Tohirjon Jamolovich Mirjalilov (1950.8.2 — Toshkent —2000.16.7) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Respublika rassomlik bilim yurti (1971) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1977)ni tugatgan. Respublika rassomlik bilim yurtida ped. (1977—84), Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi Badiiy fondi raisi (1984—91), Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi raisi (1994—97); 1997 yildan Oʻzbekiston BA raisi oʻrinbosari-ijrochi direktori. M. ijodida zamondoshlari qiyofalari, ona yurt manzaralari haqqoniy aks ettirilgan, maishiy lavqalar, natyurmortlar ham yaratgan. "Kinorejissyor Ravil Botirov" (1977), "Togʻdagi tun" (1980), "Otam" (1982), "Forish manzarasi" (1982), "Uzum gullaganda" (1982), "Balkonda" (1983), "37-yil" (1985), "Gazeta va odam" uchligi (1990), "Eski Toshkent", "Beshyo-goch", "Surxondaryo" turkum asarlari rassomga shuhrat keltirdi. Ayniqsa, "Siren" turkumidagi natyurmortlari tomoshabinda katta taassurot qoldiradi.
1978 yildan respublika va xorijiy mamlakatlardagi badiiy koʻrgazmalarda faol ishtirok etdi, jumladan, Marokashdagi shaxsiy koʻrgazmasi (1990), Parijdagi oʻzbek zamonaviy sanʼati koʻrgazmalari (1996) va boshqa Asarlari Rossiya, Isroil, Turkiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiya muzey, galereya va boshqa xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]
Anvar Mirsoatov
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Anvar Mirsoatov (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1962) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1972) ni tugatgan. M. Gʻarbiy Yevropa sanʼati, fransuz impressionistlari, ayniqsa, neoimpressionistlari ijodini oʻrgandi, ulardan taʼsirlandi ("Mening qoʻshigʻim", 1974 va boshqalar). Rassom ijodida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, uning gullagan bogʻlari yetakchi oʻrin egallaydi: "Urgut" turkumi (1980), "Fargʻona hovlisi" (1986), "Oydin kecha" (1988), "Birinchi qor" (1994), "Togʻdagi erta bahor" (1994), "Sijjak" (1998), "Bogʻiston" (2000), "Chorbogʻ" (2000), "Vatan haqida qoʻshiq" (2000), "Qishki Chimyon" (2001) va boshqa M. asarlari respublika va xorijiy (AQSH, Yaponiya, Angliya, Shvetsiya, Turkiya va boshqalar) mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarida saqlanadi. 2002 y. dan "Mirzo Anvar manzara galereyasi" ishlaydi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |