Maʼsuma Ahmedova – (1921– 1972), Buxoro, zardo‘z, O‘zbekiston xalq rassomi. Yoshligidan Buxoro zardo‘zlik fabkasining ishchisi. Buxoro zardo‘z ustalari Rasul Vosiyev, G‘aybulla Muhamedovlardan taʼlim olgan, N. Aminov, R. Mirzayevlar tajribasidan o‘rgangan. Zardo‘zlik sanʼati va badiiy usullarini mukammal egallagan. Badiiy buyumlarga naqshlar ishlagan, nodir zardo‘zi so‘zanalar yaratishda qatnashgan: „Buzilmas ittifoq“ (1957), „Girih“ (1962, ikkalasi ham V. Stolyarov chizgisi asosida), „Anor“ so‘zanalari va boshqalar. Ayniqsa, „Bayram“ so‘zanasi (1958, chizgisini V. Stolyarov bilan hamkorlikda chizgan, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) zardo‘zlik sanʼati anʼanalarining yorqin namunasidir.[1]
Toshpoʻlat Arslonqulov
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Do'stlaringiz bilan baham: |