Abdujabbor muhammadiyev


§2.  Ijtimoiy  axborot  tushunchasi



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

§2.  Ijtimoiy  axborot  tushunchasi
Jamiyatda  aylanuvchi barcha turdagi axborotlami  ijtimoiy axborot 
deb  atash  mumkin.  U  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy  va  boshqa  tur­
dagi  axborotlarni  o'z  ichiga  oladi.  Unga  nisbatan  «intellektual 
axborot»  atamasini  ham  qo'llash  mumkin.
Ijtimoiy  axborotning  mazmuni  «manfaat»,  «faollik»,  «ehtiyoj»  va 
boshqa  shunga  o'xshash  tushunchalar  orqali  ochiladi.  Ijtimoiy 
axborot -   bu  keng  ma’noda  tushuniladigan  ijtimoiy jarayonlar va 
munosabatlar  haqidagi  ma’Iumotlardir.  Ijtimoiy  axborotning  quyida­
gi  turlari  farqlanadi.
qo'llanish  sohasiga  qarab:  ommaviy  axborot;  huquqiy  axbojrot; 
ilmiy-texnik  axborot;  siyosiy  axborot;  statistik  axborot;  favqulodda 
vaziyatlar  haqidagi  axborot;  shaxs  haqidagi  axborot  (shaxsiy 
ma’lumotlar).
Axborot  olish  rejimlariga  qarab:  ochiq  (cheklashsiz)  axborot; 
olish  cheklangan  axborot;  yopiq  axborot;  davlat  siri;  sir  tutilgan 
axborot;  tijorat  siri;  kasbiy  sir;  xizmat  siri.
Axborot  tarqatuvchining  turiga  qarab:  qog'ozda;  mashina 
o'qiydigan  tarqatuvchilarda;  ekrandagi  tasvir  ko'rinishida;  EHM 
xotirasida;  aloqa  kanallari  orqali  uzatiladigan  axborot;  boshqa 
tarqatuvchilardagi  axborot.
Yuksak  ahamiyatli  axborotlarning  asosiy  manbai  fandir.  Fan­
ning  intellektual  salohiyati  uning  foydalanishdagi  har  bir  birlamchi 
ilmiy  axborotga  nisbatan  yangi  ilmiy  axborot  ishlab  chiqarish 
qobiliyati  bilan  belgilanadi.
Funksional  vazifasiga  qarab  axborot  quyidagicha  ajratilishi 
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Siyosiy  axborot -  siyosiy  munosabatlaming  statika  va  dinami- 
kasi,  davlatning  siyosiy  yo'nalishi,  siyosiy  partiyalar  va  jamoat 
birlashmalarining  faoliyati,  siyosiy  arboblarning  imiji,  jamiyat  si­
yosiy tizimining  barcha  elementlari  haqidagi  axborotlar.  Uning  tur 
xili  -   tashqi  siyosiy  axborot  -   davlatning  tashqi  siyosiy  kursi, 
tashqi  siyosiy  aksiyalar,  mojarolar,  xalqaro  munosabatlaming  ah- 
voli  haqidagi  axborotlardir.  Shu  bilan  birga,  bir  vaqtning  o'zida 
ham  siyosiy  bo'lgan,  ya’ni  «ikki  tomonlama  bo'ysunadigan»  siy­
osiy  axborotlar  ham  mavjud.  Bunga  davlat  tili  to'g'risidagi  (4- 
modda),  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro  tashkilotlarda  ishti- 
roki  to'g'risidagi  (17-modda)  konstitutsiyaviy  normalar misol  bo'lishi 
mumkin.  Siyosat sohasidagi  axborot  oqimlari  tartibga  solinmagan 
bo'lib,  ko'p  jihatdan  xaotik  xususiyatga  egadir.  Siyosiy  tizimni 
axborot  bilan  ta’minlash  qonun  chiqaruvchi  organlar  (Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasi)ni  ham,  jamoat  birlashmalarini  ham,  siyosiy 
Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish