YAXSHILIK
Bir kun bir yaxshi kishi ko'chadan o'tib borg'onida bir necha hayosiz kishilar
orqasidan yamon so'zlar ila so'kib qoldilar. Bu kishi alarning so'zini(ng) eshitib,
qo'lini ko'tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg'a o'zing aql bergil va to'g'n yo'lg'a solg'il!»
- deb duo qildi. Bu holdan xabardor bir kishi so'radiki, «Nima uchun siz ul
kishilarning haqqig'a yaxshi duo qildingiz?» - deb. Ul kishi: «Ey birodar, har kim
o'zida borini berur. Menda yaxshilik bor edi, shuni berdim, onlarda yamonlig' bor
ekan, oni berdilar. O'zingda yo'q narsani qaydan olib berursan, har kim qilganicha
topar, yamonning yamonlig'i o'z boshiga yetar», - deb javob berdi.
Hayo-nomus imona dalildur, Hayosiz doimo xor-u zalildur.
Do'stlaringiz bilan baham: |