Abdulla avloniy pandlar, hikoyalar, kitobidan



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#252387
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
VIJDON 

 

 

Vijdon  deb  ruhimizga,  fikrimizga  ta'sir  qiladurgan  hissiyot,  ya'ni  sezuv-



tuymaqdan  iborat  ma'naviy  quwatni  aytilur.  Biz  har  vaqt  afol  va  harakotimizni 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




yaxshi va yomonlig'ini, foyda va zararlig'ini onjaq vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon 

insonning  aql  va  fikrini  haqiqiy  mezonidurki,  bu  tarozu  ila  o'z  kamchiliklarini 

o'lchab  bilmak  ila  barobar  boshqalarning  ham  afol  va  harakotini  sezur.  Agar 

ishlagan ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo'lsa, muhabbat qilur. Qabohat va 

yomon  ishlarni  qilsa  nafrat  qilur.  Biz  janobi  Haqning  amr  va  nahyini  fikr  va 

ruhimizning ma'naviy quwati o'lan vijdonimiz ila oyura bilurmiz. 

 

Vijdon yaxshi xulqlarning manbayi o'ldig'indan vijdon sohiblari har bir ishni 



beg'araz,  xolis  niyat  ila  ishlar.  Shul  sababli  har  kim  nazarida  maqbul  va  suyukli 

bo’lur.  Ammo  vijdonsiz  kishilarning  ishlarida,  niyat  va  amallarida,  do'st  va 

oshnoliqlarida  yashirin  bir  g'arazlari  o'ldig'indan  har  vaqt  hasrat  va  nadomat 

chekub, vijdon azobig'a giriftor bo'lurlar. 

 

Har  bir  insonning  haqiqiy  foili  vijdonidur,  Mevasi  yaxshi  amaldur,  hosili 



vijdonidur. 

 

Inson  diniy  vazifalarini,  uluwiyatini  vijdoni  soyasida  taqdir  qila  bilur. 



Chunki,  vijdoni  salomat  kishilar  imon  va  e'tiqodlarini  kamolga  yetkurmak  uchun 

janobi Haqning buyruqlarini, din va millatg'a foydalik ishlarni shod-u xurramlik ila 

ishlar. 

 

Alhosil,  vijdon  har  kimning  afol  va  harakotini(ng)  ko'rsatadurgan  musaffo 



bir  oyinadurki,  bu  ko'zguga  chin  nazar  qilgan  kishi  o'z  ayb  va  kamchiliklarini 

tuzatmak  harakatida  boiub,  boshqalarning  ayb  va  qusurlarini  oxtarmoqg'a  vaqti 

bo'lmas. Bizim islomiyatda vijdon axloqini islohi uchun sa'y-harakat qilmak lozim 

o'ldig'indan  shul  doirada  harakat  qilg'on  kishilar  iki  jahonda  aziz  va  mukarram 

bo'lurlar.  Arastu  hakim:  «Ruhimizning  ma'naviy  quwati  o'lan  vijdonimiz 

fikrimizga  quvvat  berguvchi  bir  vositayi  idrokiya  deyilur.  Ya'ni  hissiyotimizning 

ruhimizga ta'sir ettirg'uvchi bir robitayi elektriqiy-yasidur», - demish. 

 

Ibn  Sino  hakim:  «Vijdon  ruh  va  fikrimizni  tuyg'un  qilmakg'a  birinchi 



vositadur», — demish. 

 

 



 

Sof vijdon kabi hech komila mezon oimaz,  

 

 

Kishi o'z aybini bilmak kabi urfon o'lmaz.  



 

 

Shod-masrur o'lur insof ila vijdonli kishi,  



 

 

Kimki vijdonsiz esa, to'g'ri, chin inson o'lmaz. 



 

 

 



 

 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish