AQL
Bir kun otamiz Odam alayhissalomga janob Haq tarafmdan hazrat Jabroyil
AQL, DIN va HAYOni kelturub: «Alloh taolo sizga bu uch narsadan birini olib
qolurga sizni ixtiyorlik qildi. Xohlaganingizni olib qolingiz, sizga hadyadur», -
dedilar. Odam alayhissalom: «Aqlni ixtiyor qildim», deganlarida, hazrat Jabroyil
Din ila Hayoga boqub: «Sizlar o'z joyingizga ketingiz. Odam sizlarni qabul
qilmadi», - desalar, alar: «Janob Haq bizlarni, Aql qayda bo'lsa, sizlar ham shunda
bo'lursiz, deb amr qilgan edi, bizlar Aqldan ayrilmasmiz», - dedilar. Endi ochuq
ma'lum bo'ldiki, Aql qayda bo'lsa, Din va Hayo ham shunda bo'lur ekan. Aql
qancha ortsa, yuqorilansa, Din ila Hayo ham shuncha quvvat topar ekan.
Har kishi qilsa ilm uchun harakat,
Versun Alloh aqlina barakat.
Do'stlaringiz bilan baham: