berib tesha,
O'g'lin aqlin qilurg'a andisha.
Dedi: «Ishlat bu teshani, o'g'lum.
Bundan aqling menga bo'lur ma'lum».
O'g'lon ushlab qo'liga teshasin,
Ko'r, nechuk ko'rsatur tamoshosin.
Bordi masjid devorining tagina,
Kovladi tesha birla yaxshigina.
Ko'rdi ul dam ota o'g'il holin,
Bo'ldi ma'yiis, buzdi ahvolin.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
O'g'lin iki qulog'idan burdi,
Oh tortub bu so'zni ayturdi:
«Tesha berdim: o'tun kes-u bovla,
Kim dedi, masjid ostin kovIa».
lbrat olmaq kerak bu o'g'londan,
Haq bizi mamnun etdi ehsondan.
Tutmaka qo'l, yurar uchun po(y)lar,
Berdi bir necha boshqa a'zolar.
Har birin ishlatur yeri bordur,
Ishlatur bilmagan kishi xordur.
O'ylamay millat uyini buzsak,
Yiqilur uyimiz ipin uzsak.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
BOLALAR BOG'CHASI
Yigitlikda o'quvdan qolsang, o'g'lon,
Qariganda pushaymonsan, pushaymon.
Ulug'lik mol-u davlat birla ermas.
Salomat bo'lsa aqling, senga shul bas.
Go'zallik yuzda ermas, ey birodar,
So'zi shirin kishi har kimga yoqar.
So'zing oz o'lsun-u ko'b ma'ni bo'lsun,
Eshitganlar qulog'i durga toisun.
Takabbur bo'lmag'il, bo'lg'il muloyim,
Bo'lursan shod-u xurramlikda doim.
Birov qilsa g'azab sen so'kma oni,
Budur yaxshi kishilarning nishoni.
Yamonlik qilsalar, san yaxshilik qil,
Yamonlig'ni ho'kuzni bo'ynig'a il,
Nasihatni qulog'ingg'a ilib ol,
Yamon so'zni eshitmay tez ketib qol.
So'zing bo'lsa kumush, jim turmak oltun,
Misi chiqg'ay, so'zing ko'b bo'lsa bir kun.
Ko'paygan so'zni bo'lg'ay to'g'risi oz,
Shakarning ko'pidin ozi bo'lur soz.
Birovdin bir nimarsa so'rma zinhor,
Kishining minnati sanga na darkor?!
Talab qilg'il murodingni Xudodan,
Gadosan, so'r muroding podshodan.
Jadal qil ilm uchun o'g'lum, hamisha,
Kuching borida g'ayrat birla pesha,
Ekin vaqtida uxlab yotsa dehqon,
O'roq vaqtida bo'lg'ay ko'zlari qon.
TAQSIM
Bir kun iki bola ko'chada o'ynab yurgan zamonda bir adad yang'oq topdilar.
Bin aytdi: «Man olurman, avval man ko'rdim». Ikinchisi: «Yo'q birodar, man
olurman, yerdan man oldim», - deb ikisi g'avg'o qilub turub edilar. Bir yigit kelub:
«Ey charog'larim! Shoshmang, talashmang, man sizlarga yaxshilab taqsim qilub
berurman», - deb yang'oqni qo'llaridan olub, iki palla qilub, bir palla po'chog'ini
birinchi bolaga, ikinchi palla po'chog'ini ikinchi bolaga berub: «Mana, qolgoni
taqsim qilgon kishiga», - deb mag'zini og'ziga solub, jo'nab ketdi. Bolalar bo'lsa,
po'chog'ini ushlab, baqrayushub qoldilar.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
Hissa: Ozga qanoat qilmagan ko'bdan qolur.
Do'stlaringiz bilan baham: |